Wjudga kelishiga tovar tabiiy hajmiga qaraganda tezroq javob qay-
firadi. Keynsning ishida narxning nisbiy elastiksizligiga asosiy e’tibor
qaratilgan.
3. Pul xo‘jaligi va barter o'rtasidagi farqqa e’tibor qaratilmaydi.
I
Bu
yerdan pulning neytralligi haqidagi pozitsiya kelib chiqadi. Keynsning
Uhlarida pul neytral hisoblanmaydi.
4. Pul, obligatsiya, tovar va ishchi kuchi bozorlarini bir-biriga
bog'laydigan asosiy tamoyil sifatida Valras qonunidan foydalaniladi.
Valras qonuniga muvofiq ishsizlik ortiqcha ishchi kuchi sifatida talqin
qilinadi, unga bironta boshqa bozordagi ortiqcha talab qarshi qo‘yiladi
(masalan, tovar yoki pul bozorida). Valras qonunidan foydalanish
: rejalashtiriladigan talab va taklif tushunchalari bilan bog‘liq. Biroq bu
tushunchalar narx elastikligi sharoitlarida foydalilikni maksimal-
lashtiruvchi xulq-atvor modeli bilan bog‘liq bo‘lib, neoklassik narx
nazariyasining tarkibiy qismi hisoblanadi. Keyns bu tushunchalarni
qo‘llamagan. Bu pozitsiyalar bo‘yicha keyns-neoklassik sintez yangi
keynschilar tanqidi obyektiga aylandi.
Dostları ilə paylaş: