Pul nazariyasi
keynschilik va monetarizm paydo bo‘lishidan
ancha
oldin vujudga
kelgan bo‘lib, ko‘p asrlik tarixga ega. Pulning fundamental
muammolari g‘arb siyosiy iqtisodining mumtoz vakillari A. Smit,
D.
Rikardo asarlaridayoq yo‘lga qo‘yilgan. Keyinchalik ular XIX—XX
asrlaming yirik nazariyotchi olimlari J. S. Mill, U, Jevons, L. Valras, A.
Marshall va boshqalar tomonidan umumlashtirilgan va qayta ishlangan.
So'nggi yarim asr davomida pulni o‘rganish estafetasi g‘arb iqtisodiy
fanining J. Xiks, P.
Samuelson, J. Tobin, F. Modilyani, D. Patinkin, M.
Fridman kabi olimlari qo‘liga o‘tdi. Nobel mukofoti laureati bo‘lgan
(Patinkindan tashqari) aynan shu olimlarning mehnatlarida «keynschilik—
monetarizm» dixotomiyasi (ikkiga bo‘linish) eng to ‘liq amalga oshirilgan.
Urushdan keyingi «pul renessansi» tadqiqotlarni pul nazariyasining
abadiy, fundamental muammolariga qaratdi, «keyns inqilobi» esa asosiy
e’tiborni to ‘lov layoqatiga ega bo‘lgan talabni tartibga solish muam
molariga qaratdi va «yuqori nazariya» muammolarini
chetda qoldirib
ketdi. Ularning fikriga ko‘ra pulning nimaligi emas, balki uning iqtisodiy
faollik,
ishlab chiqarish, mehnat va moddiy resurslar bandligiga ta ’siri
muhim. Bunday yondashuv pul nazariyasining nazariy poydevoridagi
jiddiy
kamchiliklar mavjudligi, ko‘plab boshlang‘ich tushunchalar va
asoslarning real emasligiga e’tibor qaratmadi.
Iqtisodiy tushuncha sifatida «Pul bu nima?»
ekanligi, fundamental
xususiyatlari va paydo bo‘lish sababini
aniqlashga intilish qadimgi
faylasuflarning asarlaridan tortib to murakkab matematik apparatni
kashf etgan zamonaviy mualliflarning ishlarigacha
Dostları ilə paylaş: