Agar pul massasini —
M
s, ichki depozit emissiyasini —
D
va valuta
zaxiralari bilan ta’minlangan emissiyani —
R
belgilasak, unda:
H^-D+R,
yoki
R=MS—D.
(1)
Ko‘rsatilgan nisbatni o‘sish sur’atida aks ettirish mumkin:
dR
dM s
dD
dt
dt
d t '
U
dR /dt
— pul zaxirasining o‘zgarish sur’ati va ichki kredit emissiyasi
sur’ati o‘rtasidagi farqqa teng bo'lgan to‘lov balansining saldosi ekanligi
sababli monetaristlarning fikricha to‘lov balansi pul bilan bog‘liq holatni
ifodalashi yaqqol ko'zga tashlanib qoladi.
Monetaristlarning to‘lov balansi haqidagi markaziy tezisi — pul
muomalasi jarayonlarining tashqi iqtisodiy operatsiyalar yakuniy saldosi
bilan aloqasi haqidagi qoidadir. Pozitsiyaning mohiyati shundaki, pul
bozoridan to‘lov balansiga boradigan impulslar asosiy sifatida ko‘rib
chiqiladi. Ochiq iqtisodiyotda pul bozori muvozanatining ta’minlaydigan
mexanizm yangi jihatlarga ega bo'ladi.
Monetaristik adabiyotlarda «kichik» va «katta» mamlakat modellari
foydalaniladi. Valuta kurslari qat’iy belgilab qo'yilgan hollarda kichik
mamlakat iqtisodiy mustaqilligini yo'qotadi. U na o‘zining pul massasini,
na narxni va na foiz stavkalarini nazorat qila olmay qoladi. Agar (1)
tenglamaga murojaat qilib, A/5pulga talabni
pul taklifiga almashtirsak
— muvozanat sharoitlarida bu ko‘rsatkichlar teng, unda:
R=M d~D.
(3)
Bunda mamlakat oltin-valuta
zaxiralari summasi
R
bilan pulga
talab va ichki kredit emissiyasi (pul taklifi) mos kelmaslik darajasi
o'rtasidagi asosiy funksional bog‘liqlik aks ettirilgan. Agar, aytaylik,
pul massasining
ichki tarkibiy qismi
D
talabni qondirish uchun yetarli
bo‘lmasa yoki aksincha undan katta bo'lsa, pul sohasini muvozanatga
keltiradigan va shu bilan bir paytda to‘lov balansini to‘g‘irlaydigan
tashqi kanal ishga tushadi.
Xususan, ichki aylanmada pul yetishmagan holatlarda mamlakat
rezidentlari tashqi bozorda tovar va qimmatli qog‘ozlarni
sotishni
kengaytiradilar. To‘lov balansi yaxshilanib, mamlakatning valuta zaxi
ralari o‘sadi. Mos ravishda pul massasining tashqi tarkibiy qismi va
butun pul massasi o‘sadi. Pul bozoridagi disproportsiyani yo‘q qilish
bilan bir paytda to ‘lov balansi ham muvozanatga/keladi. Teskari
124
vaziyatda, agar ichki kredit emissiyasi kassa qoldiqlariga talabdan ortiq
bo‘Isa, rezidentlar bunga tovar va qimmatli qog‘ozlami
xorijdan xarid
qilish bilan javob beradilar. To‘lov balansi yaxshilanadi, valuta zaxiralari
qisqaradi. Natijada pul massasi tashqi komponent hisobiga qisqaradi
va bu to‘lov balansini tenglashtirishga xizmat qiladi.
Bunday mexanizm ishining muhim sharti qat’iy belgilangan kurslar
tizimining mavjudligi bo‘lib, bunda tashqi sohadagi disproportsiyalami
to ‘g‘irlash valuta kursining o‘zgarishi hisobiga emas, balki valuta
zaxiralarini bir mamlakatdan boshqasiga o‘tkazish hisobiga ro‘y beradi.
Bunday vaziyatning oqibatlaridan biri pul
muomalasi ustidan nazoratni
yo‘qotish va mamlakatning narx o'sishi sur’atini cheklay olmasligi
bo‘ladi. Pul hukumatlari harakat erkinligiga ega bo‘lishi uchun model
shartlariga ko‘ra yoki «kichik mamlakat* shartlaridan voz kechish, yoki
o‘zgaruvchan kurslar tizimiga o‘tish zarur.
Dunyo ishlab chiqarishining katta qismi to‘g‘ri keluvchi zaxira
valutasiga ega «yirik mamlakat» modelidu
iqtisodiyot jahon konyunk-
turasi kaprizlaridan himoyalangan boMadi. Brcttonvud bitimlarini bekor
qilgunga qadar AQSH bunday mamlakat roliga da’vogarlik qilishi mumkin
edi. AQSH dollari kapitalistik dunyo mamlakatlari uchun zaxira valutasi
funksiyasini bajarishi muhim ahamiyat kasb ctadi. Shu tufayli AQSH
ko‘p yillar davomida o‘z oltin zaxirasini to'Iiq tugatmasdan, chet el
oldida qarzlarni to‘plab, to'lov balansi dcfitsitini qoplab keldi. FZT
pul massasini tartibga solish qobiliyatini saqlaydi
va mos ravishda ichki
monetarizm qonunlari amalga kiradi. Hamkor mamlakatlarning hara-
katlar erkinligi esa to'liq to‘xtab qoladi. 0 ‘z valutasining dollarga
nisbatan kursini qo‘llab-quwatlashga majbur bo'lgan holda ular AQSH
ortidan ergashib, uning ichki emissiyasidagi barcha tebranishlarga javob
qaytarganlar.
Butunjahon inflatsiyasi nazariyasi «xalqaro monetarizm» yo‘nalishi
hisoblanadi. Ayniqsa, unga globalchilar katta e’tibor qaratadilar, ular
pul muvozanatini dunyo tizimida ko‘rib chiqadilar.
Jahon inflatsiyasining pul tabiati haqidagi g'oyalar R. Mandell,
A. Laffer, A. Svobodaning ishlarida rivoj topdi.
Bulardan keyingisi
jahon inflatsiya nazariyasining quyidagi asosiy qoidalarini ifodaladi:
1) dunyo narx darajasini dunyo pul zaxiralari belgilab beradi;
2) dunyo pul zaxiralarining mamlakatlar o‘rtasida taqsimlanishi
mamlakatlarning «samarali hajmi»ga bog‘liq bo‘ladi
Dostları ilə paylaş: