Sh. Sodiqova



Yüklə 7,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/175
tarix21.10.2023
ölçüsü7,72 Mb.
#130634
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   175
Sodiqova SH.Maktabgacha pedagogika

Mashg‘ulotning turlari 
. ,


.. 
. °...
va tuzilishi 
quyidagi turlarga bo linadi: yangi bihm va
ko'nikmalarni hosil qiluvchi mashg‘ulotlar, 
o ‘zlashtirilgan bilimlami mustahkamlovchi mashg‘ulotlar, nazorat mash- 
g‘ulotlari va majmuaviy mashg‘ulotlar.
Yangi bilim va ko'nikmalarni hosil qiluvchi mashg'ulotlarm
o't- 
kazishdan maqsad - ularni yangi bilimlardan xabardor qilish, tevarak- 
atrofdagi narsa-buyumlar, voqealar to‘g ‘risidagi bilimlarini kengay- 
tirishdir. Bunday mashg‘ulotga yangi obyektni kuzatish, hikoya qilib 
so‘zlab berish va boshqalar kiradi. Mazkur m ashg‘ulotlar hamma yosh 
guruhlarida o‘tkaziladi.
Bolalarning 
o'zlashtirgan bilimlarini mustahkamlovchi mashg'u-
lotlardm
ko‘zlangan asosiy maqsad idrok etilgan narsalarni anglab olish 
va umumlashtirishga o‘rgatishdir. Buning uchun tanish obyekt kuzatiladi, 
ikki narsa(xona o ‘simliklari, daraxtlar, hayvonlar) solishtiriladi, didaktik 
o‘yinlar, suhbatlar o‘tkaziladi. Bunday mashg‘ulotni o‘tkazish orqali 
tarbiyachi bolalar nimani yaxshi o‘zlashtirib olgan-u, nima yaxshi 
o‘zlashtirilmaganligini bilib oladi. Tarbiyachi m ashg‘u!otlar jarayonida 
bolalarning bilimini yangi m a’lumotlar bilan boyitadi.
Nazorat mashg'ulotlari
bolalarning dastur b o ‘yicha o‘zlashtirgan 
bilimlarini tekshirish va aniqlash maqsadida o ‘tkaziladi. Tarbiyachi va 
tarbiyalanuvchilarning faoliyati natijalarini umumlashtirib, xulosalash 
imkonini beradi. Nazorat m ashg‘ulotlari chorak, yarim yillik va yil 
oxirida o ‘tkazilishi mumkin.
Majmuaviy mashg'ulotlar
maktabgacha taTim tajribasida keng tar-
• qalgan bo Tib, bunday m ashg‘ulot!arda bolalarga yangi bilim beriladi,
204


egallangan bilimlar mustahkamlanadi va takrorlanadi, tizimga solinadi, 
olgan bilim va ко‘ш кта1 агт amalda qo‘llashga o ‘rgatiladi.
M ashg‘ulot o‘ziga xos tuzilishga ega bo‘lib, har qanday m ashg‘ulot 
o ‘zida uchta tarkibiy qismni aks ettiradi: tashkiliy qism, mashg‘ulotning 
borishi (jarayon) va yakuniy qism.
Tashkiliy qism
bevosita bolalarni m ashg‘ulotga jalb etish: ularning 
e'tiborini amalga oshiriladigan faoliyatga qaratish, bajariladigan ishga 
nisbatan qiziqishni hosil qilish, jo'shqin kayfiyatni yaratish, о ‘quv vazi­
falarini ochib berishga yo‘naltiriladi. Tushuntirish ishlari mohirona, bo- 
siqlik bilan hamda emotsional tarzda olib boriladi. Tushuntirish va k o ‘r- 
satish usullari asosida bolada qanday tarzda harakatlanish, ketma-ketlik- 
da bajarish, natijaga erishishga doir oddiy ko‘rinishdagi ish rejasi hosil 
qilinadi.
Mashg'ulotning borishi
- belgilangan o ‘quv vazifalari bilan 
bog‘liqlikda bilim va ko‘nikmalami o‘zlashtirish bilan tugallanadigan 
bolalarning mustaqil aqliy yoki amaliy faoliyati. M ashg‘ulotning maz­
kur bosqichida har bir bolaning rivojlanish darajasi, idrok etish sur’a- 
ti. fikrlashining o‘ziga xosliklari bilan bog‘liqlikda ta’lim usullari indi- 
viduallashtiriladi. Agar pedagogning aniq tushuntirib bera olmasligi 
oqibatida о‘quv vaazifalarini bajarishda ko‘pchilikda xatolar kuzatilsa, 
hamma bolalarning diqqatini ommaviy jalb etish zaruriyati yuzaga keladi.
Tez va oson yodda saqlab qola oladigan, tahlil qila oladigan, pedagog 
ko‘rsatmalari bilan o‘zining harakatlari, natijalarini taqqoslay oladigan 
bolalarga nisbatan kam yordam ko ‘rsatiladi. Agar bolalarda vazifani 
bajarishda qiyinchiliklar paydo bo‘Isa, maslahat berish, qaytadan eslatib 
o‘tish, yo'naltiruvchi savollardan foydalanish mumkin. Pedagog har bir 
bolaga o‘ylash, qiyin vaziyatlardan o ‘zi mustaqil chiqib keta olishiga 
imkoniyat yaratadi. Ba’zi bolalarga qo‘shimcha tushuntirish, ko‘rsatish, 
pedagogning bevosita yordami talab etilsa, boshqalariga og‘zaki 
ko‘rsatma berish yetarli boiadi.
Pedagog har bir bolaning u nimani o ‘rganganligini ko‘rsatib beruvchi, 
uning harakatlari dan guvohlik beruvchi natijalami olishiga harakat qiladi. 
Natijaga erishish - mashg‘ulotdagi amaliy va о‘quv faoliyatining yaku­
niy mahsuli. Bu esa, bolaning irodasini mustahkamlaydi, bilim va ko ‘- 
nikmalarni egallashga qiziqishini oshiradi.
M ashg'ulotning yakunlanishi
bolalarning o‘quv faoliyati yuzasidan 
xulosalar chiqarish va natijalarni baholashni o ‘zida aks ettiradi. Olingan
205


natijaning sifati bolalarning yosh va individual xususiyatlari, o ‘quv
vazifasining murakkabligiga bog‘liqdir. Kichik guruhlarda pedagog
bolalami tahsinlaydi, tirishqoqliklari, topshiriqni bajarishdagi intilishlari
uchun ularni 
maqtaydi,
ta’lim mazmuni bilan bog‘liqlikda ulardagi ijobiy
kayfiyatni oshiradi. 0 ‘rta guruhda bolalarning faoliyati, ularni topshiriqni
bajarishga munosabatlarini baholashda tabaqalashtirilgan yondashuvga
asoslaniladi. Bunday yondashuvni tadbiq etishdan maqsad bolaning o'quv
vazifasi mohiyatini tushunishi, pedagogning ko‘rsatmalariga e’tiborli
bo'lish, belgilangan ketma-ketlikda ishni bajarish zaruriyatini anglab
yetishlariga erishishdir. Baho bolani o‘z muvafaqqiyatini, shu bilan birga
xato va kamchiliklarini ko‘ra olishga o ‘rgatadi. Katta guruhda bolalar o ‘z
faoliyati natijalarini baholash va o ‘z-o‘zini baholashga jalb etiladi.
„ , , . 

. . 
Didaktik maqsadiga ko‘ra mashg‘ulotlar 

Yüklə 7,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin