Agar aktivlar portfelida pul zaxirasining o‘sishi ro‘y bersa, bu quyi
dagi ikki samaraga olib keladi:
1) Boylik zaxirasini, ya’ni portfel hajmini oshiradi. Aktivlaming nisbiy
daromadliligi o‘zgarishsiz qolishi shartlarida har bir muayyan aktivlar
— pul, obligatsiya va kapitalga bo'lgan
talabda boylik samarasining
ta’sirini aniqlash mumkin. Odatda, boylik samarasi musbat bo'ladi,
chunki har bir aktiv turiga talab o‘sib boradi.
2) Portfel o‘rnini almashtirish samarasi yoki taqsimot samarasi. Pul
zaxirasining o‘sishi ushbu aktiv turlari o‘rtasidagi boshlang‘ich nisbatni
qayta tiklash uchun kapital va obligatsiyalar zaxirasini oshirish istagini
uyg‘otadi.
Bu yerda pul massasi va milliy daromad oqimining turli aloqa
mexanizmlari vujudga keladi:
a) birinchi aloqa mexanizmi boylik samarasi (yoki kassa qoldiqlari
samarasi, yoki Pigu samarasi) bilan izohlanadi. Pulning o'sishi rejadagi
iste’mol xarajatlarining o‘sishiga
olib keladi, bu esa, o‘z navbatida,
milliy daromadga ta’sir ko‘rsatadi;
b) boshqa bir mexanizm pul massasi o‘sishining kapitalga bo‘lgan
talabga ta’siri bilan bog‘liq. Kapital zaxirasi eng yuqori daromadlilik
me’yorining pul zaxirasi o'sishi tufayli paydo bo'lgan yangi,
nisbatan
arzon kapital taklifi bilan tenglashish darajasiga ko'tarilmaguncha
investitsiyalar o‘sishi davom etaveradi.
Keynschilar (Tobin) obligatsiyalar va kapitalni aktivlar — obliga
tsiyalar bo‘yicha daromadlilik umumiy me’yoriga ega substitutlar sifatida
ko‘rib chiqadilar. Ular nomonetar aktivlar, masalan, davlat obligatsiyalari
taklifining o‘zgarishi kapital taklifi narxi va xarajatlarga sezilarli boylik
va joylashtirish samarasini ko‘rsatadi, monetaristik qoidalarga ko‘ra
esa, faqat pul massasining o‘zgarishida vujudga keladigan samaralar
e’tiborga loyiq hisoblanadi.
Monetaristlar va Tobin versiyasi o'rtasidagi bu farqlar siyosatda
ham muhim farqlarni vujudga keltiradi. Monetaristlar pul-kredit siyosati
va budjet holatining hal qiluvchi vositasi bo‘lib
pul zaxirasining nisbiy
kattaligi xizmat qiladi deb hisoblaydilar. Tobinga ko‘ra makroiqtisodiy
siyosat vositalarini faqat pul zaxiralari bilan cheklash kerak emas,
moliyaviy ahvol ko‘rsatkichi bo‘lib kapital taklifi narxi xizmat qilishi
lozim, chunki unga yuqorida ko‘rsatilgan omillar ta’sir etadi.
Bu narx
aksiyalarga daromad foiz me’yori bilan ifodalangan. Tobinning asarlarida
pul massasining o‘sishi hukumat xarajatlarini defitsit moliyalashtirish
natijasida vujudga kelganda ko‘proq ta’sir ko'rsatadi.
121