Sh. Sh. Shodmonov


 Tovar qiymatini mehnat bilan aniqlashga yondoshuvlarida ma’lum farqlar



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/123
tarix28.09.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#129512
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   123
SH. SH. Pul nazariyasi

1 Tovar qiymatini mehnat bilan aniqlashga yondoshuvlarida ma’lum farqlar
mavjud bo'lsada ularga A. Smit, D. Ricardo, U . Petti, J.S. Mill va boshqa ayrim
iqtisodchilarni, ularning izdoshlarini kiritish mumkin.
25


um um iy asosi 
bo‘Ia olmaydi. Ayirboshlashning zarur sharti bo ‘lib, 
to varlarn ing
turlicha nafliligi hisoblanadi. Biroq, turli tovarlarning 
nafliligi sifat 
jihatidan farq qilish bilan birga miqdoriy o‘lchamga ega 
emas. 
Miqdor jihatdan taqqoslash uchun tovarlarda mavjud bo'lgan 
umumiy narsa — ularni yaratish uchun sarflangan mehnatdir.
Tovarlar o‘lchovdosh bo'lishining boisi shuki, bularning hammasi 
umuman inson mehnati mahsulidir, ya’ni inson kuchi, miyasi, mushagi, 
asablari va hokazolari sarfning mahsulidir. Tovarda mujassamlashgan 
ijtimoiy mehnat uning qiymatini tashkil qiladi. Bu qiymat tovar ayirbosh- 
laganda ko‘rinadi, shuning uchun almashuv qiymati (ya’ni, iste’mol 
qiymatlarini ayirboshlash nisbati) qiymat shakli bo‘lib, uning ichki 
mazmunini tashkil etadi. Bu holat L.M. Kulikov tomonidan qiymat va 
almashuv qiymatini tovaming alohida asosiy xususiyatlari sifatida ajratilib 
ko'rsatilishida namoyon bo'ladi. «Qiymat — bu tovar ishlab chiqarish 
va uni sotish (ko‘pincha qisqacha qilib «ishlab chiqarish xarajatlari» 
deb ataydilar) qanchaga tushganligi ifodasidir. Tovarni ayirboshlaganda 
(sotilganda) ishlab chiqaruvchi (sotuvchi), tabiiyki, o‘z xarajatlarini 
qoplashni istaydi, biroq bozorda boshqacha nisbatlar tarkib topishi 
mumkin. Endi ularni boshqa ko'rsatkich — almashuv qiymati ifodalaydi. 
Bu bir tovar boshqasiga ayirboshlanadigan miqdoriy nisbatdir»1. 
Tovarning o‘zi esa ikki tomon - naflilik va qiymatning uzviy birligidan 
iboratdir.
Shu o‘rinda ta ’kidlash lozimki, L. Kulikov tomonidan qiymatga 
berilgan yuqoridagi ta’rif ba’zi hollarda iqtisodchilar tomonidan yo‘l 
qo‘yiladigan yanglish fikrlardan ham xoli emas. Ya’ni, qiymatning ishlab 
chiqarish xarajatlari bilan ayniylashtirilishini u tomonidan yo‘l qo‘yilgan 
xatolik deb hisoblaymiz (ishlab chiqarish xarajatlari qiymatning bir 
qismi bo‘lib, miqdor jihatidan undan kamdir).

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin