8-bob.
KEYNSCHILIK VA MONETARIZMDA
PUL SIYOSATI MUAMMOLARI
8.1. Pulning iqtisodiy tizimga ta’siri
Ko‘rsatilgan tadqiqotlarning ikkala turi u
yoki bu darajada monetar
siyosatning amaliy ta’sirini baholash uchun yaroqli axborot beradi.
Zamonaviy iqtisodiy fikrlash oqimlari o'rtasidagi kurashning zamiri-
da yotgan dunyoga turlicha qarash kapital xo‘jalik mexanizmining tabiati,
uning imkoniyatlari va istiqbollarini qarama-qarshi baholashga olib keladi.
Klassik yondashuvda kapitalizm qa’rida barcha resurslardan to'Iiq
foydalanishda xo'jalikni muvozanat holatiga keltiruvchi kuchli prujina
yotadi degan tushuncha mavjud. Keyns modeli esa kapitalistik xo‘jalik-
ning uzoq muddat iqtisodiy stagnatsiya holatida bo‘lishi va o‘z-o‘zini
tartibga solishda ichki mexanizmlarning harakatsizligidan kelib chiqa-
digan imkoniyatlarga asoslanadi. Bundan kelib chiqib, monetaristlar
makroiqtisodiy siyosatning bir turini, neokeynschilar esa
boshqa turini
himoya qiladilar:
1. Monetaristlarning hisoblashicha, agar hukumat ishlab chiqarish
hajmi va umumiy talabga ta’sir etishga harakat qiladigan bo‘lsa, pul
massasini nazorat qilish fiskal siyosatga qaraganda muhimroq vositaga
aylanadi. Keynschilar pul massasining o‘zgarishi ham, fiskal siyosat
ham ishlab chiqarishga ta’sir ko‘rsatishini isbotlaydilar. Bu «siqib chi
qarish» samarasi haqidagi bahs-munozaralardir.
2. Ikkinchi farq yana ham fiindamentalroqdir.
U istalgan barqaror-
lashtiruvchi, jumladan, pul massasini nazorat qilishga asoslangan chora-
tadbirlar umuman olganda qisqa muddatli va uzoq muddatli rejada real
ishlab chiqarish va bandlikka ta’sir ko‘rsata olish masalasi biJan bog‘liq.
Monetaristlar agar kutilayotgan inflatsiya sur’ati amaldagisiga teng bo'lsa,
uzoq muddatli rejada ta’sir ko'rsatish mumkin emas, qisqa muddatli
rejada esa mumkin deb ta’kidlaydilar. Keynschilar davlatning iqtisodiyotga
ta’sir ko'rsata olish imkoniyati nuqtayi nazarini himoya qiladilar.
3. Shuningdek, ikkala modelda xulq-atvor
tenglamalari va uzatish
mexanizmlari o'rtasida ham muhim farqlar mavjud.
Kapital izmning rivojlanishi o‘suvchi chiziq bo‘ylab borar ekan, bozor
va uning «ko‘rinmas qo‘li» (A. Smit) cheksiz irnkoniyatlariga bo‘lgan
118
ishonch shubhasizdir. Biroq kapitalistik takror ishlab chiqarishdagi
ziddiyatlar o'tkirlashib, yakson qiladigan shaklda namoyon bo‘la
boshlagan paytda vaziyat sezilarli o‘zgardi. Rivojlangan mamlakatlardagi
bozorlarning ko‘pchiligi oligopoliya strukturasini kasb etdi, erkin narx
shakllanishi tamoyili buzildi. Bunday sharoitlarda markazlashmagan
signal tizimidan voz kechish mantiqan to‘g‘ri hisoblanadi.
0 ‘zini-o‘zi tartibga soluvchi samarali
tizim sifatida kapitalistik
xo‘jalik haqidagi tezis L. Valras modelidan kelib chiqqan umumiy
iqtisodiy rivojlanishning neoklassik modellarida o‘zining eng yorqin
ifodasini topdi. Bu yerda xo‘jalik tovar bozorlari tizimi bilan ifodalangan
bo‘lib, ularning holati talab va taklif tenglamlari bilan tavsiflanadi. Bu
tizimdagi jiddiy aloqalarni tartibga soladigan tovarlarning nisbiy narxlari
model shartlari bo‘yicha xo‘jalikning ahvoli haqida barcha zarur
axborotlarni qamrab olgan. Pul sektori nisbiy
narxlarni belgilashda
qatnashmaydi. Uning vazifasi — pulda ifodalangan absolut narx dara-
jasini aniqlash hisoblanadi. Shu tariqa valras modellarida
Dostları ilə paylaş: