Sh. Sh. Shodmonov


 Karimov I.A. Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini yuksaltisb



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/123
tarix28.09.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#129512
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   123
SH. SH. Pul nazariyasi

Karimov I.A. Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini yuksaltisb,
xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi. (Xalq so‘zi, 2011-yil).
114


Xalq banki 
— mamlakatda omonat ishlarini tashkil etishni, naqd 
pulsiz hisob-kitob qilishni va aholi uchun kassa vazifasini amalga 
oshirishni, aholiga shaxsiy ehtiyojlarga kredit berishni va shu kabi 
operatsiyalarni ta’minlaydi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki 
eksport — import operatsiyalarini 
bevosita amalga oshiruvchi korxona va muassasalarga kredit beradi, qo‘shma 
korxonalaiga kredit berishda qatnashadi, yig'ma valuta rejasining ijrosini, 
valuta resurslaridan tejab foydalanishini nazorat qiladi, shuningdek, tashqi 
iqtisodiy operatsiyalarga oid hisob-kitoblarni tashkil qiladi va amalga 
oshirishni ta’minlaydi. Tijorat banklari tizimida tor ixtisoslashishi bo‘yicha 
investitsion va ipoteka banklarni ajratib ko'rsatish lozim.
Investitsion 
banklar 
— maxsus kredit muassasalari bo‘lib, obligatsiya 
hamda qarz majburiyatlari boshqa turlarini chiqarish yo‘li bilan uzoq 
muddatli ssuda kapitalini jalb qiladi va ularni mijozlar (asosan davlat 
va tadbirkorlar) ga taqdim qiladi.
Investitsion kompaniyalar 
o‘zlarining qimmatli qog'ozlarini chiqarish 
yo‘li bilan huquqiy investorlar pul resurslarini to'playdi va ularni korxona 
(milliy va chet el)lar aksiya va obligatsiyalariga joylashtiradi. Bunday 
kompaniyalar to‘liq investorlar manfaatini ifodalaydi va ularning asosiy 
maqsadi qo‘yilgan kapital hisobiga foyda olish hisoblanadi.
Ipoteka banklar — bu ko'chmas mulk (yer va inshoot) hisobiga 
uzoq muddatli ssuda berishga ixtisoslashgan kredit muassasalar. Ipoteka 
bankning resurslari o‘zlarining ipoteka obligatsiyalari hisobiga shaklla- 
nadi. Olingan ssudadan uy-joy va boshqa inshootlar qurish, korxona­
larning ishlab chiqarish quwatlarini kengaytirish uchun foydalaniladi.
Barcha tijorat banklari zaxira (rezerv)larining hajmi va tarkibi bo‘yi- 
cha Markaziy bank tomonidan o‘rnatiladigan ma’lum talablarga javob 
berishi zarur. Hukumat va 0 ‘zbekiston Markaziy banki tomonidan 
davlat ehtiyojlari uchun fermer xo‘jaliklardan paxta va bug‘doy 
yetishtirish xarajatlarini maqsadli kreditlashga bosqichma-bosqich o‘tka- 
zish bo‘yicha bir qancha chora-tadbirlar amalga oshirildi.
2010-yilda tijorat banklari tomonidan korxonalarning qimmatli 
qog‘ozlarini sotib olish orqali ularni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quv- 
vatlash va fond bozorida faol ishtirok etish borasida ham bir qator 
ishlar amalga oshirildi.
«Ijtimoiy himoya yili» Davlat dasturiga muvofiq, yosh oilalarning 
uy-joy va maishiy sharoitlarining yaxshilash maqsadida ipoteka va iste’­
mol kreditlarining ajratish yo‘li bilan ularni har tomonlama qo‘llab- 
quwatlashga katta ahamiyat berildi. Xususan, 2007-yilda tijorat banklari
115


tomonidan yosh oilalarga imtiyozli shartlar asosida 112,8 mlr. so‘mdan 
ortiq ipoteka va iste’mol kreditlari hamda mikro kreditlar ajratildi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini rivojlantirish, tovarlar va xiz­
matlar uchun to'lovlarni amalga oshirishda aholiga qulayliklar yaratish 
maqsadida bank plastik kartochkalarini muomalaga chiqarish, ular bilan 
amalga oshiriladigan operatsiyalar hajmini ko‘paytirish borasidagi ishlar 
davom ettirildi. Xususan, plastik kartochkalar bo‘yicha to ‘lovlarni 
amalga oshirishda foydalaniladigan uskunalar hamda zaruriy materiallami 
import qilish va ulardan foydalanishda bojxona va soliq imtiyozlari 
amal qilish muddatining 2010-yil 1-yanvarga qadar uzaytirilishi 
banklarning bu boradagi faoliyatlarini yanada rag'batlantirmoqda.
2007-yilda muomalaga 3 mln. plastik kartochkalar kiritish va plastik 
kartochkalar bilan operatsiyalarni amalga oshirish bo'yicha 10 ming 
terminallar o‘rnatildi. 2010-yilga kelib esa ular soni 6 barobar ortdi.

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin