Sh. N. Zaynutdinov, R. I. Nurimbetov


Tashkilotda vakolatlarni taqsimlash



Yüklə 8,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/194
tarix15.11.2023
ölçüsü8,38 Mb.
#132639
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   194
Personalni boshqarish. Zaynutdinov Sh.N. Nurimbetov R.I

2.5. Tashkilotda vakolatlarni taqsimlash
Boshqarish nazariyasida vakolatlarni taqsimlash deganda 
vakolat va vazifalarning bajarilishi uchun javobgarlikni o ‘z 
bo‘yniga oladigan shaxsga yuklatilishi tushiniladi.
Taqsimlashning maqsadi:
— menejerlar ishini yengillashtirish, ularni keraksiz 
vazifalardan ozod qilish, ularga strategik qarorlarni qabul 
qilishlari uchun sharoitlar yaratish;
— «inson omili»ni faollashtirish, xodimlarning man- 
faatdorliklarini va ishtirokini orttirish;
— boshqarishning quyi bo‘g‘inidagilarning layoqatliligini 
oshirish.
Vakolatni taqsimlash — bu tashkilot maqsadiga erishish 
vositasidir. Agarda vazifa bajaruvchiga taqsimlanmagan bo‘lsa,
64


rahbarning o ‘zi bajarishiga to‘g‘ri keladi, lekin ko‘p holatiarda 
buning hech qanday iloji yo‘q. ishlarning bajarilishiga boshqalar 
orqali erishadigan kishilargina to‘g‘ri boshqaradigan hisoblanadi. 
Aynan vazifalarni taqsimlash insonni rahbarga aylantiradi. 
Vakolatlami taqsimlash jarayoni 2.3- sxemada ko‘rsatilgan.
2.3- sxema. 
Vakolatlam i taqsimlash jarayoni.
Vakolatlami taqsimlash vakolat va javobgarlikka asoslanadi.
Javobgarlik bu xodimning unga yuklatilgan vazifani baja­
rish majburiyati va ulaming qoniqarli yechilishiga javob be- 
rishidir.
Shunday qilib, javobgarlik taqsimlanishi mumkin emas. 
Misol uchun agarda sotish boMimi rejani bajarmagan bo‘lsa, 
tijorat direktori oldida savdo agentlari emas balki, b o‘ lim 
rahbari javob berishi lozim.
Amaliyotda yirik tashkilotning rahbari haqiqatda ko‘pgina 
aniq vazifalarni bajaruvchi quyi bo‘g‘indagi bo‘ysunuvchilar 
bilan kam muloqatda bo‘ladi. Shunga qaramasdan u butun 
tashkilot ishi va qo‘l ostidagilar uchun javobgar hisoblanadi 
va unda hamisha sobiq AQSH prezidenti Garri S.Trumening 
«K o‘p javobgarlikni hech kimga yuklamaslik kerak» degan 
mashhur iborasini yodda tutish lozim1.
Vakolat — bu taqsimlangan vazifalarni bajarish uchun 
tashkilot resurslaridan foydalanishning rasmiy biriktirilgan
1 О р ган и за ц и он н ы й м ен ед ж м ен т/ А .Н .М а р д а с, О А .М а р д а с .-С П б .: П и тер, 
2003. 161 с.
5 - 30
65


huquqini bildiradi. Vakolatni hokimiyat bilan aralashtirib 
bo‘lmaydi. Vakolat ma’lum bir lavozimdagi shaxsning nima 
qilishga haqqi borligini bildiradi. Hokimiyat esa haqiqatda u 
nima qila olishligini bildiradi. Shu bilan birga hokimiyatga 
ega bo‘ la turib vakolatga ega bo‘ lmaslik ham mumkin.
Vakolat ikki turga, ya’ni chiziqli va shtabliga bo‘ linadi.
Chiziqli vakolat — boshliqdan bevosita qo‘l ostidagiga va 
keyinchalik boshqa bo‘ysunuvchi 1 arga topshiriladigan vako- 
latdir. Shunday qilib, chiziqli vakolat tashkilotda komanda 
zanjiri (tarkibi) deb ataluvchi ierarxiyani yaratadi.
Shtabli vakolat — bu chiziqli vakolatli rahbarlarga mas- 
lahat berish yoki yordamlashish huquqidir. Ular o ‘z navba- 
tida to‘rtta guruhga bo‘ linadi.
Shtabli apparatning tavsiyaviy vakolati birmuncha che- 
garalangan bo‘lib, asosan chiziqli rahbariyatga maslahatchi 
hisoblanadi.
Majburiy kelishuv tavsiyaviy vakolatlaming kengayishini 
ta’minlaydi. Bunday tashkilot doirasida chiziqli boshqaruv 
rahbariyati ma’lum doirada shtabli apparat bilan kelishishga 
majburdir.
Parallel vakolat o ‘zida kelgusida shtabli vakolatlaming 
kengayishini va chiziqli rahbariyatning alohida qarorlarini rad 
etish huquqini namoyon etadi.
Funksional vakolat shtabli apparatga nafaqat o ‘z funk- 
siyasi chegarasida ma’ lum boshqaruv ta’sirini taklif qilish 
huquqini, balki amalga oshirishni ham bildiradi.

Yüklə 8,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin