pullarni «vuzlik qoldiqlari»,
«Aravaning beshinchi g‘ildiragi»,
deb e’lon
qildi1. Oltinga nisbatan elastikroq bo'lgan qog'oz pullarni u ideal, deb
hisoblaydi va ular jamiyatning doimiy gullab-yashnashini ta’minlaslilari
kerak, deb ko‘rsatadi. Qog‘oz pullarning oltinni muomaladan siqib
chiqarishiga u pulning oltindan ustunligi va nominalizmning g'alabasi
sifatida qaraydi. Pulning nominalistik va davlat nazariyasi budjet
xarajatlarini moliyalashtirishning inflatsion usullarini nazariy asoslash
uchun foydalanilgan. Pul davlat nazariyasi fashistlar Germaniyasi rasmiy
mafkurasining elementlaridan biri sifatida namoyon bo‘lib, uning
yordamida bosib olingan mamlakatlar bilan hisob-kitobning bosqinchilik
shakllarini oqlashga harakat qilingan.
1960-yillardagi valuta inqiroziga qadar pulning nom inalistik
nazariyasi mamlakatlarning ichki muomala sohasida oltinni «taxtdan
tushirish», uni qog‘oz pullar bilan almashtirishga yo‘naltirilgan edi.
1960-yillarda to‘lov balansi taqchilligini bartaraf qilish uchun mablag‘-
larni yaratishning nominalistik loyihalari paydo bo‘ldi. 1967-yilda XVF
maxsus o ‘zlashtirish huquqlarini — SDR (Special drawing rights) —
kredit zaxira pul birliklarini chiqardi. Oltin xalqaro hisob-kitoblardan
ham siqib chiqarila boshlandi.
Fikrimizcha, Keyns nominalizmming amaliy maqsadi oltin stan-
dartidan voz kechilganligini, qog‘oz pullar muomalasiga o‘tilganligini
nazariy jihatdan asoslash va inflatsiya jarayonlarini boshqarish orqali
iqtisodiyotni tartibga solishdan iborat boMgan. Shunday qilib, nomi
nalizmning barcha ko‘rinishlariga bir xil kamchiliklar xosdir: pulning
tovar sifatidagi kelib chiqishini tan olmaslik, uning muhim vazifalarini
inkor qilish, pulni narx masshtabi, ideal hisob birligi ta’riflashdir.
Dostları ilə paylaş: