Sh. Sh. Shodmonov


kvadrilno hech nima bilan ta’minlanmagan  g'azna biletlari —  sovbelgilar



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/123
tarix28.09.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#129512
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   123
SH. SH. Pul nazariyasi

kvadrilno
hech nima bilan ta’minlanmagan 
g'azna biletlari — 
sovbelgilar
muomalada bo'ldi. Natijada rublning xarid 
kuchi xo‘jalik yuritishning rejali shakli bilan qo‘llab-quwatlandi va tovar 
qoplamasi hamda oltin valutasi zaxiralari bilan ta’minlandi, buning ustiga 
birinchilikka ega bo‘ldi. Oltin, awalo, jahon puli rolini bajardi va undan 
jahon bozorida xarid vositasi sifatida foydalanildi.
Bundan tashqari, ma’muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitida boshqa- 
ruvning noiqtisodiy uslublariga ega bo‘lish pul muomalasini qayta 
qurishga olib keldi: pul uning real ehtiyojiga nisbatan ko‘p chiqarila 
boshladi. 15 yil davomida (1970—1985-y) muomaladagi pullar miqdori 
3 martaga oshdi, tovar massasi esa faqatgina 2 marta oshdi bu esa 
inflatsiyaga va rublning qadrlanishiga olib keldi. Bu negativ tendensiya 
qayta qurish davrida, xususan, qayta qurishdan keyingi yillarda yanada
134


kuchaydi va fojeali holatni yuzaga keltirdi. Agar 1991-yilning o'rtalari- 
gacha pul emissiyasi qandaydir miqdorda saqlanib qolgan bo‘lsa, undan 
keyin bosma stanogi tezda aylanmalami yig‘a boshladi. 1991-yilning 
oxiriga kelib muomaladagi pul massasi 220 mlrd. rublga yetdi va 1992- 
yilda yanada tez oshib bordi: yanvarda emissiya 20 mlrd. rublni, martda 
40 mlrd. rublni, aprelda 60, iyunda 80, iyulda 170 mlrd. rublni tashkil 
qildi. Umuman olganda, 1992-yilda emissiya 1 trln. rubl atroflda 
baholandi. 1992-yil oxiriga kelib, 1991-yildagi rubldan 14 kopeykagina 
qoldi. 1993-yilda Rossiyaning pul massasi shiddatli tarzda oshdi
faqatgina 9 oy davomida 4,5 marta, narxlar esa 8 martaga oshdi va 
giperinflatsiyaga olib keldi. Inflatsiya 1992-yilda 2500 %ni, 1993-yilning 
9 oyi davomida - 800%dan ortiqni tashkil qildi. Bu urush davridagi 
giperinflatsiyadan tubdan farq qiladi, bu inflatsiya sun’iy tarzda yuzaga 
kelgan bo'lib u barcha MDH mamlakatlari, jumladan 0 ‘zbekiston 
uchun ham meros bo‘lib qolgan.

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin