Sh. Sodiqova



Yüklə 7,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə169/175
tarix21.10.2023
ölçüsü7,72 Mb.
#130634
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   175
Sodiqova SH.Maktabgacha pedagogika

Maktabgacha ta lim
. ,

ota-onalar bilan ishlashnmg eng samarali
muassasasida ota-onalar 
. . . . . .
. . .
,


, , 
, , 
shakllaridan bin ochiq eshiklar kumdir. 
uchun kechalarva to‘ga- . . , ^ . 

... 
. . . . .
, ,
. . . . . 
Maktabgacha ta lim muassasasi ishmms
raklar uyushtirishning 
, , 

.
.
.
.
butun murakkabligi, ко p qirralihgini va
3
Q
31
t l i y
3
t l
t
i
l
I • 
• 1 
i
uning bolalar tarbiyasidagi ahamiyatmi tu-
shunish uchun hamma ota-onalar maktabgacha ta ’lim muassasasida
bo‘lib turishlari kerak.
Ochiq eshiklar kuni jamoaning o ‘z kalendar yillik rejasi bo‘yicha, har
bir yoshdagi guruhning m a’ lum rejimi bo'yicha odatdagi mehnat kunidir.
Bunday kunlarni yiliga 1-2 marta o‘tkazish tavsiya qilinadi.
Ochiq eshiklar kunini o ‘tkazish mo‘ljallanganda avval tayyorgarlik
ishini o‘tkazish zarur, ya’ni ota-onalarga bolalarni jismoniy chiniqtirish,
ovqatlantirish, m ashg‘ulotlarning borshi, sayr qilish va boshqa ko‘pgina
narsalami ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishlari haqida m a’lum qilinadi.
Ota-onalarga esa quyidagilarni eslatiladi: bolalar bilan oddiy munosa-
batda bo‘lish, ularning faoliyatida imkoni boricha ishtirok etish, tarbiyachi
m ashg‘ulot o‘tkazayotganda bolalar diqqatini chetga tortmaslik, o‘zining
farzandiga hatto u diqqat qilmayotgan yoki biror narsani noto'g'ri
273


qilayotgan bo‘lsa ham tanbeh bermaslik, o ‘z taassurotlarini, fikrlarini 
ko‘rik tugagandan so‘ng bolalar ishtirokisiz aytish mumkinligi kabi odob 
qoidalariga rioya qilishni iltimos qilinadi.
Ochiq eshiklar kunini o ‘tkazishga tayyorlanayotganda fotosuratchini 
taklif etish, keyinchalik esa «Ota-onalar bizning mehmonimiz» yoki 
«Bizda ochiq eshiklar kuni» mavzuida fotoko'rgazma tashkil etish 
mumkin. Bu ko‘rgazma maktabgacha ta’lim muassasasiga shu kun tashrif 
buyurmagan ota va onalarda ancha qiziqish uyg‘otadi.
Bolalarni tarbiyalash san’ati haqida m a’ruza va suhbatlar siklini 
tashkil etish mumkin. Masalan, respublikamiz, viloyatlar, tumanlar 
va mahalladagi namunali oilalardan tanlab olib, oilalarda ota-onalar qa- 
rashidagi birlik, o‘zaro munosabatda rostgo'ylik. samimiylik va mehnat- 
sevarlik yuqori axloqiy g‘oyalarni shakllantiradi mazmunidagi suhbat va 
m a’ruzalarni o‘tkazib turish samara beradi.
Ota-onalar bilan maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarining 
birgalikdagi faoliyatini tashkil etish va uning mazmuni maktabgacha 
tarbiya muassasasi ishlayotgan sharoitlarga bog‘liqdir. Birgalikdagi 
faoliyat kerakli darajada amalga oshiriladigan joyda o‘zaro yordam, bir- 
birini tushunish, topshirilgan ishga javobgarlik holati vujudga keladi.
Maktabgacha tarbiya muassasalarida ota-onalar va boshqa oila a’zolari 
uchun o ‘tkaziladigan kechalar mavzuli xarakterga ega bo‘lib. «Musiqa va 
hayot», «Bola hayotida kitob», «Bola va tabiat» kabi mavzulami tanlash 
mumkin. Hamkorlikning bu shaklining o'ziga xosligi shundaki, unda 
qisqacha axborotdan so‘ng yig‘ilganlarga bolalarning, maktabgacha ta’lim 
muassasasi xodimlarining, ota-onalaming badiiy chiqishiarini ko‘rish 
tavsiya qilinadi. Masalan, musiqiy rahbarning chiqishidan so‘ng bolalar 
o ‘zlari o‘rgangan ashula, o‘yinlarni bajarishadi, sahnalar ko‘rsatishadi 
yoki biror ertak sahnalashtiriladi.
Bunday kechalar uchun «Bolani qanday sevish kerak?», «Bolalar 
tarbiyasida otaning roli», «Biz o ‘z bolalarimizni bilamizmi?», «Savol va 
javoblar kechasi» va hokazo mavzularni tanlash mumkin.
Ota-onalarning bolalar yozuvchilari, shoirlari, bastakorlari bilan 
uchrashuvlari foydalidir. Oila bilan ishlashning og‘zaki jurnal. yumaloq 
stol atrofida uchrashuv kabi shakllari yaxshi natija beradi, bunda pedagog, 
shifokor, huquqshunos va hokazolar ishtirok etadilar. Bolalar tarbiyasida 
zarur bo‘lgan amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishda ota-onalarga yordam 
berish maqsadida ular uchun qisqa muddatli to‘garaklar tashkil etilib,
274


undagi mashg‘ulotlarda bolalar kiyimini bichish va tikishni, to‘qisbni, 
turli xil ovqatlar tayyorlashni o ‘rganishadi. Ular bilan bolalar ashulalari 
o‘rganiladi, yasama o‘yinchoqlar tayyorlash san’ati o'rgatiladi va hokazo.
Ota-onalar bilan o‘tkaziladigan savol va javob kechalari, ochiq 
eshiklar kunlari diqqatga sazovordir. Ota-onalarni tanlov xarakteridagi 
tashkiliy-pedagogik ishlarga jalb qilish, masalan, yumshoq o‘yinchoq 
tayyorlash, suv va qum bilan o ‘ynash uchun o‘yinchoqlar yasash, syujetli- 
rolli o'yinlar, maydonchalarni ko‘kalamzorlashtirish uchun jihozlar tay­
yorlash muhim tadbirlardir.
Bunday tanlovlar yillik rejada o ‘z ifodasini topgan bo‘lishi kerak. 
Tanlov shartlarini umumiy ota-onalar majlisida muhokama qilish va 
m a’qullatib olish kerak.
Faol ishtirokchi ota-onalarga tashakkurnoma e’lon qilib, ish joylariga 
m a’lum qilish kerak, bundan ular m a’naviy qoniqish oladilar.
Bunday ishlami o ‘tkazishda katta yoshdagilarni ham yoddan chiqar- 
maslik kerak. Buvi va buvalarning amaliy maslahatlari, ularning boy 
hayotiy tajribalari yosh ota-onalar uchun ham, tarbiyachilar uchun ham 
qimmatlidir.

Yüklə 7,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin