Sh. Sh. Shodmonov



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/123
tarix28.09.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#129512
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   123
SH. SH. Pul nazariyasi

vazifalarni
bajaradi.
Birinchidan, boshqa bank muassasalarining majburiy zaxiralarini 
saqlaydi. Bu zaxiralar pul taklifini boshqarish uchun hal qiluvchi 
ahamiyatga ega bo‘ladi. Markaziy bank mamlakatning rasmiy oltin- 
valuta zaxiralarini saqlash vazifasini ham bajaradi.
Karimov I.A. Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini yuksaltish,
xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi. (Xalq so‘zi, 2011-yil).
109


Ikkinchidan, cheklami qayd (inkassatsiya) qiJish mexanizmini ta’min- 
laydi va banklararo hisob-kitoblarni amalga oshiradi, ularga kreditlar 
beradi.
Uchinchidan, davlatning monetar siyosatini amalga oshiradi.
To‘rtinchidan, barcha banklar faoliyatini uyg'unlashtiradi va ular 
ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Beshinchidan, xalqaro valuta bozorlarida milliy valutalami ayirbosh- 
laydi.
Oltinchidan, pul taklifi ustidan nazorat qilish ma’suliyatini oladi, 
milliy valutani muomalaga chiqaradi.
Iqtisodiyotning ehtiyojlariga mos ravishda pul muomalasini tartibga 
soladi.

Monetar siyosatning asosiy maqsadi inflatsiyani past darajada ushlab 
turish va so'mning barqaror ayirboshlash kursini ta’minlashdan iborat. 
Mazkur vazifalar makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va iqtiso­
diy o‘sishni rag'batlantirishga yo‘naltirilgan umumiqtisodiy siyosat bilan 
uzviy bog‘langandir.
0 ‘zbekiston Markaziy banki o‘zining asosiy vazifalarini bajarish bilan 
bir qatorda, bank xizmatlarini erkinlashtirishga qaratilgan siyosatni ham 
olib boradi. Bank tomonidan pul kredit siyosatining vositalari sifatida 
ochiq bozorda qimmatli qog‘ozlar operatsiyasi, ichki valuta bozoridagi 
operatsiyalar, qayta moliyalashtirish stavkasi va tijorat banklariga majburiy 
zaxira talablari vositalari ham ishga solinadi.
0 ‘zbekiston Markaziy banki pul bozorlarida qisqa muddatli likvid- 
likni tartibga solish maqsadida ochiq bozorda operatsiyalarni amalga 
oshiradi. 0 ‘tgan 2010-yilda bank-moliya sohasidagi islohotlarni chu- 
qurlashtirish va ularning ko‘lamini kengaytirish masalalari davlatning 
doimiy e’tibor markazida bo‘ldi. Birinchi navbatda moliyaviy barqaror­
likni ta’minlash, tijorat banklarining kapitallashuv darajasini yanada 
oshirish va ularning erkinligini mustahkamlash masalalariga alohida 
ahamiyat qaratildi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Banklar- 
ning kapitallashuvini yanada oshirish va iqtisodiyotni modernizatsiya- 
lashdagi investitsiya jarayonlarida ularning ishtirokini faollashtirish chora- 
tadbirlari to‘g‘risida» 2007-yil 12-iyuldagi 670-sonli qaroriga asosan 
banklarning nizom jamgarmasini ko‘paytirish va investitsion resurs 
bazasini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
0 ‘tgan yili mamlakatimiz moliya-bank tizimi likvidligini yanada 
mustahkamlash, uning barqarorligini kuchaytirish bo‘yicha katta ishlar 
amalga oshirildi.
110


2010-yilda banklarning jami kapitali 3557,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi 
Va 
bu 2007-yil bilan solishtirganda qariyb 2,4 marta ko‘pdir (4-rasm).

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin