0 ‘zbekiston R espublikasi qonunlari va boshqa hujjatlarida n a za rda
tutilgan tartibda m axsus tijorat banklari tashkil etilishi m um kin. Tijorat
banklari О ‘zbekiston R espublikasi M arka ziy bankidan tegishli litsenziyan i
olganlaridan keyin xorijiy valutada operatsiyalar am alga oshiradilar.
0 ‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati» to‘g‘risidagi
qonunida aytilishicha, tijorat banklari va aksiyali
pay asosida tashkil
topgan xususiy banklar bo‘ladiki, ular «kredit hisob-kitob va o‘zga xil
bank xizmatini ko'rsatadilar». Tijorat banklar faoliyatining asosiy maqsadi
foyda chiqarib olishni ko‘zda tutadi. Tijorat banklari daromadining
manbayi mijozlarining bank xizmati uchun to'lovi va aktivlardan —
zayom, kredit, qimmatli qog‘ozlardan olinadigan foiz hisoblanadi.
Tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
subyektlarini qo‘llab-quvvatlash borasida e’tiborli
jihatlardan biri
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 10-noyabrdagi 4051-
sonli «Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat bankining tadbirkorlik
subyektlarini qo‘llab-quwatlash borasidagi faoliyatini yanada kengay-
tirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq:
— tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun 18
oygacha muddatga
beriladigan eng kam ish haqining 200 barobari miqdoridagi imtiyozli
mikrokreditlar bo‘yicha maksimal stavkani yillik 5 foizdan 3 foizga;
— kichik biznes subycktlari faoliyatini kengaytirish va aylanma
mablag‘larini to‘ldirish uchun 24 oygacha
muddatga beriladigan eng
kam ish haqining 500 barobari miqdoridagi mikrokreditlar bo'yicha —
Markaziy bank tomonidan qayta moliyalashtirish stavkasining 100 foizi-
dan 50 foiziga;
— kichik biznes subyektlari uchun 3 yilgacha muddatga beriladigan
eng kam ish haqining 2000 barobari miqdoridagi imtiyozli mikrolizing
xizmatlari bo‘yicha maksimal stavkani yillik 7 foizdan 5 foizga tushirildi.
Kreditlashda bunday ahamiyatli imtiyozlarning belgilanishi mazkur
soha vakillari tomonidan kreditga bo'lgan
talab va ayni paytda ularga
berilayotgan kredit hajmining yildan-yilga oshib borishiga olib kelmoqda.
Jumladan, 2007—2010-yillar davomida tijorat banklari tomonidan kichik
biznes subyektlariga berilgan jami kreditlar miqdori 2,9 barobar oshgan
(6-rasm).
Bunga qo‘shimcha ravishda tijorat banklari tomonidan fermer
xo'jaliklarini kelasi yil hosili va yer uchastkasini ijara huquqini garovga
qo‘yish bo‘yicha kreditlash mexanizmi ishlab chiqilgan. Shuni ta’kidlash
kerakki, kreditlarni ta’minlashning yangi garov mexanizmi fermer
xo‘jaliklarini qarz mablag‘laridan keng foydalanishga imkoniyat yaratadi.
Dostları ilə paylaş: