I ll BOB. PEPSONALNI JOY-JOYIGA Q O ‘YISH
Muhim tushunchalar:
joylashtirish tamoyillari, joy-joyiga
qo‘yish, karyeraning tipli mod el lari,
karyerani rejalashtirish,
karyera bosqichlari, harakatlanish, mehnatga haq to‘ lash,
me’yorlashtirish
3.1. Personalni joylashtirish tamoyillari va uslublari
Personalni joy-joyiga qo‘yish kompleks baholash, rejaviy
xizmat karyerasi, ish haqi va mehnat
sharoitlaridan kelib chiqib
ish o ‘rinlarini samarali almashtirishni ta’minlaydi.
Kadrlami joy-joyiga qo‘yishni ilmiy asoslash quyidagilami
nazarda tutadi:
1. Xizmat karyerasini rejalashtirish. Bu personalni baholash
natijalari va individual hissasi, xodimlarning yoshi,
ishlab
chiqarish staji, malakasi, «vakant» mansablaming mavjud-
ligidan kelib chiqib, amalga oshiriladi.
2. Mehnat sharoiti va unga haq to‘lash. Kafolatlangan
to‘ lovning hajmi va mukofot to‘ lovlar belgilanadi.
Ish joyini
jihozlash, ijtimoiy ta’minotlar va kafolatlar.
3. Kadrlaming rejaviy harakatlanishi. Kadrlaming o ‘sishi,
ko‘chishi, pasayishi va ishdan ketishi xodimlarning ishlarini
baholash natijalariga 'oog‘ liq holda va mehnatga haq to‘lash
sharoitining ular hayotiy manfaatlariga ta’siridan kelib chiqib
amalga oshiriladi.
Kadrlami joy-joyiga qo‘yishning asoslari:
— xizmat karyerasi modellari;
— korxona falsafasi;
— mehnat to‘g‘ risidagi
qonunlar kodeksi;
— attestatsiya komissiyasining materiallari;
— xodimning shartnomasi;
— shtat jadval i;
— lavozim bo‘yicha yo‘riqnomalar;
— xodimiar uchun imtiyozlar;
78
— mehnatga haq to'lash to‘g‘risidagi nizom;
— kadrlarni joy-joyiga qo‘yish to‘g‘ risidagi nizom.
Kadrlami joy-joyiga qo‘yish kadrlar
bilan ishlashning eng
muhim bosqichlaridan biri hisoblanib, o ‘z ichiga uchta o ‘zaro
bog‘ liq vazifalarni oladi: xodim salohiyati va uning shaxsiy
intilishlaridan kelib chiqib uni baholash; mehnat sharoiti va
haq to‘lash to‘g‘risida shartnoma tuzish;
kadrlaming boshqaruv
tizimidagi harakatini ta’minlash (o‘stirish, pasaytirish, boshqa
ishga ko‘ chirish, chiqib ketishi). Natijada korxonadagi barcha
vakant ish o ‘rinlari xodimlarning shaxsiy niyatlari va rejaviy
karyerasi inobatga olingan holda band bo‘lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: