yozadi. Uning fikricha,
pul to ‘lov vositasi qonuni bilan belgilangan
tartib o'rnatishdir.
Har xil pul belgilarining ahamiyati yoki kuchi
Knappning
ta’kidlashicha, davlat
hokimiyatining qonunlari, farmon
va qarorlari
bilan belgilanadi. Knapp qog‘oz
pullar barcha munosa-
batlarda
metall pullar bilan teng qiymatga ega ekanliginiva shuning
Uchun
ham pul tizimi umuman, oltinga muhtoj
emasligini isbotlashga
harakat
qiladi. Bu «Yangi pul nazariyasi» mohiyat jihatdan eski nomina-
listlarning
noto‘g ‘ri g'oyalarini takrorlaydi va rivojlantiradi. Knapp
nazariyasi
Germaniya imperializmi manfaatlarini ifodalagan bo'lib,
Angliyaning «oltin gegemoniyasi»ga qarshi qaratilgan.
Bizning fikiimizcha, nominalistlarning pul tartib o‘matishdan iboratligi
haqidagi fikri mutlaqo noto‘g‘ri, chunki haqiqatda pul stixiyaviy ravishda
kishilarning xohish-irodalariga bog'liq bo‘lmagan holda davlat paydo
bo'lgunga qadar, ayirboshlashning rivojlanishi jarayonida paydo bo‘ldi.
Pulning mohiyatini uning toiov vositasi vazifasidan keltirib chiqarishga
urinish ham asossizdir. Birinchidan, pulning vazifalari uning mohiyatining
namoyon bo‘lishidir; ikkinchidan, to‘lov vositasi vazifasining o‘zi boshqa
vazifalarning qiymat o ‘lchovi, muomala vositasi va boylikni to ‘plash
vositasi vazifalarining rivojlanishi natijasi hisoblanadi.
Davlat nominalistlarning fikriga zid o ‘laroq,
pulni yaratmaydi, balki
muomala sohasidagi haqiqiy pul o ‘rinbosarlarning to ‘lov quw atini
qonuniylashtiradi, xolos. Davlat, albatta, chop etish uskunasidan foyda-
lanib, pul belgilari chiqarishi mumkin, biroq
u pulning haqiqiy xarid
va to ‘lov quwatini belgilashda mutlaqo kuchsizdir.
Knapp va uning izdoshlari o ‘z nazariyalarida ish haqini muzlatib
qo‘yish tajribasini yoqlaydilar, unga ko'ra qog'oz pullar qadrsizlanganda,
ishchilarga oldingi pul summasida ish haqi to‘lanadi.
Bu pulga ular
kam miqdordagi iste’mol buyumlari sotib olishlari mumkin bo'ladi.
Nominalistik nazariya mohiyat jihatdan
qog'oz
pullar qadrsizlanishini
ishchilar hisobidan qoplash yo'lini ko'rsatganlar.
Bizning nazarimizda nominalistlar davlat pul nazariyasining xato-
ligini
yana shunday asoslash mumkinki, birinchidan, pul huquqiy emas,
balki iqtisodiy tushunchadir. Ikkinchidan, m etall pullar mustaqil
qiymatga ega bo‘ladi, uni davlatdan olmaydi, qog‘oz pullarning vakillik
qiymati ham
davlat tomonidan belgilanmaydi, balki obyektiv iqtisodiy
qonunlar bilan belgilanadi.
1929-1933-yillardagi iqtisodiy tanazzul davrida nominalizm yanada
rivojlandi va oltin standartidan voz kechishni oqlash uchun nazariy
asos sifatida tanildi. J.M.
Keyns
Dostları ilə paylaş: