Ml = М0 +
aholining joriy hisob varaqalaridagi pul qoldiqlari,
korxonalarning hisob varaqalaridagi pul mablag'lari, banklardagi talab
qilib olish mumkin bo‘lgan pul omonatlari.
M 2 = M { +
tijorat banklaridagi muddatli omonatlar va jamg‘arma
hisob varaqalaridagi pullar, ixtisoslashtirilgan moliyaviy muassasalardagi
depozitlar va boshqa aktivlar. Mazkur agregat
tarkibiga kiruvchi pul
mablag'larini bevosita bir shaxsdan boshqa biriga o‘tkazish hamda
ayirboshlash bitimlarida foydalanish mumkin emas. Ular asosan jamg‘a-
rish vositasi vazifasini bajaradi.
M , =
M2 +
bank sertifikatlari + aniq maqsadli zayom obligatsiyala-
ri + davlat zayom obligatsiyalari + xazina majburiyatlari.
Bundan ko'rinadiki, pul massasining har bir alohida agregati o'zining
likvidligi darajasiga ko‘ra farqlanadi. Likvidlik - bu turli aktivlarning
o‘z qiymatini yo‘qotmasdan (ya’ni, eng kam xarajatlar asosida)
tezlik
bilan naqd pulga aylana olish qobiliyatidir. Pullar (metall tanga va
qog‘oz pullar) eng yuqori likvidiikka ega bo'ladi. Mijoz o‘zi istagan
vaqtida olishi mumkin bo'lgan bank hisob varaqalaridagi pul omonatlari
ham likvidli hisoblanadi. Pul massasi tarkibiga to‘lov vositasi vazifasini
bajarish layoqati pastroq bo‘lgan aktivlar qo‘shilib
borishi bilan ularning
likvidlik darajasi ham pasayib boradi.
Naqd pullar rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida umumiy
pul massasining 9—10 foizini, bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mustaqil
hamdo‘stlik davlatlarida 35—40 foizni tashkil qiladi.
Pul bozori —
bu mamlakatdagi pul miqdori hamda foiz stavkasining
turli darajalarida pul mablag'lariga bo'lgan talab va pul taklifming
o‘zaro nisbatini ifodalovchi mexanizm.
Pul taklifi
— bu bozorda pul sifatida muomalada bo'lgan
turli-tuman
moliyaviy mablag'lar, ya’ni pul agregatlari yig'indisi hisoblanadi.
Mamlakatdagi pul taklifi asosan Markaziy bank tomonidan tartibga solinadi.
Pul taklifi asosan Markaziy bank tomonidan tartibga solinsada, u
iqtisodiyotdagi barcha taklifni qamrab ololmaydi. Chunki, bu jarayonga
uy xo‘jaligi xatti-harakati hamda tijorat banklarining siyosati ham ta ’sir
ko'rsatadi.
Tijorat banklari o‘z ixtiyorlarida bo'lgan aktivlari hisobiga yangi
pullarni
hosil qilishlari, ya’ni ularni bank krediti sifatida mijozlariga
berishlari mumkin. To‘g‘ri, ularning bu faoliyatlari Markaziy bank
tomonidan o‘rnatiluvchi majburiy zaxira m e’yorlari orqali cheklanadi.
Ya’ni, tijorat banki o'zining joriy xarajatlarini qoplashi hamda mijozlar
tomonidan kreditlar qaytarilmasligi xavfming
oldini olish maqsadida
101
m a’lum miqdordagi pul mablag‘larini zaxira sifatida saqlashi lozim.
Aktivlarning qolgan qismi esa muomalaga chiqarilib, u m a’lum mud-
datdan so'ng yana bankka qaytishi hamda majburiy zaxira m e’yoridan
ortiqcha qismi yana muomalaga chiqarilishi mumkin. To‘xtovsiz ravishda
takrorlanuvchi bu jarayon pul taklifi multipiikatori yoki bank multip-
likatori deyiladi.
Dostları ilə paylaş: