Umuman, iqtisodiy muvaffaqiyatlikni ta’minlashga nis
batan yapon va amerikacha yondashuvlar turlicha yo‘nalti-
rilganligi bilan farq etadi (2.6- jadval). Jadvalni diqqat bilan
kuzatish shuni ko‘ rsatadiki, yapon muvaffaqiyatining omil-
lari ko‘p jihatdan sobiq Ittifoqida 1960—1970- yillarda e’lon
qilingan samarali sotsialistik ishlab chiqarishga o ‘xshab ketadi.
Shunday qilib, tajribali rahbarlar uchun bular yangilik emas.
Hozirgi bozor sharoitida bu tamoyillar ularni faqatgina ko‘z-
ko‘z qiladigan emas, balki o ‘zining real faoliyatining asosi
etib oladigan menejerlarga muvaffaqiyat keltiradi.
Dostları ilə paylaş: