Sh. Sh. Shodmonov


M0 — muomaladagi naqd (qog‘oz va metall) pullar. 1



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/123
tarix28.09.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#129512
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   123
SH. SH. Pul nazariyasi

M0 —
muomaladagi naqd (qog‘oz va metall) pullar.

Yusupov R.A.
Bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida milliy valuta barqaror-
ligining ta’minlashning nazariy asoslari. Iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini
olish uchun yozilgan dissertatsiya avtoreferati. - Т., 2001, 12— 13-bet!ar.
100


Ml = М0 +
aholining joriy hisob varaqalaridagi pul qoldiqlari, 
korxonalarning hisob varaqalaridagi pul mablag'lari, banklardagi talab 
qilib olish mumkin bo‘lgan pul omonatlari.
M 2 = M { +
tijorat banklaridagi muddatli omonatlar va jamg‘arma 
hisob varaqalaridagi pullar, ixtisoslashtirilgan moliyaviy muassasalardagi 
depozitlar va boshqa aktivlar. Mazkur agregat tarkibiga kiruvchi pul 
mablag'larini bevosita bir shaxsdan boshqa biriga o‘tkazish hamda 
ayirboshlash bitimlarida foydalanish mumkin emas. Ular asosan jamg‘a- 
rish vositasi vazifasini bajaradi.
M , =
M2 +
bank sertifikatlari + aniq maqsadli zayom obligatsiyala- 
ri + davlat zayom obligatsiyalari + xazina majburiyatlari.
Bundan ko'rinadiki, pul massasining har bir alohida agregati o'zining 
likvidligi darajasiga ko‘ra farqlanadi. Likvidlik - bu turli aktivlarning 
o‘z qiymatini yo‘qotmasdan (ya’ni, eng kam xarajatlar asosida) tezlik 
bilan naqd pulga aylana olish qobiliyatidir. Pullar (metall tanga va 
qog‘oz pullar) eng yuqori likvidiikka ega bo'ladi. Mijoz o‘zi istagan 
vaqtida olishi mumkin bo'lgan bank hisob varaqalaridagi pul omonatlari 
ham likvidli hisoblanadi. Pul massasi tarkibiga to‘lov vositasi vazifasini 
bajarish layoqati pastroq bo‘lgan aktivlar qo‘shilib borishi bilan ularning 
likvidlik darajasi ham pasayib boradi.
Naqd pullar rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida umumiy 
pul massasining 9—10 foizini, bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mustaqil 
hamdo‘stlik davlatlarida 35—40 foizni tashkil qiladi.
Pul bozori —
bu mamlakatdagi pul miqdori hamda foiz stavkasining 
turli darajalarida pul mablag'lariga bo'lgan talab va pul taklifming 
o‘zaro nisbatini ifodalovchi mexanizm.
Pul taklifi
— bu bozorda pul sifatida muomalada bo'lgan turli-tuman 
moliyaviy mablag'lar, ya’ni pul agregatlari yig'indisi hisoblanadi. 
Mamlakatdagi pul taklifi asosan Markaziy bank tomonidan tartibga solinadi.
Pul taklifi asosan Markaziy bank tomonidan tartibga solinsada, u 
iqtisodiyotdagi barcha taklifni qamrab ololmaydi. Chunki, bu jarayonga 
uy xo‘jaligi xatti-harakati hamda tijorat banklarining siyosati ham ta ’sir 
ko'rsatadi.
Tijorat banklari o‘z ixtiyorlarida bo'lgan aktivlari hisobiga yangi 
pullarni hosil qilishlari, ya’ni ularni bank krediti sifatida mijozlariga 
berishlari mumkin. To‘g‘ri, ularning bu faoliyatlari Markaziy bank 
tomonidan o‘rnatiluvchi majburiy zaxira m e’yorlari orqali cheklanadi. 
Ya’ni, tijorat banki o'zining joriy xarajatlarini qoplashi hamda mijozlar 
tomonidan kreditlar qaytarilmasligi xavfming oldini olish maqsadida
101


m a’lum miqdordagi pul mablag‘larini zaxira sifatida saqlashi lozim. 
Aktivlarning qolgan qismi esa muomalaga chiqarilib, u m a’lum mud- 
datdan so'ng yana bankka qaytishi hamda majburiy zaxira m e’yoridan 
ortiqcha qismi yana muomalaga chiqarilishi mumkin. To‘xtovsiz ravishda 
takrorlanuvchi bu jarayon pul taklifi multipiikatori yoki bank multip- 
likatori deyiladi.

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin