4-bob.
PUL XO‘JALIGINING KEYNS MODELI
4.1. Keynscha pul nazariyasining asosiy tavsifnomalari
Klassik makroiqtisodiy model pulning miqdoriy nazariyasini sezilarli
soddalashtirib, uni unchalik to‘g‘ri talqin qilmaydi. Shu sababli ushbu
bobda eski va yangi keyns modellari ко‘rib chiqiladi va u klassik model
bilan taqqoslanadi.
Neoklassiklarning yondashuvi kapitalistik
voqelikka zid keldi va
bu hoi 1929— 1933-yilIardagi «Buyuk depressiya» jarayonida alohida
namoyon bo‘ldi. Ahvolni tuzatish ishi J.M. Keynsning zimmasiga
tushdi. U «Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» asarida
(1936-y.) pullarning aylanishdan chiqib ketishi sabablarini aniqlashga
urinadi, chunki, uning fikricha, buning natijasida yalpi to'lovga
qobiliyatli
talab hajmi qisqaradiki, bu ishlab chiqarish rivojlanishiga
to ‘sqinlik qiladi. J.M. Keynsning fikricha, pullarning chiqib ketishining
bosh sabablari «uchta fundamental psixologik omillar»: iste’molga
moyillik, likvidlikni afzal ko‘rish va kapital aktivlardan keladigan bo‘lg‘usi
daromad taxmini bilan bog'liq.
Bu nazariya akademik tadqiqotlar va ta’limda ham, siyosatni ifoda-
lashda ham qo‘llanadigan ustunlik qiluvchi makroiqtisodiy modelga
aylandi, biroq bu nazariyaning rivojlanishidagi bosqichlami farqlash lozim:
a)
eski
keyns modeli bu — keyns nazariyasini Xiks va Xansen
tom onidan interpretatsiya qilish bo‘lib, ko‘pincha
uni Xiks-Xansen
modeli deb atashadi; uning rivojlanishiga, shuningdek, Kleyn, Samuelson
va Modilyani ham munosib hissa qo‘shishgan;
b)
yangi
keyns modeli — XX asr 60-yillarining ikkinchi yarmidan
boshlab Klauer, Leyonxuvud, Berrou va Grosman tomonidan ishlab
chiqilgan.
Biroq Keyns yondashuvi umumiy bo‘lib qolaverdi, u o‘z vazifasini
to ‘liq bandlikda muvozanat umumiy holat emasligini ko‘rsatishda deb
bildi. Umumiy holat bu — ishsizlik
mavjudligidagi muvozanat, to ‘liq
bandlik — o'ziga xos holat. To‘liq bandlik holatiga erishish uchun
davlat maxsus siyosat yuritishi lozim, chunki avtomatik amal qiluvchi
bozor kuchlari unga erishishni kafolatlamaydi.
48
Keyns modeli makroiqtisodiy agregatlar yordamida ifodalanadi.
Bunda agregatsiyalashning ikki turidan foydalaniladi:
1) model xususiy sektordagi firmalar va individlarning xulq-atvori
va davlat sektorining xulq-atvorini aks ettiradi (keyns modeli xorijiy
sektorni
ham qamrab oladi, biroq bunga hali qaytiladi);
2) modelda m a’lum bir tovar turlari va o‘zgaruvchilar tarkibiy
qismlarga birlashadi, shuning uchun iste’mol tovariga belgilangan
umumiy talab (aytaylik X,) emas, balki barcha iste’mol tovarlariga
umumiy talab (5) tahlil qilinadi.
Eski keyns modelida investitsion tovarlar iste’mol tovarlaridan
prinsipial farq qilmaydigan tovarlar bozori mavjudligi ko'zda tutilgan.
Model barcha turdagi bozorlarni bitta bozorga birlashtiradi.
Bundan
tashqari, alohida pul bozori va obligatsiyalar bozori ham mavjud.
Obligatsiyalar bozori barcha turdagi obligatsiyalar va pulsiz moliyaviy
aktivlarni birlashtirishni ifodalaydi. Va nihoyat, modeldagi to ‘rtinchi
bozor bu — ishchi kuchi bozori. Modelda bu bozorlarning har biri
faoliyati va ular o ‘rtasidagi aloqalari belgilab berilgan.
Ishchi kuchi bozorini tahlil qilar ekan, Keyns shunday xulosaga keldiki,
garchi real ish haqi —
Dostları ilə paylaş: