Sh. Sodiqova



Yüklə 7,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/175
tarix21.10.2023
ölçüsü7,72 Mb.
#130634
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   175
Sodiqova SH.Maktabgacha pedagogika

Ta limning ozaki 
A • i I , , , 


. ,
uslublari 
4a vaqt ichida bolalarga axborotlarm uzatish,
ularning oldiga o'quv vazifalarini qo'yish, 
ularni hal etish yoTlarini ko'rsatib berishga imkon beradi. Og'zaki 
uslublar va usullar qoidaga muvofiq ko'rgazmali, o'yin, amaliy uslublar 
bilan uyg'unlikda qo'llaniladi. Maktabgacha ta’lim yoshida sof og'zaki 
uslubdan foydalanish cheklangan. CHunki maktabgacha ta ’ lim yoshidagi 
bolalar bilan ishlashda, atrofolam haqidagi dastlabki tasaw urlarni shakl- 
lantirishda faqat o'qib berish, hikoya qilib berishning o'zi yetarli emas.
213


Shu bilan birga narsa-buyumlarning o‘zini ko'rsatish, namoyish etish eh- 
tiyoji yuqori.
Hikoya -
o‘quv materialini bolalar uchun tushunarli tarzda bayon etish 
imkonini beruvchi og‘zaki uslublardan biri. Hikoyada turli mazmundagi 
bilimlar obrazli shaklda taqdim etiladi. Bolalar uchun hikoyalar kundalik 
voqealar, yil fasllari, yozuvchilar, rassomlar, ona shahri haqida bo‘lishi 
mumkin.
Ta’lim metodlari vausullari
O g 'zak i
K o‘rgazm ali
A m aliv
^ Hikoya
^ Kuzatish
^ M ashq
> Suhbat
^ K o‘rgazmali vositalarni
^ Tajriba
Badiiv adabiyoto‘qish (rasmlar, diafilmlar, slaydlar,
^ M odellashtirish
^
Savollar bilan muro- kompyuter dasturlari)ni
jaat qilish
namoyish etish
^ K o'rsatm a berish
^ Harakatlar namoyishi
^
Tushuntirish
^ N a m u n ak o ‘rsatish
15-rasm.
Maktabgacha ta’limda o‘qitish uslublari va usullari.
Hikoya qilish uchun material sifatida badiiy asarlardan foydalan­
ish mumkin. Ayniqsa, bolalar uchun tarbiyachining shaxsiy tajribasi 
bilan bog‘liq hikoyalar qiziqarlidir: “Mening birinchi tarbiyachim”, 
“Men o‘qish va yozishni qanday o‘rganganman?”, “Bolalikdagi sevimli 
o ‘yinchog‘im” va boshqalar.
Hikoyani tushunish qobiliyati, ya’ni tinglay olish, mazmuniga muno­
sabat bildira olish, savollarga javob berish, oddiy qayta aytib berish uch 
yoshdan boshlab paydo bo'ladi. Kichik guruhlarda hikoya ko‘rgazmali 
materiallarni (narsa-buyumlar, ularning tasviri) namoyish qilish bilan 
birga qo‘shib olib boriladi. K o‘rgazmali materiallardan bolalar tasav- 
vurga ega bo‘lmagan voqea-hodisalar haqida hikoya qilinganda o ‘rta va 
katta maktabgacha yosh guruhlarida ham foydalaniladi. Biroq katta gu­
ruhlarda hikoya qilish jarayonida ko ‘rgazmali materiallardan keragidan 
ortiqcha foydalanish tavsiya etilmaydi. Chunki bolalarni so‘z yordamida 
fikrlashga o‘rgatish, ularda fazoviy tasavvurni rivojlantirish lozim.
214


S u h b a t- la '
limning dialogik uslubi bo‘lib, savol-javob o‘tkazish, o‘z 
nuqtayi nazarini ifodalashni talab etadi. Suhbat bolalar narsa-hodisal- 
ar, voqealar to ‘g‘risida ayrim bilim va tajribalarga ega bo‘lgan holatda 
o'tkaziladi. Suhbat jarayonida bolalarning mavjud bilimlari aniqlashadi, 
boyiydi, tizimlashtiriladi. Suhbatda ishtirok etish bolalar uchun foydali 
qator ko‘nikma va malakalarni paydo qiladi: bir-birini tinglash, aytilgan- 
iarini to'ldirish, ularni takrorlamaslik, bildirilganfikrlarni samimiy baho- 
lash va boshqalar. Suhbat fikrning aniq yo'nalganligini, diqqatni va o‘z 
xulq-atvorini boshqara olishni talab etadi. U mantiqiy fikr yuritish, aniq 
fikr bildirish, xulosa qilishga o‘rgatadi. Suhbat orqali tarbiyachi bolalarda 
his-tuyg‘ularni tarbiyalaydi, fikr yuritilayotgan voqea-hodisaga munosa- 
batni tarkib toptiradi.
Mazmuniga
ko'ra ikki turdagi suhbat farqlanadi: 
axloqiy mavzudagi
va bilishga doir.
Axloqiy mavzudagi suhbatlar faqat katta maktabgacha 
yoshdagi bolalar bilan o‘tkaziladi, bilishga doir suhbatlarni esa o‘rta gu- 
ruhdanoq boshlab o ‘tkazish mumkin.
Axloqiy mavzudagi suhbatlar
bolalarda axloqiy his-tuyg‘uni tarbi­
yalash, axloqiy tasavvur, mulohaza va bahoni shakllantirish maqsadini 
ko‘zda tutadi. Turli mavzularda axloqiy mavzudagi suhbatlarni o'tkazish 
mumkin: “Xushmuomalalilik haqida”, “D o‘stlik va o‘rtoqlik haqida”, 
“Salomlashish odobi”, “Ovqatlanish qoidalari” va boshqalar. Axloqiy 
mavzudagi suhbatlar badiiy asarlar o ‘qish, ko‘rgazmali materiallami 
ko‘rsatish, film namoyish etish bilan uyg'unlikda amalga oshiriladi.
Bilishga doir suhbatlar
mavzusi maktabgacha ta’lim dasturlarida an- 
iqlab berilgan. Shuningdek, bunday suhbatlar kundalik turmush voqealari, 
atrof-muhit va kattalar mehnati bilan ham chambarchas bog‘liqlikda 
o‘tkaziladi.
Didaktik maqsadiga
ko'ra suhbat kirish va umumlashtiruvchi turlarga 
bo‘linadi. Bolalarni amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan faoliyatga, 
kuzatishga tayyorlash maqsadida 
kirish suhbatidan
foydalaniladi. Ana 
shu maqsadda tarbiyachi bolalardagi mavjud tajribani aniqlaydi, ularn­
ing bilimlarini faollashtiradi, bajarilishi ko‘zda tutilayotgan faoliyatga 
qiziqishni hosil qiladi, amaliy yoki bilishga doir vazifalarni taqdim eta­
di. 
Umumlashtiruvchi suhbat
bolalarning biror mavzuda tashkil etilgan 
o'quv ishi natijasida qo'lga kiritilgan bilimlarni jamlash, aniqlashtirish, 
tizimga solish maqsadida o‘tkaziladi.
215


Badiiy adabiyot о ‘qish.
Badiiy adabiyot - atrofolam haqidagi bilimlar 
manbayi, bolalarda his-tuyg‘uni tarbiyalash, fikrlash, tasaw u r va xoti- 
rani rivojlantirish vositasi. Maktabgacha ta ’lim yoshida badiiy adabi- 
yotlar o‘qish orqali bolalarda badiiy asarlami idrok etish va anglashga 
qobiliyatlilik shakllantiriladi. O lz navbatida mazkur vazifa bolalarda 
ko‘rgazmali-obrazli, nutqiy-mantiqiy fikrlashni rivojlantirish bilan 
bogTiq.
0 ‘quv maqsadi bilan bog‘liqlikda badiiy asarlar o'qishda qator didak­
tik talablarga rioya etish lozim: bolalarning yoshi va rivojlanishi darajasi 
bilan bog‘liqlikda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega asar tanlab olinishi; 
bolalarni asarni idrok etishga tayyorlash uchun qisqa suhbat o ‘tkazish, 
ularga o ‘quv-bilishga doir vazifalar berish; o ‘qishni boshqa uslublar, shu 
jumladan, ko ‘rgazmalilik bilan uyg‘unlashtirish maqsadga muvofiq.
Maktabgacha ta ’lim jarayonida quyidagi 
og'zaki usullardm
foy­
dalanish yaxshi samara beradi: bolalarga savollar bilan murojaat qilish, 
ko‘rsatma berish, izohlash, tushuntirish va boshqalar.

.. 
Mashg‘ulotlardagi bilishga doir va amaliy

Yüklə 7,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin