Sh. Sodiqova



Yüklə 7,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/175
tarix21.10.2023
ölçüsü7,72 Mb.
#130634
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   175
Sodiqova SH.Maktabgacha pedagogika

Ekskursiya ta’hmni 
, , 
TT 


. . .

. ,
x ... i .« . , . . .
maxsus shakli. U о zida tabny sharoitda
tashkil etish shakli 
. , . 
. . .
, . 

,
,
sifatida 
bolalarni tabiat, madaniy obyektlar, kattalar
mehnati bilan tanishtirish imkoniyatini beradi. 
Ekskursiya vaqtida bolalar olamning turfa xilligi, rivoj lanishini anglaydilar, 
narsa-hodislar orasidagi aloqadorliklarni kuzatadilar.
Ilk va kichik guruhda ekskursiya maktabgacha ta ’lim muassasasining 
ichkarisida, yer maydonchasida, o‘rta guruhdan boshlab muassasadan tash- 
qarida o‘tkazila boshlanadi.
Ekskursiya uyushtirishni rejalashtirishda quyidagi jihatlarni hisobga 
olish lozim:
1) ekskursiya narsa-hodisalami dastlabki yorqin, yaxlit idrok etilishini 
ta’minlashi kerak;
2) bolalarning tanish obyekt yoki hodisalar haqidagi tasavvurlarini 
kengaytirish, chuqurlashtirish, umumlashtirish uchun takroran ekskursiya 
uyushtiriladi. Takroriy ekskursiya bola dastlabki ekskursiya paytida 
kuzatgan obyekt, hodisalarning yangi sifat va xususiyatlarini ochib be- 
rishga xizmat qiladi;
3) dasturiy materialni bosqichma-bosqich murakkablashtirish ikki 
yo'nalishda amalga oshirilishi zarur: kuzatilgan hodisalar ko‘lamini 
kengaytirish va u yoki bu hodisalar haqidagi bilimlarni ketma-ketlikda 
chuqurlashtirish va umumlashtirish;
207


4) 
har bir ekskursiyada ta’limiy va tarbiyaviy vazifalar birgalikda 
hal etilishi lozim. Shuning uchun o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilim va 
ko'nikmalar hajmini rejalashtirish hamda qanday his-tuyg‘u, munosabat, 
axloqiy sifat, estetik ehtiyojlami faollashtirish avvaldan o'ylanishi kerak.
Ekskursiya o ‘zaro bir-biri bilan bog‘langan aniq 
tarkibiy tuzilishga
ega: tayyorlov bosqichi, ekskursiyaning borishi va ekskursiyadan keyin 
amalga oshiriladigan ish.
Tayyorlov bosqichi
ham pedagogni, ham bolalarni ekskursiyaga 
tayyorlashni o‘z ichiga qamrab oladi. Pedagog ekskursiya mavzusini, 
uning mazmun-mohiyatini, o‘tkazilish muddatini belgilaydi. Shuningdek, 
ekskursiya uyushtiriladigan obyektning joylashgan o‘rni va holatini 
ham ko‘zdan kechiradi. Ekskursiya davomida beriladigan namunaviy 
savollami tuzadi, she’r, maqol va topishmoqlardan namunalar tanlaydi.
Bolalarni ekskursiyaga tayyorlash ularda o'rganish ko‘zda tutilgan 
obyekt va hodisalarga doir qiziqish va ehtiyojni hosil qilishni talab etadi. 
Buning uchun quyidagi pedagogik usul va vositalardan foydalaniladi: 1) 
ekskursiya jarayonida bolalar kuzatishi mumkin bo'lgan narsa-buyumlar 
va hodisalar haqida qiziqarli m a’lumotlar berish; 2) bolalardagi mavjud 
tajribalarga tayanish; 3) bolalarga emotsional ta’sir ko:rsatish maqsadida 
san’at asarlaridan foydalanish.
Ekskursiyani amalga oshirish
jarayonida ta’limning turli uslublari 
(kuzatish, suhbat, tushuntirish)dan foydalaniladi. Dastlab bolalarga obyekt 
bilan to ‘liq tanishish imkoniyati beriladi. Shu bilan birga bolalarning 
kuzatilayotgan obyektni aniq idrok etishlarini badiiy iboralar yordamida 
amalga oshirish mumkin: pedagogning o ‘zi yoki bolalardan biri she’rdan 
parcha o ‘qiydi. Obyekt yaxlit tarzda idrok qilib bo‘linganidan so‘ng, 
bolalar uni chuqurroq anglab olishlari uchun tahlil qilishga o‘tiladi. 
Bunda turli xil savollardan foydalaniladi:
1) dalillar keltirishni talab etuvchi savollar (qanday nomlanadi, qanday 
qismlardan iborat, qanday xususiyatlar va o‘ziga xosliklarga ega);
2) fikrlashni faollashtiruvchi, qiyoslash, taqqoslash, farqini ajratish, 
umumlashtirishni talab etuvchi savollar (munosabat, aloqadorliklarni 
hosil qilish uchun);
3) anglash faolligini rag‘batlovchi. ijodiy fikrlash, xulosalar chiqarish- 
ga undovchi savollar.
Ayrim ekskursiyalar jarayonida suhbat asosiy uslub sifatida xizmat 
qiladi. Ayniqsa, bolalarni turli kasb egalari (oshpaz, temirchi, sotuvchi,
208


fermer, xususiy tadbirkor) faoliyati bilan tanishtirish paytida mazkur 
uslubdan foydalanish yaxshi samara beradi. Buning uchun tarbiyachi 
suhbat jarayonida foydalaniladigan savollami avvaldan tayyorlab olishi 
zarur.
Shuningdek, ekskursiyajarayonidabolalarningfikriy faolligini qo‘llab- 
quvvatlash lozim. Ana shu maqsadda bilish-izlanishni rag‘batlovchi usul- 
lardan foydalaniladi: bolalarga ular nimalarni o ‘ylayotgani, ularni nima­
lar qiziqtirayotgani, ularning fikricha nima tushunarsiz ekanligi haqida 
savollar beriladi; ular guvohi bo'layotgan obyekt, hodisaga mos she’r, 
maqol, topishmoqni yodga tushirish so‘raladi.
Ekskursiya so‘nggidabolalarnim alam iko‘rganliklari, bilibolganliklari 
haqida umumiy xulosalar chiqariladi. Bir nechta bolaga ularga nimalar 
qiziqarli bo‘lganligi haqida gapirib berishni taklif etish mumkin.
Ekskursiyadan so 'ng amalga oshiriladigan ish
bilimlarni kengaytirish, 
aniqlashtirish, tizimlashtirishga, ekskursiya jarayonida tug'ilgan his- 
tuyg‘u, munosabatlarni mustahkamlashga yo'naltiriladi. Buning uchun 
quyidagi usullardan foydalaniladi:
1) ekskursiya davomida to ‘plangan materiallar(tosh, yong'oq, na’ma- 
tak va boshqalar)ni chiroyli qilib bezatish;
2) bolalarning ekskursiyadan olgan taassurotlarini boyitish maqsadida 
badiiy asarlarga (kitoblar, musiqa, qo'shiq. amaliy san’at buyumlari)mu- 
rojaat qilish;
3) kitob burchagida (“Bizning shahrimiz”, “Bizning bog1”, “0 ‘zbekis- 
ton - serquyosh o ‘lka” albomlarini tuzish), tabiat burchagida (maketlar 
tayyorlash, kolleksiyalar to‘plash, gerbariy tuzish) ishlash;
4) o'yinlarni (teatrlashtirilgan, didaktik, syujetli-rolli) tashkil etish;
5) m a’lum bir belgilangan mavzu yuzasidan amalga oshirilgan о ‘quv 
ishining yakuniy qismi bo‘yicha umumlashtiruvchi suhbat o‘tkazish.

Yüklə 7,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin