Sh. Sh. Shodmonov


Pulning nominalistik va davlat nazariyalari



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/123
tarix28.09.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#129512
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   123
SH. SH. Pul nazariyasi

3.2. Pulning nominalistik va davlat nazariyalari
Pulning nom inalistik nazariyasi
metallistik nazariyadan farqli o ‘la- 
roq, pulning metall bilan aloqasini uzib tashlaydi. Pul ichki qiymatdan 
mahrum bo‘lgan shartli belgilar sifatida ko‘rib chiqiladi. Pulning tovar 
tabiati inkor etiladi, uning vujudga kelishi esa odam lar o ‘rtasida 
ayirboshlashni ta ’minlash maqsadida yoki davlatning qonun hujjatlari 
asosidagi kelishuv natijasi sifatida ko'rib chiqiladi. Shu sababli pulning 
davlat nazariyasi nominalistik nazariyasining bir turi hisoblanadi.
Pulning nominalistik nazariyasi vujudga kelishi uchun tarixiy shart 
bo‘lib oltin quymasidan tanga pullarga o'tish xizmat qildi, bunda pul 
vazni bo‘yicha emas, balki nomi bo'yicha qabul qilina boshlangan. 
Pulning ustiga yozib qo'yilgan qiymatini uning ichki qiymatidan ayirish 
imkoniyati pulning davlat tomonidan muomalaga chiqariladigan shartli 
belgilar ekanligi haqida yolg‘on xulosalarning paydo bo‘lishi uchun 
imkon berdi. Qog‘oz pul birliklarining paydo bo'lishi bilan nominalistik 
pul nazariyasi tarafdorlarining soni o'sa boshladi va ularning ta ’siri 
kuchayib bordi. Oltinni pul muomalasi sohasidan siqib chiqarish va 
uni qog‘oz pullarga almashtirishni to'xtatish, shuningdek, naqdsiz hisob- 
; kitob shakllarining jadal rivojlanishi shunga olib keldiki, pulning 
J nominalistik nazariyasi ustunlik qila boshladi.
Pulning nominalistik nazariyasi vujudga kelishi ishlab chiqarishning
3 quldorlik tuzumiga borib taqaladi. Pulning davlat nazariyasi paydo 
I bo‘lishiga bevosita dastlab quldorlik tuzumi, so‘ngra feodal tuzum 
murojaat qilgan tanga pullarning buzilishi sabab bo‘ldi. Bunday amaliyot 
tarafdori bo‘lib chiqqan rasmiy ideologiyaning tasdiqlashicha, pul davlat
39


hoklm lyati 
tomonidan yaratiladigan bo‘lib, u o‘z xohishi bo‘yicha pul 
birllgining 
xarid qobiliyatini o'zgartirishi mumkin. Keyinchalik bu naza- 
rlya 
qog‘oz pullarga o‘tishni yoqlay boshladi.
Pulning nominalistik nazariyasi o'zining eng to‘liq rivojini XVIII asr 
olimlarining asarlarida topdi. Nominalizmning birinchi namoyandalari 
ingliz J. Berkli va J. Styuartlar bo‘lishgan. Ular birinchidan, pul davlat 
tomonidan yaratiladi, ikkinchidan, ularning qiymati nominal bilan 
ifodalanadi, uchinchidan, pulning mohiyati ideal narxlar masshtabiga 
kiritiladi, deb hisoblaganlar. Masalan, J. Styuart pulni teng bo'lingan 
narxlar masshtabi sifatida ta’riflaydi. Xususan, J. Styuart taklif qilgan 
«ideal pul birligi» konsepsiyasiga ko‘ra, pul faqat 

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin