Sh. Sodiqova


Zamonaviy didaktikada ta’limning tamoyillari to‘g‘ri ajratil-



Yüklə 7,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/175
tarix21.10.2023
ölçüsü7,72 Mb.
#130634
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   175
Sodiqova SH.Maktabgacha pedagogika

7. Zamonaviy didaktikada ta’limning tamoyillari to‘g‘ri ajratil-
gan javobni aniqlang.
A) Mazmunli va tashkiliy - uslubik
B) K o‘rgazmali va amaliy
C) Umumiy va yakka
D) Og‘zaki va ilmiylik
8. Ta’limning tashkiliy-uslubik tamoyillari to‘g‘ri berilgan javob­
ni aniqlang?
A) Ta’imning izchillik, onglilik va ko‘rgazmalilik tamoyili
B) Ta’limning tarbiyalanuvchanlik, ilmiylik tamoyili
C) Ta’limning talabchanlik, tushunarlilik va tabiat bilan uyg'unlik 
tamoyili
D) Ta’limning insonparvarlik, tushunarlilik tamoyili
200


XIV bob. TA’LIMNI TASHKIL ETISH SHAKLLARI
_ , , 


Ta’limni tashkil etish shakli deganda pe-
Boialarnmg o‘quv 

, . 

,
faoliyatini tashkil etish 
va Ь° ' Т , 8 
“ S
 
Г
faoliyati tushuniladi va kun tartibida ma lum
S a 
a n
bir vaqtda o‘tkaziladi. Ta’lim shakli bolalar
soni, pedagog va bolalar o‘rtasidagi o ‘zaro ta’sir xususiyati, o ‘tkazishjoyi, 
shuningdek, kun tartibida egallagan o ‘rniga qarab bir-biridan farqlanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning о ‘quv faoliyatini tashkil etishning 
uchta asosiy shakli mavjud: individual, guruhli va ommaviy (frontal). 
Bolalarning o ‘quv faoliyatini tashkil etishning har bir shakli didaktik 
maqsadi, bolalarning mustaqillik darajasi, jamoaviy va individual ish- 
ga munosabati, pedagogik rahbarlik bilan bog‘liqlikda o‘ziga xos xusu- 
siyatlari bilan farqlanadi.
Bolalarning о ‘quv faoliyatini tashkil etishning 
individual shakli
o ‘zida bir qancha ijobiy jihatlami aks ettiradi: o‘quv faoliyati mazmuni, 
uslubi va sur’atini t o ia individualashtirish imkoniyatining mavjudligi 
hamda aniq bir masalani hal etishda ta ’ lim oluvchining har bir harakati 
va operatsiyalarini kuzatib borishga imkon berishi kabilar. Biroq ta’lim- 
ning individual shakli ayrim kamchiliklarga ham ega: vaqtning tejamli 
emasligi (bir guruhda yigirma nafar bola bo‘lsa, pedagog har biri uchun 
20-25 minutdan vaqt sarflaydi. Demak, pedagog qariyb olti soat indivi­
dual o ‘qitish bilan shug‘ullanadi); pedagog ta’sirining cheklanganligi 
(pedagogning vazifasi bolaga topshiriq berish va uning bajarilishini 
tekshirishdan iborat); boshqa bolalar bilan hamkorlikda ishlash imkoni- 
yati cheklanganligi (bu holat ijtimoiylashishi jarayoniga salbiy ta’sir 
ko‘rsatadi); jamoada ishlash tajribasining shakllanmasligi.
Biroq ba’zan o‘quv faoliyatining individual shaklidan foydalanish 
zaruriyati tug‘iladi. Eng avvalo, rivojlanishida nuqsoni bor, tez-tez kasal- 
likka chalinuvchi bolalar bilan individual tartibda ishlash, ulami zarur bilim 
va ko‘nikmalami egallashlariga yordamlashish, psixik jarayonlami bosh- 
qarishga qobiliyatlilikni rivojlantirish ehtiyoji mavjud. Shuningdek, max­
sus qobiliyatlar (rasm chizish, qo‘shiq aytish, matematikaga doir)ga ega 
bolalar bilan ham individual tarzda mashg‘ulotlar olib borish talab etiladi.
Guruhdagi har bir bola bilan pedagog uning ta’lim olganlik darajasi, 
bilim va ko ‘nikmalarni egallashdagi uzilishlarni o‘z vaqtida aniqlash 
uchun vaqt-vaqti bilan nazorat-tashxis etish tavsifiga ega individual 
mashg‘ulotlarni o‘tkazadi.
201


Bolalarning o‘quv faoliyatini tashkil etishning 
guruhli shakli
mash- 
g‘ulotlarni kichik guruhlarda amalga oshirishni talab etadi. Buning 
uchun guruh olti nafar boladan oshmagan holda kichik guruhlarga 
bo‘linadi. Kichik guruhlarga birlashtirish bolalarning o‘z xohish-istaklari, 
umumiy qiziqishlarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi mumkin, 
biroq ulaming o'zlashtirish darajasiga ko'ra guruhlarga ajratish tavsiya 
etilmaydi. Aksincha, kuchli o'zlashtirish darajasiga ega bolalar bilan 
pastroq o‘zlashtiruvchi bolalardan iborat tarzda guruhni shakllantirish 
maqsadga muvofiq.
Kichik guruhlarda ishlashni tashkil etish texnologiyasi ham turlicha 
bo‘lishi mumkin. B a’zan mashg‘ulot birdaniga kichik guruhlarga 
bo‘lingan holda o'tkaziladi. Bunday holatda pedagog bolalarni qanday 
tartibda joylashtirish haqida o ‘ylashi lozim. Har bir guruh a’zolari bir-bi- 
riga qulay tarzda o‘tirishlari, shu bilan birga oraliq masofani ham hisobga 
olish lozim. Chunki guruhlarda ishlash jarayonida kichik guruh a’zolari 
bir-birlari bilan muloqotga kirishadi, o'zaro hamkorlikda topshiriqni 
bajarishadi. Shuning uchun ham bunday mashg‘ulotlarda hamma vaqt 
tinchlikni saqlab turish imkoniyati bo'lmaydi. M ashg‘ulotga doir topshiriq 
hamma uchun bir xilda yoki alohida-alohida berilishi mumkin. Mash- 
g‘ulot berilgan topshiriqni o ‘ziga xos tarzda taqdim etish bilan tugallanadi.
Zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning o‘quv 
faoliyatini tashkil etishning 
ommaviy
(frontal) 
shakliga
ham alohida 
zaruriyat mavjud. Ommaviy tarzda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar mazmuni 
ko‘pincha badiiy tavsifga ega faoliyat ko‘rinishida amalga oshirilishi 
mumkin. Masalan, musiqa mashg‘ulotlari, sahna ko'rinishlarini namoyish 
etish, o ‘yin-sayohatlar, san’at asarlari bilan tanishish va boshqalar. 
Bunday mashg'ulotlarda aqliy faollikni oshirishga undovchi “emotsional 
ta’sir ko'rsatisb" yaxshi samara beradi, bolaning o'z-o’zini namoyon eta 
olishiga imkon beradi.

Yüklə 7,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin