gina muhim ijobiy natijalariga qaramasdan, mazkur yon
dashuv uning tarafdorlari tadqiq qilgan natijalardan farq qi-
luvchi vaziyatlarda ba’zan noto‘g‘ri chiqib qolgan hollar ham
bo‘lgan. "Xulq-atvor fanlari" maktabi taklif etgan ko‘pgina
yondashuvlar va uslubiy yo‘llar ("mehnatning boyitilishi" va
"boshqaruvdan ishtirok etish") boshqaruv usullari singari faqat
muayyan vaziyatlardagina va tegishli xodimlar uchungina
tatbiq etilishi mumkin1.
"Xulq-atvor fanlari" maktabi tushunchalariga muvofiq,
eng muhim asoslar sifatida mehnatning mazmuni va xarakteri,
xodimning erishgan yutuqlariga obyektiv baho berish va ulami
e’tirof qilish, o ‘z-o£zini ijodiy namoyon qilish imkoniyati va
nihoyat, o‘z mehnatini boshqarish imkoniyati yuzaga kelishi
mumkin va lozim.
F. Gersbergning "Eng yaxshi dalil m ehnatning o ‘zi
hisoblanadi" degan mantiqqa mos kelmaydigan da’vosi hozirgi
sharoitda real mazmun kasb etmoqda. Bu hoi inson resurslari
"sifati"ning ortishi, madaniyat, ta’lim, malaka darajasi kabi
tavsiflarning o ‘zgarishi, ehtiyojlaming murakkablashuvi va
oshishi, qadriyatli yo‘nalishlaming o ‘zgarishi sharoitida sodir
bo‘lmoqda.
Hozirgi tashkilotlardagi m ehnatning xarakteri avto-
matlashtirish, robotlashtirish va kompyuterlashtirish dara-
jasining yuqoriligi bilan ajralib turadi, xodimlaming ishga ijodiy
munosabatda bo‘lishini va o ‘z-o‘zini boshqarish chegaralari
kengayishini taqozo etadi.
"Insoniy munosabatlar" konsepsiyasiga taalluqli yonda
shuvlar orasida "mehnatning boyitilishi" usuli ancha keng
tarqaldi va ommalashdi. Bu usul bajariladigan ishlab chiqarish
topshiriqlarining sifatiga yuqori talablar qo‘yilgan sharoitda
charchash va asab-ruhiy zo‘riqish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarda
mehnat samaradorligini jiddiy ravishda oshirish imkonini berdi.
Dostları ilə paylaş: