Banklarning kredit portfeli tarkibida ham sifat o‘zgarishlari ro‘y
bermoqda. Umumiy kredit
portfelida uzoq muddatli, ya’ni 3 yildan
ortiq muddatga beriladigan investitsiya kreditlarining ulushi 2000-yilning
oxiridagi 35 foizdan 2010-yiIning oxirida 75,2 foizga o‘sdi.
Milliy valutada omonatlarning ortishi inflatsiya sur’atlarining
pasayishi, banklarda nisbatan qulay va foydali omonat turlarining paydo
bo'lganligi bilan izohlanadi. Banklarning
vositachilik rolini yanada
oshirish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarning mablag'larini
depozitlarga jalb qilish hamda ularni iqtisodiyotning real sektorini
moliyalashtirishga yo‘naltirilgan kredit siyosati olib borildi.
Mamlakatimizda 2010-yilda iqtisodiyotning real sektoriga yo‘nal-
tirilgan kredit qo‘yilmalari qoldig'i 11 trln. 365 mlrd.so‘mni
tashkil
etdi va bu 2007-yilga nisbatan 2,4 marta ko‘pdir (5-rasm).
Dostları ilə paylaş: