milliy pul birligining qadrsizlanishi, aholi o ‘z pul mablag'lariga kerakli
mahsulotlarni xarid qila olmaslik holatlari paydo boiadi.
Iqtisodiyotda yashirin inflatsiya yuzaga chiqqanda mahsulotlarning
narx-navosi hamda aholi daromadlarming o'sishi vaqtincha to ‘xtatiladi.
Yashirin inflatsiya vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri bu narxlar
ustidan m a’muriy nazorat o'rnatishdir. Buning natijasida bozor mexa
nizmi deformatsiyalanadi. Uning qaysi darajada o'zgarganligi darajasi
va davomiyligi davlat tom onidan olib boriladigan siyosatga hamda
tartibga solish shakliga bevosita bog‘liq bo'ladi.
Ushbu inflatsiyaning
salbiy tomoni shundan iboratki, inflatsiya davrida ishsizlik darajasi
oshadi, chunki ishlab chiqarish rivojlanmaydi.
Xorijiy va milliy iqtisodiy nazariyaning qarashlariga asosan iqtiso-
diyotdagi muvozanatlik buzilishi va uning oqibatida inflatsiyani yuzaga
chiqishining quyidagi omillari mavjud:
— qog'oz pullarni emissiya qilishda va
tashqi savdoda davlatning
mutloq monopoliyasi;
— davlat xarajatlarining ortishi;
- kasaba uyushmalari tomonidan budjet muassasalari ishchi-xo-
dimlarining ish haqlarini oshirish bo'yicha
faoliyati;
- iqtisodiyotda mahsulot ishlab chiqarish, xizmatlar ko'rsatish sohasida
ayrim xo'jalik subyektlarining monopoliya (oligopoliya) holati mavjudligi.
Biz yuqorida ta ’kidlab o'tgan omillar nafaqat o'zaro bog'liq, balki
ular talab va taklifning o'sishi yoki pasayishiga turlicha ta ’sir ko'rsatadi.
Xorijiy amaliyotda inflatsiyaning yuzaga chiqish usullari quyidagi
turlarga ajratiladi:
taklif inflatsiyasi, talab inflatsiyasi, xarajatlar infla-
tsiyasi, kredit inflatsiyasi, import bilan bog'liq bo'lgan inflatsiya va
kutilayotgan inflatsiya.
Taklif inflatsiyasida ishlab chiqarish xarajatlarini
oshishi natijasida
mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko'rsatiladigan xizmatlarga bo'lgan
narx-navoning o'sishi yuzaga chiqadi. Ushbu inflatsiya turida monopol
holatdagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarishda asosiy vositalami
modernizatsiya qilish bilan bir vaqtda ulardan to'liq foydalanmaslik
oqibatida xarajatlar ortadi. Buning natijasida kam ishlab chiqarilgan
mahsulotlarning narx-navosi ham oshib ketadi.
Talab inflatsiyasi. Inflatsiyaning ushbu
turi mamlakat aholisi va
xo'jalik subyektlarining daromadlari haqiqiy ishlab chiqarilgan mahsu
lotlar, bajarilgan ishlar hamda ko'rsatilgan xizmatlar miqdoridan tez
o'sadi. Odatda, talab inflatsiyasi ishchi kuchining to'liq ish bilan bandlik
holatida yuzaga chiqadi. Aholi daromadlarming tez sur’atda o'sishi
85
natijasida tovar va xizmatlarga bo‘lgan narx-navo oshadi. Bunday
holatda talabning har qanday o‘sishi narx-navoning o ‘sishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: