Sh. Sh. Shodmonov



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/123
tarix28.09.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#129512
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   123
SH. SH. Pul nazariyasi

birinchi k o ‘rinishiga
misol qilib bir metalldan 
(kam qiymatli) boshqasiga (qiymatlirog‘iga) o‘tishni keltirish mumkin. 
Masalan, miss pullardan kumushga, kumushdan oltinga yoki bime- 
talizmdan monometalizmga va undan oltin quymalari va oltindevizli 
pul standartiga o‘tish. Dastlab oltin tangali standart XIX asr boshlarida 
Buyuk Britaniyada joriy qilingan va shu asrning ikkinchi yarmida Yev- 
ropa va Osiyoning boshqa mamlakatlariga ham tarqaldi. Rossiyada 
oltin monopolizmi 1895—97-yiIlardagi pul islohotlari natijasida kirib 
keldi va kapitalizm rivojlanishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi.
Pul islohotlarining ikkinchi ko‘rinishiga misol qilib, 1695-yilda Buyuk 
Britaniyada qabul qilingan o‘z dastlabki qiymatini yo‘qotgan eski 
tangalarning yangisini chiqarish uchun topshirish haqidagi qonunni 
keltirish mumkin. Buyuk Britaniyada kapitalizmni rivojlantirish barqaror, 
to‘la qiymatga ega bo‘lgan pullarni talab qilar edi.
Uchinchi k o ‘rinisM
agi pul islohotlariga 1913-yilda AQSHdagi pul 
emissiyasi tartibining o‘zgarishini misol qilib keltirish mumkin. 0 ‘sha 
paytda banknot chiqarish huquqini 12 federal zaxira banklari olgan 
edilar.
Pul muomalasini barqarorlashtirish va qisman tartibga solish 
to ‘rtin-
chi k o ‘rinishni
aks ettiradi. U turli usullar bilan amalga oshirilishi 
mumkin: 
deflyatsiya
— ortiqcha qog‘oz pullarni muomaladan chiqarish 
yo‘li bilan pul massasini kamaytirish; 
nullifikatsiya
— eski pul belgilarini 
bekor qilish va kam miqdorda yangilarini chiqarish
dinominatsiya —
pul belgilari ustiga yozilgan qiymati ularning aniq munosabati bo'yicha 
yangisiga, yanada yirikroq pul birligiga narx, ta’rif, ish haqi va boshqalar 
bir vaqtdagi hisobi bilan (xuddi shunday munosabatda) almashtirib 
o‘zgartirish; 
devalvatsiya —
pul birligining metall mazmunini kamaytirish 
yoki metallga yoki xorij valutasiga munosabat bo‘yicha qog‘oz pullar 
kursining pasayishi

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin