Sh. Sodiqova



Yüklə 7,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/175
tarix21.10.2023
ölçüsü7,72 Mb.
#130634
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   175
Sodiqova SH.Maktabgacha pedagogika

Mashg‘ulotnmg turlari 
. ,

, ir

®. 
quyidagi turlarga bo lmadi: yangi bilim va
va tuzi is l 
ko'nikmalarni hosil qiluvchi mashg‘ulotlardir
M ashg'ulotning samaradorligi uning puxta tayyorlanganligi va sa­
marali tashkil etilganligi bilan bog'liq. Yaxshi rejalashtirilmagan, yetar- 
licha o‘ylab chiqilmagan, shoshilinch tuzilgan va bolalar imkoniyatlariga 
moslashtirilmagan mashg‘ulot sifatli bo‘la olmaydi. M ashg‘ulotga 
tayyorgarlik aniq sharoitlarda eng yuqori yakuniy natijaga erishishni 
ta’minlovchi o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etilishini ta’minlash, 
kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqishdir.
Tarbiyachining m ashg‘ulotga tayyorgarligi quyidagi uch bosqichda 
amalga oshiriladi: tashxislash, bashoratlash, loyihalashtirish (rejalashti­
rish). Shu bilan birga tarbiyachi amaliy materiallarni yaxshi bilishi, mash- 
g‘ulotni erkin olib borishga erishishi lozim. M ashg‘ulotga tayyorgarlik 
asosini bo'lajak mashg‘ulotning algoritmlari, samaradorligi bog' liq 
bo‘lgan omillar va holatlarni hisobga olishni ta’minlovchi qadamlarni 
ketma-ket tartib bilan bajarish tashkil etadi.
Algoritmni amalga oshirish aniq sharoitlarni 
tashxis qilish
bilan bosh- 
lanadi. Tashxis didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydin- 
lashtirish, uning natijalarini belgilashdir. Unda bolalarning imkoniyat- 
lari, ulaming faoliyatlari va xulqlari, motivlari, talab va layoqatlari, qizi­
qish va qobiliyatlari, bilimdonlik darajasi, o'quv materialming xususi- 
yati, uning amaliy ahamiyati, mashg‘ulotning tuzilishi, yangi axborotni 
o'zlashtirish, mustahkamlash va tizimlashtirish, bilim, ko‘nikma va ma-
* lakalarini nazorat qilish hamda tuzatish kabi holatlar namoyon bo'ladi.
206


Bashoratlash
b oiajak mashg‘ulotni tashkil etilishining turli variant- 
larini baholash va ulardan qabul qilingan mezonlarga muvofiq eng m a’qu- 
lini tanlab olish.
Loyihalashtirish (rejalashtirish)
bolalarning o' quv faoliyatini boshqarish 
dasturini yaratish bo ‘ lib, u mashg‘ulotga tayy orlanishning yakuniy bosqichi 
hisoblanadi. Shuning uchun pedagog mashg'ulotning texnologik modeli va 
kartasini ishlab chiqishi lozim. Mashg‘ulot loyihasi qisqa va aniq, erkin tu- 
zilgan, pedagog o‘zi uchun boshqarish jarayoni muhim vaziyatlari (kimdan 
va qachon so‘rash, qayerda mavzuni kiritish, mashg'ulot keyingi bos- 
qichiga qanday o‘tish, oldindan ko'zda tutilmagan qiyinchiliklar yuzaga 
kelganida jarayonni qaysi sxema bo‘yicha qayta o‘zgar-tirish)ni belgilab 
olishga imkon beruvchi hujjatdir. Mashg'ulot loyihasi an’anaviy rejadan 
boshqarishga doir ta’sir ko'rsatishlarning aniq va tushunarli belgilab 
olinishi, kutiladigan natijalarning oldindan aniqlanganligi bilan farq qiladi.

... 

Ekskursiya
- bolalarga ta’lim berishning

Yüklə 7,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin