Sh. Sodiqova



Yüklə 7,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/175
tarix21.10.2023
ölçüsü7,72 Mb.
#130634
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   175
Sodiqova SH.Maktabgacha pedagogika

Maktabgacha ta’lim muas­
sasalarida huquqiy tarbiya
bolalarni 0 ‘zbekiston Respub­
likasi Konistitutsiyasi bilan
tanishtirish
Huquqiy ta’lim uzluksiz bo‘lib, 
yoshlikdan boshlab berib borilishi lo­
zim. Bolalar oilada, maktabgacha ta’­
lim 
muassasalaridayoq 
xulq-atvor 
qoidalaridan xabardor bo‘lishi, m a’­
naviy va ba’zi huquqiy normalar to‘g ‘-
174


dunyoga tanitgan, xalqaro munosabatlarning teng huquqli subyekti sifatida 
faol harakat qilishiga huquqiy zamin yaratgan muhim huquqiy hujjatdir. 
Konstitutsiya to‘g‘risida so‘z aytilgandauni nafaqat xalqaro munosabatlarda 
davlatning pasporti sifatidagi roli, balki ichki islohotlar jarayonidagi asosiy 
huquqiy manba ekanligini alohida e’tirof etish maqsadga muvofiqdir. 
Konstitutsiyamizning har bir moddasini o ‘qib kuzatar ekanmiz, unda, 
eng avvalo, inson huquqlari va erkinliklari masalasiga, ularning amalga 
oshishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilganligining guvohi bo‘lamiz. 
Uning milliy qonunchiligimizning o‘ziga xos yutug' sifatida ko‘pgina 
xorijiy mutaxassislar tomonidan bot-bot e’tirof etilganligi fikrimizning 
tasdig‘idir. Bosh Qonunimizning qabul qilinishi 0 ‘zbekiston xalqining 
tarixidatub burilish yasadi, yangi demokratik huquqiy davlat qurish asosini 
yaratdi. Bunda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalardan biri mamlakatda 
yashovchi har bir fuqaroning huquq va erkinliklarini to ‘la kafolatlashdir.
“Konstitutsiya saboqlari”ni o’rgatishning asosiy maqsadi esa ana shu 
kafolatlar asosida bolalarning 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 
moddalari mazmunini yosh xususiyatlari bilan bog‘liqlikda anglab 
olishlariga erishishdir.
“Konstitutsiya saboqlari” mashg‘ulotlarida Konstitutsiyaning quyida­
gi moddalarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratiladi:
1-modda. 0 ‘zbekiston - suveren demokratik respublika. Davlatning 
“0 ‘zbekistonRespublikasi” va “0 ‘zbekiston” degannomlari bir m a’noni 
anglatadi. Mazkur moddani o‘rganish jarayonida bolalarda quyidagi bi­
lim va ko‘nikmalar tarkib toptiriladi: o‘zining tug‘ilib o ‘sgan joyini bi- 
lish; Ona-Vatanga nisbatan muhabbat uyg‘otish; oila a’zolari: ota-ona, 
aka-uka, opa-singil, qon-qarindoshga bo‘lgan hurmat hissi; xalqi, urf- 
odatlari, tarixiy joylami bilish; milliy bayramlar: Mustaqillik kuni, hoti- 
ra va qadrlash kuni, N avro‘z, Hayit bayramlari haqida tushunchaga ega 
bo‘lish; m a’naviy merosni asrash zarurligi.
4-modda. O'zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. 
0 ‘zbekiston Respublikasi o ‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat 
va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishi uchun 
sharoit yaratadi. Ushbu moddani o‘rganish jarayonida bolalarda o ‘zbek 
xalqi va davlat tilini hurmatlash; 0 ‘zbekiston Respublikasi xududida 
istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va 
an’analarini hurmatlash; o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 
bayram qilinishiga doir tushuncha va tasavvurlar shakllanadi.
175


5-modda. 0 ‘zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan 
o‘z davlat ramzlari - bayrog‘i, gerbi va madhiyasiga ega. Tarbiyachi 
moddani sharhlash jarayonida bolalarning davla-timizning nomi, uning 
ramzlarining m a’no-mazmunini anglash va ularga nisbatan hurmat bilan 
qarash zarurligi; davlatimiz ramzlaridan faxrlanish va ularni hamisha 
himoya qilish; madhiya matnini yaratgan shoirni, musiqasini yaratgan 
bastakoming ismi va shariflarini bilish; Davlatimiz ramzlarining tavsifi 
haqida tushunchaga ega boTishlariga asosiy e’tibor qaratadi.
6-modda. O ‘zbekiston Respublikasinig poytaxti - Toshket shahridir. 
Bolalar 0 ‘zbekiston Respublikasinig poytaxti - Toshket shahri ekanligini 
anglashlari; Toshket shahri haqida m a’lumotga ega b oiishlari zarur. Bo- 
lalarga Toshkent haqida videofilmlar, slaydlar, rangli rasmlar, fotoalbom 
ko‘rsatish orqali ularning tasavvurlari yanada boyitiladi.
8-modda. 0 ‘zbekiston xalqini, millatidan qat’iy nazar, O ‘zbekiston 
Respublikasining fuqarolari tashkil etadi. Bolalar o ‘zlari bilan birga 
yashayotgan turli millat vakillarining hammasi 0 ‘zbekiston deb atalgan 
davlat kishilari ekanligini anglab olishlari lozim.
31-modda. Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatnadi. har bir inson 
hohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik 
huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘1 qo‘yilmaydi. 
Mazkur moddaning bolalar tomonidan o‘zlashtirilishi uchun ularga hayit 
bayrami haqida tushuncha berish; hadislar mazmunini rasmlar orqali 
tushuntirish maqsadga muvofiqdir.
37-modda. Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli 
mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko ‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan 
himoyalanish huquqiga ega. Bolalarda mehnatga ijobiy munosabatni 
tarbiyalash; berilgan topshiriqni astoydil bajara olishlariga erishish; ular­
ning kattalar mehnati haqidagi tasavvurini boyitish; mehnat qurollari- 
ning nomi va vazifasini bilish; mehnatni chin yurakdan bajargan bola 
mehnatsevar hisoblanishini, mehnatsevarlik bebaho fazilat ekanini ang- 
lashlariga erishiladi. Bolalar bilan “Kim bo‘lsam ekan” mavzusida surat- 
lar asosida suhbatlar tashkil etiladi.
40-modda. Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huqu­
qiga ega. Ushbu modda mohiyatini tushuntirish orqali bolalarda gigienik 
talablarga rioya qilishni hayotiy ehtiyojga aylantirish; “S ogiom tanda
- sog‘ aql" naqlining m a’nosini anglatish; shifokorlar mehnati va o‘z- 
o‘ziga xizmat ko‘rsatish haqida tushunchalarni boyitishga erishiladi.
176


41-modda. Har kim bilim olish huquqiga ega. Bolalar o'zlari qiziqqan 
narsalari haqida m a’lumot olishlari, bilim olish orqali yaxshi inson bo‘lib 
yetishishlarini anglaydilar.
47-modda. Barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan bur- 
chlarini bajaradilar. Bolalar burch nima ekanligi; maktabgacha yoshdagi 
bolalarning burchlari nimadan iborat ekanligi; tarbiyali bola bo‘lish, 
axloqiy qoidalarga rioya qilish kabi vazifalarni; ota-onani hurmatlash 
lozimligini anglaydilar. Yaxshilik qilish haqida hadis, maqollarmazmunini 
tushuntirish hamda mulkni asrash. ehtiyot qilib foydalanishga o‘rgatish 
amalga oshiriladi.
49-modda. Fuqorolar 0 ‘zbekiston xalqining tarixiy, m a’naviy va 
madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar. Madaniyat yodgorliklari 
davlat muhofazasidadir. Bolalarni o ‘z shahar, qishlog‘idagi diqqatga 
sazovor joylar, m e’morchilik yodgorliklari bilan tanishtirish, mahalliy 
sharoitni hisobga olgan holda ziyoratgohlarni tanlab, suhbat o‘tkazish; 
ziyoratgohlarga bog‘liq ravishda insonning odob-axloqiga doir fazilatlar 
haqida m a’lumot berish; 0 ‘zbekistonning m e’moriy obidalariga doir 
rasmlar ko‘rsatish va ular haqida tushuncha berish; mamlakatimizdagi 
yodgorliklar, qadimiy binolar ham tarixiy m e’ros sifatida asralishi 
kerakligini anglatish kabi jihatlarga alohida e’tibor qaratiladi.
50-modda. Fuqarolar atrof-tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda 
bo‘lishga majburdirlar. 55-modda. Yer, yerosti boyliklari, suv, o‘simlik va 
hayavonat dunyosi, hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, 
ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir. Bolalarga 
mazkur moddalar mazmuni bevosita tabiat bilan tanishtirish mashg‘ulotlari 
jarayonida tanishtirilib, ular tabiat haqida tushunchaga ega bo‘lishlari; 
ularda tabiatni asrash va avaylash hissini uyg‘otish; o‘simliklarni payhon 
qilish yomon odat ekanligini bilish; yow oyi va uy hayvonlari haqida 
ma’lumot berish; hay von, qushlarni asrash, avaylash har bir inson vazifasi 
ekanligini bilish: ularni parvarish qilish, och qoldirmaslik; qushlar insonlar 
uchun foydali ekanini uqtirish; “Qizil kitob” muhofaza ramzi ekanini 
bilish; “Qushlar bayrami”, “Gullar bavrami”, “Navro‘z bayrami” haqida 
tushunchaga ega bo‘ lish; ehtiyotkorona munosabatni tarbiyalash choralari: 
choy qaynatgich qaynayotganda va kir yuvish mashinasi ishlayotganda 
suvga qo‘l tiqmaslik haqida qisqacha m a’lumot berish; gaz va elektr tokini 
tushungan holda qo‘llaganda oilalar uchun o‘ta foydali ekani, ularninig 
oila yumushlarini yengillashtirishi, agarda ulardan noto‘g‘ri foydalanilsa
177


katta xavf tug‘dirishi, ko‘pdan ko‘p falokatlar chiqarishini, shu sababdan 
gaz plitasiga yaqinlashmaslik va turli murvatlarini bekordan bekorga 
buramaslikni uqtirish; gaz hidini sezishlari bilan darhol kattalarga aytish 
zarurligini bilish kabi bilim va ko‘nikmalar tarkib toptiriladi.
52-modda. 0 ‘zbekiston Respublikasini himoya qilish 0 ‘zbekiston 
Respublikasi har bir fuqorosining burchidir. Fuqarolar qonunda 
belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tishga majburdirlar.
89-modda. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti - davlat boshlig'i ekan- 
ligi. Bolalarga O ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yurtimizda tinchlik, 
barqarorlikning posboni ekanligini tushuntirib, mamlakat yo‘lbosh- 
chisiga bo‘lgan ishonch va hurmat tuyg‘usini tarkib toptirish; bolalarda 
fuqorolaming mehnatda ko‘rsatgan xizmatlarini rag‘batlantirish maqsadida 
berilgan 0 ‘zbekiston Respublikasining ordenlari, medallari va yorlig‘i 
Prezident tomonidan berilishi haqida tushuncha hosil qilish lozim.
126-modda. 0 ‘zbekiston Respublikasi o‘z xavfsizligini ta ’minlash 
uchun yetarlidarajadaqurollikuchlariga ega. Bolalarga har yili “ 14-yanvar
- Vatan himoyachilar kuni” sifatida nishonlanishi; Vatan himoyachilari: 
askarlar, chegarachilar piyodalar va tankchilar haqida m a’lumot berish; 
bolalar ongiga Vatan himoyachilari ular ekanligini singdirish, buning 
uchun ular sog‘, baquvvat, qo‘rqmas, botir bo‘lib voyaga yetishlari zarur- 
ligini anglatishga erishiladi.

Yüklə 7,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin