Sh. Sodiqova



Yüklə 7,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/175
tarix21.10.2023
ölçüsü7,72 Mb.
#130634
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   175
Sodiqova SH.Maktabgacha pedagogika

Mashg‘ulot - maktab- 
M ashg‘ulot - maktabgacha ta’limda o ‘qi- 
gacha ta’limda o‘qitish- 
tishning asosiy shakli sanalib, u hamma bola­
ning asosiy shakli 
lar uchun majburiydir: unda dastur mazmuni 
belgilab berilgan, kun tartibida unga m a’lum o'rin va vaqt ajratilgan. 
M ashg‘ulot tarbiyachi rahbarligida o'tkaziladi, tarbiyachi mashg'ulotda 
bolalami yangi bilimlardan xabardor qiladi, bolalar egallab olgan 
bilimlami esa aniqlab, mustahkamlaydi, bolalarning amaliy m ashg‘ulotini 
fashkil etadi.
202


Maktabgacha ta ’ lim yoshi guruhlari bilan bog‘liqlikdam ashg‘ulotlarni 
amalga oshirish maqsadga muvofiq. Kichik yoshdagi bolalar bilan olib 
boriiadigan mashg‘ulotlaming maqsadi bolalarning nutqi va harakatini 
rivojlantirib borishdir. Katta va tayyorlov guruhlaridagi mashg'ulotlar 
orqali bolalarda tashabbuskorlik va mustaqillik, bilimga qiziquvchanlik, 
taqqoslash, umumlashtirish, xulosalar chiqarish kabi malakalar tarkib 
toptirib boriladi. Bolalarda kuzatuvchanlik, m as’ uliyat hissi takomillashib 
boradi, ularda aqliy mehnat qilish malakasi va xohish-istagi tarbiyalanadi.
Maktabgacha ta’lim muassasada mashg'ulotlar bolalarni maktabga 
tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Bu mashg‘ulotlarda bolalar o‘quv 
faoliyati ko'nikmalari hosil qiladilar, ancha intizomli, uyushgan bo‘lib 
boradilar. Ularda barqaror diqqat, diqqatni bir narsaga qarata olish, 
irodaviy zo‘r berilish qobiliyati rivojlanadi. Sistemali o‘qish natijasida 
bilishga qiziqish paydo bo‘ladi.
Bolalarni jamoada о ‘qitish muayyan afzalliklarga ega: birgalikda ishda 
ular bir-birlariga aktiv ta’sir etadilar, tashabbus, fahm-farosat ko‘rsatish 
imkoniga ega bo'ladilar.
Bolalar oldilariga ko‘pchilikdan kuch-g‘ayrat talab qiladigan 
vazifalar qo‘yilganda birgalikdagi kechinmalar paydo bo‘ladi, jamoa 
tuyg'usi vujudga keladi. Ekskursiyalar, rasm chizish, loy va plastilindan 
buvumlar vasash, qurish-yasashga oid ishlami birgalikda bajarish, umu­
miy o ‘yinlarda va musiqa m ashg‘ulotlardagi raqslarda, harakatlarni rivoj- 
lantirish m ashg‘ulotlarida birlashish, badiiy adabiyotni o‘qish tufayli 
yuzaga kelgan birgalikdagi kechinmalar - bularning hammasi inoq 
bolalar kollektivini vujudga keltirishda yordam beradi hamda jamoada 
yashash va ishlash ko'nikmasi hosil qiladi.
M ashg‘ulotlarda ta’lim berish bolalardan aqliy va jismoniy zo'r be- 
rishni talab etadi, ya’ni u bolaning faol harakatlanishi bilan bog‘liq bo‘- 
lib, bola m a’lum natijaga erishish uchun intiladi, bu esa boladan uzoq 
davomli ixtiyoriy diqqatni talab etadi. Shuning uchun m ashg‘ulotga 
tayyorlanishda bolaning yoshi, imkoniyatini e ’tiborga olish zarur. 
Shuningdek, m ashg‘ulotning vaqti, kun tartibidagi o‘rni, dastuming har 
bir boiim larm i to’g'ci almashtirib turishni oldindan o‘ylab, aniq belgilab 
olish zarur. Har bir yosh guruhida necha marta m ashg‘ulot o‘tkazilishi, 
uning mazmuni va har bir m ashg‘ulot yosh guruhlari bo‘yicha necha daqi- 
qa davom etishi “Bolajon” tayach dasturida ularning yosh xususiyatlarini 
hisobga olgan holda belgilab berilgan.
203


M ashg‘ulotlardagi о ‘qitish jarayonida bolalarda maktabga va o ‘qishga 
qiziqish tarbiyalanadi, to ‘g‘ri xulq-atvor ko'nikmalari, ma'suliyat hissi, 
ishchanlik, o‘zini tuta bilish, ishda zo‘r berish odati hosil qilinadi.
Bolalarga kerakli bilim va malakalarni mashg‘ulot jarayonida, yangi 
pedagogik texnologiya materiallaridan va tarbiyaning samarali usullari- 
dan foydalanib berilsa, bolaning yosh, ruhiy fiziologik xususiyatlari ino­
batga olinsa, tarbiya berishning samaradorligi oshadi.
Bolalar mashg‘ulotlaming turli xil ko‘rinishlarini egallashlari orqali. 
yoshlari o‘sib borish davomida, maktabga bo‘lgan qiziqishlari ham o‘sib 
rivojlanib boradi va ular maktabni ham hech qiynalmay o ‘qib, davom et- 
tirib boradilar.
, , , 

, . 
Didaktik-maqsadiga ko‘ra mashg‘ulotlar 

Yüklə 7,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin