Sh. Sh. Shodmonov



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/123
tarix28.09.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#129512
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   123
SH. SH. Pul nazariyasi

revalvatsiya
(
revalorizatsiya
) — pul birligi metall 
qiymatining oshishi yoki metallga yoki xorij valutasiga munosabat 
bo‘yicha qog‘oz pullar kursining oshishi. Bu barcha uslublar pul muo­
malasi tarixida keng qo‘llanilgan.
Nihoyat, pul islohotlarining beshinchi ko‘rinishi yangi pul tizimi 
o‘rnatishga olib boradi, siyosiy mustaqillikka ega bo'lgan u yoki bu 
davlatning tiklanishi yoki parchalanishi davrida amalga oshiriladi. Misol 
tariqasida MDH mamlakatlari, jumladan 0 ‘zbekistonda milliy valutaning 
kiritilishini keltirish mumkin.
1914—1918-yillardagi jahon urushi ko‘pgina kapitalistik mamlakat­
larda oltin standartining yemirilishiga olib keldi. Urushayotgan mamla-
133


katlarda qog'oz pullarning yirik miqdorda chiqarilishi jahon miqyosida 
qabul qilingan keskin inflatsiyaning tarqalishiga olib keldi. Urushdan 
keyingi yillarda ko'pgina mamlakatlarda pul islohotlari o‘tkazildi. 
Germaniyada 1924-yilda nullifikatsiya uslubi yordamida pul islohoti 
amalga oshirildi: 1 trillion eski markalar 1 ta yangi markaga almashtirildi. 
Sobiq SSSRdagi pul-kredit islohotlari natijasida 1924-yilda almashtiruv 
kursi paritetiga muvofiq ravishda 50 mlrd. eski rubllar 1 yangi rublga 
teng bo‘ldi. Shu bilan bir vaqtda 0,774234 g. oltin mazmunidagi 10 rublga 
teng bank chervoni — revolyutsiyaga qadar rus rubli kabi chiqarila boshladi. 
Dollar kursi muvofiq ravishda rublda 1,9431 ni tashkil qildi.
Ikkinchi jahon urushi davrida 1939—1945-yillarda inflatsiya barcha 
kapitalistik mamlakatlarni qamrab oldi. Urushning oxiri va urushdan 
keyingi yillarda o‘tkazilgan pul islohotlari natijasida ham pul muomalasi 
barqarorligini ta’minlash imkoniyati bo‘lmadi. Bunday sharoitlarda 
islohotlar faqatgina qadrsizlangan pullarni yangilariga almashtirish, valuta 
kursini pasaytirish uchun olib borildi.
1971-yil avgustda almashtirish talablarining ommaviy ko‘payishi 
natijasida AQSH dollarni oltinga almashtirishni ta’qiqladi. 1978-yil aprelda 
XVF qonuniy ravishda kapitalistik valuta tizimida oltindan pul metali 
sifatida foydalanishni bekor qilishni rasmiylashtirdi va fondga a’zo 
mamlakatlari barcha pul birliklarining oltin tarkibini qayd etishni to‘xtatdi.
Sobiq SSSR da oltin tangalaming erkin muomalasi faqatgina 1922— 
1923-yillardagi pul islohotlaridan keyingina sezila boshlandi. Qat’iy, 
ta’minlangan oltin va tovar qoplamalari, chervonlar pul tizimi barqa- 
rorlashuvi bilan muvofiqlasha boshladi. Ta’kidlash kerakki, yosh davlat 
islohotlarni xorijiy zayomlarga murojaat qilmasdan olib bordi. Shu bilan 
bir qatorda 1924-yilda 762,3 

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin