Sh. Sodiqova



Yüklə 7,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/175
tarix21.10.2023
ölçüsü7,72 Mb.
#130634
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   175
Sodiqova SH.Maktabgacha pedagogika

bolalarni gapirtirish
ham muhim ekologik 
uslublar sirasiga kiradi. Bu usul kichkintoylarda kuzatuvchanlikni va 
ekologik tarbiya olgan yoki olmagan odamlar orasidagi farqni ajratish 
tuyg‘ularini o ‘stiradi. Masalan, bolalar quyidagicha gap topib keladilar: 
“Bir bola gugurt olib, xazonlarni yoqdi. 0 ‘tib ketayotgan bir kishi uni 
koyib, olovni o‘chirtirdi" va hokazo.
Bolalarning tabiatni muhofaza qilish amaliyotida uch xil faoliyatdan 
(ta’lim, mehnat, o‘yin) keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa, 
bolalarning 
ekologik mazmundagi о ‘yin faoliyati
ta ’lim unsurlariga ega 
boTib, tegishli ko‘nikmalarni hosil qilishda ularning ahamiyati katta 
bo‘ldi.
Didaktik o'yin
o ‘quv-bilish vazifalari (masalan, narsaning xossalari 
va sifatini aniqlash, turli buyumlarni tasnif qilish va guruhlash) o ‘yin 
bilan (topish, rol ijro etish, musobaqalashish) qo‘shib olib boriladiki, 
bunda didaktik o‘yin ta’limning alohida shakli - yengil, tez va bolalar 
tomonidan oldindan m o‘ljallanmagan bilimlarni o ‘zlashtirish shakliga 
aylanadi. Masalan, “Bu hayvonning nomi “Qizil kitob”ga kiritilganmi? 
Shu hayvonni top” o ‘yini. Tarbiyachi bolalarni doira shaklida turg‘izib, 
hay von nomini aytadi va koptokni biror bolaga otadi. Bola koptokni ilib 
olib, “Qizil kitob”ga kirgan yoki kirmaganligini aytadi.
189


Tabiat muhofazasiga doir o‘yin mazmunini ishlab chiqishda shaxs- 
ning axloqiy pozitsiyasi, odamlaming o ‘zaro munosabatlari, ularning 
tabiiy muhitga insonparvarlik, g‘amxo‘rlik bilan munosabatlari markaziy 
o‘rindaturm og‘i lozim.
Rolli о ‘yinlar
har bir ishtirokchiga mustaqillik va uyushqoqlik namo- 
yon etish imkonini beradi. Ijodiy rolli o ‘yinlar tushunchalarni, tasav- 
vurlarni, faktlami tiklash, qayta guruhlash tariqasida kechadi. Masalan, 
rolli o ‘yin sifatida bolalardan biri maqbul va nojo‘ya harakatlar qilib 
ko'rsatadi. Nojo‘ya xatti-harakatga kelganda, bolalar: “To‘xta!" - deb 
buyruq berishlari kutiladi. Kuzatishlarning ko‘rsatishicha, bunday payt- 
larda ko‘p vaqt sukutda bo‘ladigan bolalarda ham qat’iyat, ju r'a t paydo 
bo‘ladi. Bu esa o ‘yinning muhim jihati hisoblanadi.
Tabiat bilan insonning о'zaro aloqador ekanligini o'rgatish, umuman, 
bolalarda atrof-muhitga m as’uliyatli munosabatni shakllantirish - uzoq 
vaqtni o‘z ichiga oladigan jarayon. Buning uchun bolalarning atrof- 
muhit, tabiat bilan har tomonlama doimiy aloqalarini ta ’minlash zarur. 
Maktabgacha ta’lim muassasasi hududida, sayr chog'ida bog‘da, tabiat 
quchog'ida bo'lish, bu muddatda turli xil ekologik o‘yinlar uyushtirish 
ana shu imkoniyatni yuzaga keltiradi.
Voqeaband rolli о ‘yinlar,
ayniqsa, bola hayotida katta rol o'ynaydi. 
Dastlab sahna ko‘rinishlari tariqasida tayyorlanadigan o ‘yin chog‘ida 
bola tabiatni muhofaza qilish bilan shug‘ullanuvchi turli mutaxassislar 
rolini ijro etadi, ko‘pchilik ana shunday mutaxassislarni ko'radi, shun- 
day mutaxassislar borligidan darak topadi, keyinchalik o‘zi ham shu 
mutaxassis rolini o ‘ynashga muvaffaq bo'ladi. Boshqacha aytganda, 
о ‘yin jarayonida bola bilan mutaxassis o ‘rtasida muloqot sodir bo‘ladi.
Maktabgacha ta’ lim yoshidagi bolalarni ekologik tarbiyalashda 
nutqiy
mantiqiy masala yechish
uslubidan ham foydalanish mumkin. Bunday 
masalalar tabiat haqida topishmoq-hikoyalardir. Qo‘yilgan masalani 
yechish, savolga javob berish uchun bolalar tabiat hodisalari orasidagi 
m a’lum bog‘lanishlar va qonuniyatlarni o‘zlari uchun tushunib olgan 
bo‘lishlari kerak. Tarbiyachi bolalarga nutqiy mantiqiy masala berar ekan, 
ularni aqliy faoliyat 
usullaridan
shunday (qiyoslash, hodisalarni turli 
tomondan ko‘rib chiqish, masalani yechish yo‘llarini izlash) vaziyatga 
solishi zarurki, bu narsa fikrlashning mustaqil, aqlning o‘tkir bo‘lishiga 
turtki beradi.
190


Bolalar tomonidan tabiatdagi narsa va hodisalar, odamlaming ayrim 
nojo‘ya xatti-harakatlari haqida 
hikoya-etyudlar tuzish
ijodiy topshiriq 
turlaridan biridir. Albatta, bu ish daf’atan boshlanmasligi kerak. Dastlab 
ishni bolalarbop hikoyalar tanlash va ularni so‘zlab berish usuliga 
murojaat etishdan boshlash lozim. Bu hikoyalar oxir-oqibatda hikoya- 
etyudlar tuzish uchun andaza vazifasini bajaradi.
Maktabgacha ta’lim muassasasida ekologik muammolar aks etgan 
v/tfeo/z/w/ardanfoydalanish maqsadga muvofiq. Bugungikundabolalarbop 
bunday videodisklar va filmlar ko'payib bomioqda. Har bir namoyishdan 
so‘ng bolalar bilan ko'rilgan filmlar haqida suhbat o‘tkazilishi mumkin.
Bolalarni ekologik tarbiyalashda
hadislardan namuncdar aytish, rivoyat
va hikoyatlar so'zlab berish
samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi. Atrof- 
muhitga eng qadimgi zamonlarda ham juda katta e’tibor berilib kelingan. 
Hadisi shariflarda quyidagi kabi bandlar bor: “Soyasidan xalq foydalanib 
turgan daraxtni kesib yuborgan odamni tangri do‘zaxga mahkum etur”; 
“Dunyo yam-yashil go‘zaldir, kimki undan haqli ravishda halollik bilan 
olsa, undan baraka topadi”.
Ajdodlarimiz o‘z farzandlariga oila davrasida 
pand-nasihatlar
qilganlar va turli suhbatlarda quyidagilarni alohida uqtirganlar: “Suvni 
iflos qilma, barcha jonivorlar uni ichib bahra oladi”; “Rizq-ro‘zingni isrof 
qilma, gunohkor bo‘lasan”; “Pishib yetilmagan uzumni uzma, agar uzsang 
katta gunoh ish bo‘ladi, chunki unda ahli m o‘minning nasibasi bor”.
Xalq og‘zaki ijodi namunalarida muammolarni hal etish yo‘llari 
bevosita va bilvosita usullarda qo‘llanadi, shunga ko‘ra bu usullarning 
tarbiyaviy va ta’limiy imkoniyatini oshirib, tug‘ilgan muammolaming 
bolalarga yanada tushunarli bo‘lishini ta’minlaydi hamda ta ’sirchanligini 
kuchaytiradi. Masalan, “Urug' sepmay ekin boim as, Yog‘och ekkan 
soyada yotmas” naqlida soyaning fayzli dam olish joyi, lekin shu soya- 
ning b o iishi uchun ter to ‘kib mehnat qilish, daraxt ekish zarurligi tushun- 
tiriladi.
Loto, labirint, rebus, boshqotirma, topishmoq, topishmoq-hazillardan
foydalanish ham bolalami ekologik tarbiyalashda yaxshi natija beradi. 
Ertak to ‘qish, she

ijod qilish, tabiatda о ‘zirti qanday tutish kerakligi
haqida eslatmalar aytish
bir tomondan, ijodiy nutq o ‘stirish uchun xizmat 
qilsa, ikkinchi tomondan, ekologik ongni rivojlantiradi.
191



Yüklə 7,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin