5-bob.
PULNING NEOKLASSIK NAZARIYASI
5.1. Monetarizm doktrinasining vujudga kelishi
va uning evolutsiyasi
XX asrning so'nggi o ‘n yilliklari davomida G ‘arb
mamlakatlari
iqtisodiy nazariyasi ikkita yirik yo'nalish — reformizm an’analarini aks
cttiruvchi keyns maktabi va «neoklassik tiklanish» shiori ostida birlashgan
konservativ doktrinalar ittifoqi o ‘rtasida raqobat maydoniga aylandi.
0 ‘tkirlik va keng miqyosli xarakter bilan ajralib turadigan bu qarama-
qarshilik siyosiy-mafkuraviy, iqtisodiy qarashlar va konsepsiyalar tizimini
ham, davlatning xo‘jalik hayotini tartibga solish bo‘yicha amaliy chora-
tadbirlar sohasini ham qamrab oladi.
Konservativ alyans XX asr 70-yillarining ikkinchi yarmida uzil-
kesil shakllanib, uni Chikago universitetida XX asrning 50-yillarida
paydo bo'lgan monetaristik maktab boshqardi. Dastlab,
monetarizm
professor Milton Fridman atrofida yig'ilgan iqtisodchilarning kichik
guruhi bilan ifodalangan. Ular o ‘z oldiga ommaviyligini yo'qotgan
tartibga solinmaydigan bozor iqtisodiyoti konscpsiyasi jozibadorligini
qayta tiklash vazifasini qo‘ydilar. Bunda pul takror ishlab chiqarish
mexanizmini barqarorlashtiruvchi asosiy omil deb c’lon qilindi.
Monetarizmning tarixiy ildizlari uzoq davrni bosib o'tgan va neo
klassik qarashlarning muhim tarkibiy qismi
boMgan pulning miqdoriy
nazariyasida yotadi. Monetaristlar o ‘z oldiga XX asrning 30-yillarida
ommaviyligini yo‘qotgan va keyinchalik turg'un holatga tushib qolgan
miqdoriy nazariyani jonlantirish va modernizatsiyalash vazifasini qo‘y-
dilar. 1956- yili monetarizmning o ‘ziga xos manifestiga aylangan «Pul
ning miqdoriy nazariyasi: yangicha ifodalash» maqolasida Fridman o‘z
ta’limotini miqdoriy nazariyaning «aniqroq va voqelikka ko‘proq mos
keladigan» versiyasi deb atadi.
M. Fridman (1912—2006) 1912-yili Nyu-Yorkning yahudiy muhojirlar
yashaydigan kambag‘al tumani — Bruklinda tavallud topdi. 0 ‘qish
davomida u o ‘zining matematik qobiliyatini namoyish etib, keyinchalik
iqtisodiyot fani bilan qiziqib qoldi. 1932-yili Rutger universitetini
yakunlagach, u Chikago shahriga iqtisodiyot fanini chuqurroq o ‘rganish
uchun ko‘chib o‘tdi. Bu yerda u iqtisodiyotda bozor omillarining roliga
63
neoklassik qarashlar tarafdori bo ‘lgan yirik olimlar — F. Nayt,
J. Viner, G. Saymonson bilan uchrashdi. M.
Fridmanning bir nechta
maqolalari bilan monetarizm doktrinasining jahon maydoniga chiqishi
boshlandi. Monetarizm doktrinasi o‘tkir munozara va qattiq tanqidlar
obyektiga aylanib, ular davomida Fridmanning ilmiy obro‘si o‘sib bordi.
1967-yil u Amerika iqtisodiy assotsiatsiyasining prezidenti etib saylandi,
1974-yili esa unga iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti topshirildi.
M. Fridman monetaristik doktrinaning shakllanishida yetakchi rol
o‘ynadi. U monetarizmning nazariy
asoslarini shakllantirib, ularning
dalillarini ishlab chiqdi. Xuddi shu yo‘nalishda F. Keygan, D. Meyzel-
man, K. Brunner, A. Meltser, D. Lendler va A. Shvarts ham ishladilar.
Shu bilan birga, monetarizmni bir kishining
yoki kishilar guruhining
erishgan yutuqlari deb aytish noto‘g ‘ri boMardi. Monetarizm bu —
Dostları ilə paylaş: