ko'rinish
olishini anglatadi. Tovarlar iste’mol qiymati kabi pullarga xuddi
qiymatning
ashyoviy tashuvchisi sifatida qarama-qarshi turadi. Agar tovar
sotilsa, bu
bilan uning iste’mol qiymati, uning kimgadir kerakligi isbotlanadi
va u
qiymatga ega.bo‘ladi. Pulning oxirgi ko'rinishi tovar ishlab chiqaruvclii
qo'lida qoladi va u pulning kattaligiga muvofiq keladigan, o‘zi uchun
zarur
bo'lgan iste’mol qiymatini olish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Pullaming iqtisodiy kategoriya sifatidagi mohiyati ularning ichki
mazmunini ifodalaydigan funksiyalarida namoyon bo'ladi. Pullar
quyidagi beshta funksiyani bajaradi:
qiymat о ‘Ichovi, muomala vositasi,
toHov vositasi, jam g‘arish vositasi va jahon pullari.
1.
Qiymat o ‘lchovi
—
pullar umumiy ekvivalent sifatida hamma
tovarlarning qiymatini o‘lchaydi. Tovarlarni ishlab chiqarish uchun
sarflangan ijtimoiy zarur mehnat ularni tenglashtirish uchun sharoit
yaratadi. Hamma tovarlar ijtimoiy zaruriy mehnat mahsuli hisoblanadi,
shuning uchun o ‘zi qiymatga ega bo'lgan haqiqiy pullar (kumush,
oltin) boshqa barcha tovarlar qiymatining o ‘lchovi bo'lishi mumkin.
Bunda tovarlar qiymatining pullar vositasida o‘lchanishi ideal tarzda
yuz beradi, ya’ni tovar egasida naqd pullarning bo'lishi shart emas.
Shunday qilib, pullar qiymat o ‘lchovidan iborat bo‘ladi. Jamiyat
pul birligidan turli xil ne’matlar va resurslaming nisbiy qiymatlarini
solishtirish uchun masshtab sifatida foydalanishni qulay deb hisoblaydi.
Masofani metrlar va kilometrlarda yoki vaznni grammlar ham da
kilogrammlarda o ‘lchaganiga o ‘xshatib n e’matlar va xizmatlarning
qiymati ham pul ifodasida solishtiriladi. Bu shubhasiz afzalliklarga ega.
Pul tizimi tufayli har bir mahsulotning narxini uni almashtirish mumkin
bo‘ladigan boshqa hamma mahsulotlar orqali ifodalashga zarurat
qolmaydi. Pullarning umumiy ekvivalent sifatida foydalanilishi shuni
anglatadiki, har qanday tovarning narxini faqat pul birligi orqali ifodalash
yetarli bo‘ladi. Pullarning shu tarzda ishlatilishi bitim qatnashchilariga
har xil tovarlar va resurslaming nisbiy qimmatini osonlik bilan solishtirish
imkonini beradi.
Hozirgi dunyoda turli ne’matlarning qiymati bir xildagi pul birlik-
larida — bir-biriga yengillik bilan o ‘tkaziladigan (konvertatsiya
qilinadigan) dollarlar va shu kabilarda ifodalanadi. Tovarning pullarda
ifodalangan qiymati
Dostları ilə paylaş: