zoratni amalga oshiradi, ularning sabablarini tahlil etishga
harakat qiladi va nizoli vaziyatlaming kelib chiqishini o ‘rganadi.
Rahbariyatning diqqat markazi
malakali ishchi kuchi va
personalning yuqori natijali m ehnatga m otivatsiyasining
m onitoringi hisoblanadi. B undan tashqari korxonalarda
kadrlar m uam m osining chiqishiga olib kelgan sabablarni tu-
shunish uchun yo‘naltirilgan harakatlar amalga oshiriladi,
inqirozli hodislarni oldini olish b o ‘yicha m a’lum
bir chora-
tadbirlar qo ‘llaniladi.
Ogohlantiruvchi va aktiv kadrlar siyosati.
Ogohlantiruvchi
kadrlar siyosatining mohiyati haqida gapirganda shuni aytish
mumkinki, bunda korxona rahbariyati vaziyatlar rivojining
asoslangan bashoratiga ega bo‘lishi lozim. Bunda ogohlan
tiruvchi k ad rlar siyosatiga ega b o ‘lgan tashkilot m ayda
vaziyatlarga ta ’sir etish uchun vosita (mablag‘)ga ega bo‘l-
maydi. Ushbu korxonaning kadrlar xizmati xodimlarining shaxs
diagnostikasi manbalari ham qisqa muddatli davrdagi kadrlar
vaziyatlarini bashorat qilish uslubiyatiga ham ega bo‘ladi. Kor
xona rivojlanishining dasturi
miqdoriy ham sifatiy m uno-
sabatlarda kadrlarga bo ‘lgan ehtiyojning qisqa m uddatli va
o ‘rtacha bashoratiga asoslanadi. U nda shuningdek, odatda
personalning rivojlanishi bo‘yicha vazifalar aks ettiriladi. Bun
day korxonalaming asosiy muammosi — maqsadli kadrlar
dasturini ishlab chiqish hisoblanadi.
Agarda rahbariyat nafaqat bashorat balki vaziyatga ta’sir
etish vositasiga ega bo ‘lsa, kadrlar
xizmati maqsadli kadrlar
dasturini ishlab chiqishga loyiq b o ‘ladi, shuningdek, va-
ziyatning doimiy monitoringi amalga oshiriladi, ichki va tashqi
m uhit parametrlari bilan moslik dasturini bajarish tuzatilsa,
u h o ld a m az k u r ta sh k ilo td a aktiv k a d rlar siyosatining
mavjudligi haqida gapirish mumkin.
Tashkilot rahbariyati tom onidan
foydalaniladigan me-
xanizmlar nuqtayi nazari bo ‘yicha aktiv kadrlar siyosatining
ikkita ratsional va avantyuristik turini ajratish mumkin. Ratsional
kadrlar siyosatida korxona rahbariyati ham sifatiy tashxis va ham
138
asoslangan vaziyat rivojlanishi bashorati va unga ta ’sir qilish
uchun mablaglarga ega bo‘ladi. Korxonaning kadrlar xizmati
nafaqat personal
diagnostikasi vositalari bilan, balki kadrlar
vaziyatini qisqa va uzoq muddatli davrlarga bashorat qilish
usullariga ega bo‘ladi.
Tashkilotning rivojlanish dasturlarida kadrlarga bo‘lgan
ehtiyoj (sifatiy va miqdoriy)ning qisqa muddatli, o ‘rta muddatli
va uzoq muddatli bashoratlari o ‘z aksini topadi.
Avantyuristik kadrlar siyosatida korxona rahbariyati vazi-
yatning asoslangan
rivojlanish bashoratiga, sifatli tashxisga
ega b o ‘lmaydi, lekin unga ta ’sir qilishga harakat qiladi. K or
xonaning kadrlar xizmati odatda kadrlar vaziyatini bashorat
qilish mablag‘iga va personal diagnostikasiga ega bo‘lmaydi,
lekin ko‘pincha korxonaning rivojlanish dasturiga korxonaning
maqsadga erishishga yo‘naltirilgan va rivojlanishi uchun m u
him bo £lgan, ammo vaziyatning o'zgarish nuqtayi nazaridan
tahlil etilmagan kadrlar ishlarining rejalari kiritilgan bo‘ladi.
Bunday holatda personal bilan ishlash rejasidagi tadbirlar
kam dalillangan va personal bilan ishlash maqsadlari to ‘g‘risida
aniq tasaw ur b o ‘lmasada u yetarli darajada
emotsional tarzda
tuziladi.
Dostları ilə paylaş: