Talab va taklif o‘rtasidagi muvozanatdan m a’lumki, jami talab egri
chizig‘i bilan egri chizig‘i (egri chiziqning qiyshiq yoki tik tushgan
bo‘lishidan qat’iy nazar) kesishgan nuqta baho darajasidir. Agar m a’lum
sabablarga ko‘ra jami
talab oshsa, jami talab egri chizig‘i o‘ng yuqori
tomon siljiydi, bunga mos holda jami talabni yetarli darajada qoldiradigan
jami taklif imkoniyati bo‘lmasa, jami taklif egri chizig‘i joyda turadi-da,
ularning kesishish nuqtasi bo'lmish baho egri chizig'i yuqori siljiydi.
Natijada baho darajasi o‘sadi. Agar jami talab
ortishi sababli jami taklif
ham oshsa, u holda jami taklif egri chizig'i ham siljiydi (jami taklif egri
chizig‘i tik tushgan bo‘lsa, o‘ng tomonga, qiyshiq tushgan bo‘lsa chap-
yuqoriga siljiydi)da, baho egri chizig‘i ham yuqori siljiydi. Demak, jami
taklifning ortishi (jami taklifning kamayishiga barobar) yoki jami taklifnnig
ortishi (jami talabning kamayishiga barobar) bahoning o'zgarishini keltirib
chiqaradi. 0 ‘z navbatida bahodagi o‘zgarish jami talab yoki jami taklifda
o‘zgarish bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Shu ma’noda mahsulot miqdori baho
darajasiga, aniqrog‘i inflatsiya darajasiga ma’lum darajada bog'liqdir.
3.
Inflatsiyaning ishsizlikka ta’siri.
Inflatsiya va ishsizlikning o ‘zaro
bog‘liqhgini chuqur tahlil etgan avstraliyalik iqtisodchi olim A. Fillips
grafiklar yordamida inflatsiya va ishsizlik o'rtasida
teskari aloqa
mavjudligini isbotlaydi. Uning fikricha inflatsiya darajasi yuqori bo‘lgan
holatda ishsizlik darajasi past bo‘ladi. Buni 11-chizmadagi grafikda
ko‘rishimiz mumkin. A. Fillipsning fikricha,
inflatsiya darajasi yuqori
bo‘lgan mamlakatlarda haqiqiy ish haqi qiymati tushib boradi. Ushbu
holat aholining turli toifalari narx-navo ko‘tarilishi natijida yo‘qotilgan
haqiqiy ish haqini kompensatsiya qilish maqsadida ishlashga majbur
bo‘ladi.
Buning natijasida, mamlakat
aholisi o‘rtasida ishsizlik darajasining
pasayishi kuzatiladi.
Iqtisodchilarning
tugamas munozarasiga sabab bo'lgan
Fillips egri chizig‘i nihoyat inflatsiya
bilan ishsizlik o‘rtasidagi munosabatni
aniqlab berdi (12-chizma.)
Fillips egri chizig‘iga ko‘ra, inflat
siya darajasini 1% ga pasaytirish uchun
ishsizlikni 2% ga o‘stirish lozim bo‘-
ladi. Ishsizlik va inflatsiya darajasidagi
nisbatni tartibga
solishda davlatning
iqtisodiy siyosati asosiy rol o‘ynaydi.
Davlat ish bilan bandlik darajasi, ishlab
Dostları ilə paylaş: