L.
Pazinetti;
o ‘ngroqda —keyns-neoklassik sintez, — P. Samuelson, R. Solou,
J. Xiks,
J.
Tobin, D. Patinkin).
XX asrning 80-yillari boshida g‘arb mamlakatlarida iqtisodiy
neokonservatizm umumiy nomi ostida birlashtirilgan butun bir iqtisodiy
doktrinalar majmui paydo bo‘ldi. Bu qatorga monetarizm, seplay-sayd
(taklif iqtisodiyoti — G. Steyn, J. Gilder va b.) va yangi klassik maktab
(ratsional kutish nazariyasi va uning turlari — F. Modilyani, J. Tobin,
B. Makkallum, R. Lukas, T. Sardjent va N. Uolles) kiradi.
66
/
Konservativ alyansning barcha zamonaviy oqimlarini ularning
metodologiyasi va ayrim nazariy masalalar bo‘yicha egallagan pozitsiya-
laridan qat’iy nazar davlatning faol makroiqtisodiy siyosatiga qarshi
chiqish birlashtiradi. Ularning ta ’kidlashicha, kapitalizm iqtisodiyoti
o‘zining asosida barqarordir, davlatning aralashuvi esa xo‘jalikning
o‘zgaruvchan sharoitlarga moslashishning tabiiy mexanizmlarini buzadi.
M. Fridmanning asarlari yangi klassik doktrinaning katta qismi uchun
asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ko‘plab mualliflar monetarizmni «sof iqtisodiy nazariya», turli siyosiy
y o ‘nalishlar vakillari uchun m a’qul keladigan abstrakt-nazariya
gipotezalar tizimi sifatida talqin qiladilar. Shu tariqa monetarizmni
kapitalizm rivojlanishining ma’lum bir shartlari natijasida tug‘ilgan va
aniq mafkuraviy yo‘nalishga ega bo‘lgan ijtimoiy va tarixan asoslangan
doktrina sifatida to‘g‘ri baholashning kaliti yo‘qotiladi. Bu yerda gap
iqtisodiy tizimning o ‘zini-o‘zi tartibga solish xususiyatini birinchi o ‘ringa
chiqaruvchi va shu vaqtning o ‘zida davlatning o ‘zgartirishlar kiritish
siyosati zarurligini inkor etuvchi kapitalizm apologetikasining maxsus
shakli haqida boradi. Bunday falsafadan maqsad urushdan keyingi davrda
sanoati rivojlangan ko‘plab m am lakatlar hukum atlari o'tkazgan
reformizm va ijtimoiy manevrlash siyosatini to‘xtatish edi. Hali «yangi
kurs» davridayoq» (Ruzvelt) AQSHdagi rahbar doiralar, ijtimoiy
konfrontatsiyadan qo'rqqan holda, turli ijtimoiy mojarolarni yumsha-
tish, qator iqtisodiy islohotlar o'tkazish va ishchilar sinfiga m a’lum
bir yonbosishlar tomon yo‘nalishni tanlab oldilar. Bu yo'nalishga
to ‘lov layoqatiga ega talabni kcngaytirisli vositasida yuqori bandlikni
ta ’minlash va iqtisodiy o'sishni rag‘batlantirish vazifasini qo‘ygan keyns
iqtisodiy nazariyasi ko'rsatmalari ham mos keldi. Monetaristlar esa,
aksincha, bozor kuchlarini ishlab chiqarish samaradorligining o‘sishini
ta ’minlovchi intizom vositasi sifatida keskin faollashtirish g‘oyasi bilan
chiqdilar.
Monetaristlar keynschilardan farqli o‘laroq, to ‘la ish bilan bandlik
iqtisodiy o‘sishga ta ’sir ctmaydi, chunki uning samarasi uncha katta
bo‘lmaydi deb hisoblaydilar. Shu bilan bir vaqtda ular pulning aylanish
tezligi uni ishlatish (sarflash va jamg‘arish) usullarini darhol o'zgar-
tirmaydi, chunki kishilar iqtisodiy sa’y-harakatlari ruhiy jihatdan barqaror
bo‘lishini ta ’kidlaydilar. Monetarizm rivojlangan jamiyatda iste’mol
yuqori darajada bo‘lib, kishilarning ehtiyoji va ulardagi moyillik tez
o‘zgarmaydi, degan qoidaga asoslanib, insonlaming pul sarflari ham
oldindan hisob-kitob qilinib, nimaga qancha sarflanishi belgilab qo‘yi-
67
ladi, deb qaraydilar. Shunga asoslangan monetaristlar pulning aylanish
tezligi va ishlab chiqarish hajmi kam hamda sekin o‘zgaradi, degan xulosaga
keldilar. Shu sababli pul miqdorining o‘sishi narxlar umumiy darajasining
ham o‘sishini keltijib chiqaradi. 0 ‘zlarining bu xulosalarida monetaristlar
narxlar va muomaladagi pul miqdori o‘rtasida bog‘lanish borligini asoslashga
harakat qiladilar, ya’ni narx pul mikdoriga bog'liq bo'lib, talab va
taklifni muvofiqlashtirish orqali iqtisodiyotni o‘z-o‘zidan tartiblaydi, talab
va taklif muvozanati esa o‘z navbatida, boshqa muvozanatlami ta’minlaydi.
Demak, iqtisodiyotni tartibga solish uchun muomaladagi pul miqdorini
o‘zgartirib, uni me’yoriy holga keltirish zarur, deb ko‘rsatishadi.
Faqat monetarizm emas, balki boshqa nazariyalar ham pul massasi
bilan ishlab chiqarish hajmi o ‘rtasida bog'liqlik mavjudligini tan oladi.
Farq shundaki, monetarizm pul massasini bosh muvozanat, deb qaraydi.
Uning namoyandalari pul massasiga ta’sir etuvchi chora-tadbirlar davlat
investitsiyalaridan farq qilib, darhol iqtisodiy vaziyatga ta ’sir etadi,
deb hisoblaydilar. Ular pulga ta’sir etishni samarali tadbir, deb hisob-
lashlarining sababi shundaki, pul real iqtisodiy vaziyatga mos bo'ladi,
investitsiyalar ishga tushguncha sharoit o ‘zgarib, ular yaxshi natija
bermasligi ham mumkin. Demak, pul massasini o‘zgartirish xatari kam
tadbir bo‘ladi, degan xulosaga keladilar.
Ammo monetaristlar keyingi paytlarda iqtisodiyotda yuz bergan
o‘zgarishlarni jum ladan, iqtisodiy o ‘sish barqarorlashganligi, uni
ta ’minlashda intensiv omillarning roli oshganligi, pulning aylanishi
tezlashganligi kabilarni inobatga olib, pul massasini doimiy ravishda
bir m e’yorda oshirib borishni ma’qul, deb hisoblaydilar. Bu me’yor
shundayki, pul miqdorining o‘sishi mehnat unumdorligining o ‘sish
sur’atiga nisbatan 2% yuqori bo‘lishi kerak. Pulning bir me’yorda o ‘sib
borishi iqtisodiyotni barqarorlashtirish va davriy tebranishlarni cheklash
imkonini beradi. Shu sababli davlat va uning nazoratidagi Markaziy
bank pul muomalasi borasida qattiq siyosat o‘tkazishi kerak bo‘ladi,
deb ko‘rsatadilar. Monetaristlar pul-kredit muassasalari pul taklifi o‘sish
sur’atlarini barqarorlashtirishlari, ya’ni uni yiliga 3-5% ga kengaytirilishi
lozim, degan xulosaga keldilar.
Bizning nazarimizda, real iqtisodiy holatni hisobga olmagan holda
muomaladagi pul miqdorini doimiy ravishda bunday o‘stirib borish pul
barqarorligiga putur yetkazadi, bunda aniq iqtisodiy sharoitni hisobga
olish kerak, deb o ‘ylaymiz. Monetaristlar tavsiyalariga ko‘ra, bir qator
mamlakatlarda pul massasining o‘sish miqdori qonun yo‘li bilan aniq
ko‘rsatildi yoki uning eng quyi va yuqori chegaralari belgilab qo'yildi.
68
/
Biz monetaristlarning investitsiyalar va aholi bandligining o'sishi
inflatsiyani yanada kuchaytiradi, degan fikrlariga qo‘shila olmaymiz.
Bunga bir tomonlama qaramaslik kerak, ya’ni aholi bandligining o ‘sishi
ular daromadlarini o‘stirib, jami talabni rag‘batlantirish orqali tovarlar
taqchilligini yuzaga keltirishi mumkin bo'lsa, ikkinchi tomondan, ishlab
chiqarish hajmini o‘stirib, jami taklifni ham rag‘batlantiradi. Bizning
fikrimizcha, davlat jami talab bilan jami taklif o'rtasida mutanosiblikni
ta’minlashga qaratilgan siyosatini to ‘g‘ri va o‘z vaqtida ohb berishi zarur.
Bunday sharoitda monetar tadbirlar ko'rish, iqtisodiyotga faqat
pul emissiyasi orqali ta ’sir ko‘rsatish bilan cheklanish to ‘g‘ri bo‘lmaydi.
Muomalaga har qancha pullar chiqarilmasin, sotiladigan tovarning o ‘zi
bo‘lmasa, birlamchi asos bo'lmasa, pullar o‘z holicha oddiy qog‘oz
bo‘lib qolaveradi. Biz monetaristlarning bozor mexanizmlarining erkin
amal qilishi kerakligi haqidagi fikrlariga ham qo‘shila olmaymiz. Ayniqsa,
aholisi zich joylashgan, tug‘ilish darajasi yuqori (yiliga o'rtacha 1,8%),
turmush darajasi pastligi bilan ajralib turadigan 0 ‘zbekistonda bu og‘ir
ijtimoiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
I .A.
Karimov o‘zining asarlarida
bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda sinalgan monetar siyosat
usullarining MDHga kirgan qator respublikalarda qo'llanilganligi oqi-
batida ishlab chiqarishning keskin pasayib ketganligini va inflatsiyaning
kuchayganligini ko‘rsatib berdi. Monetar siyosatni asos qilib olgan mam-
lakatlarning achchiq saboqlarini tahlil qilib, Prezident
I .A.
Karimov:
«Binobarin, monetarizm hech qachon ishlab chiqarishni tanglikdan
olib chiqishga qodir bo ‘lgan yagona yo‘naltiruvchi va hal qiluvchi
kuch bo‘lgan emas. Barqarorlashtirish dasturini ishlab chiqish chog‘ida
ana shu qattiq monetarizmga tayanmaslik kerak. Balki muvozanatga
keltirilgan monetar siyosatni asosiy tarmoqlarni va ishlab chiqarishni
i tarkiban qayta tashkil qilishni qo‘llab-quwatlash siyosati bilan birga
: qo‘shib olib borish zarur»1, deb ta’kidlaydi.
Dostları ilə paylaş: |