Sh. Sodiqova



Yüklə 7,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/175
tarix21.10.2023
ölçüsü7,72 Mb.
#130634
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   175
Sodiqova SH.Maktabgacha pedagogika

Ta’limning amaliy 
Ta'limning amaliy uslubi tarbiyachiga bola- 
uslublari 
laming turli-tuman amaliy faoliyatlarini tashkil
etish, yangi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallab olishiga yordam 
beradi. Ta’limning amaliy uslublari orqali bolalar narsa-buyumlarning 
o'ziga tanish bo'lmagan xususiyatlarini bilib oladilar. Amaliy uslublar ona 
tili vachettili, rasm chizish, raqsga tushish, konstruksiyalash, qoT mehnati, 
matematikani o‘rgatishda keng foydalaniladi. Masalan, bolada elemental" 
matematik tasavvurlar narsa-buyumlar guruhi bilan amaliy faoliyatni 
tashkil etish asosida shakllanadi. Asosiy amaliy uslublarga mashq, tajriba, 
modellashtirish kiradi.
Mashq -
bolaning belgilangan mazmundagi aqliy yoki amaliy 
harakatlami ko'p marta takrorlashidir. Mashqni bajarish tufayli bolalar 
turli aqliy faoliyat usullarini egallaydi, ularda xilma-xil o ‘quv va amaliy 
ko‘nikmalar shakllanadi.
Maktabgacha ta’lim mazmunining katta qismini bola bevosita mashq 
yordamida o'zlashtiradi. Kuylash, raqs tushish, asosiy va sportga doir 
harakatlarni bajarish, to‘g‘ri va ravon gapirish, rasm chizish uchun bola 
mazkur ko'nikmalarga muvofiq keluvchi harakat usullarini egallashi zarur.
218


Ko‘pgina mashqlar predmetli tavsifga ega bo‘ladi, y a’ni ulami bajarish 
narsa-buyumlar, o‘yinchoqlar, didaktik materiallardan foydalanishni talab 
etadi.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni o‘qitishda xilma-xil turdagi 
mashqlardan foydalaniladi. M a’lum bir holatda bolalar pedagogga taqlid 
qilgan holda mashqni 
(taqlidga doir mashqlar
) bajarishadi. Bunday 
mashqlarga artikulyatsion apparatni rivoj-lantirish, madaniy-gigienik ko‘- 
nikmalami mustahkamlovchi mashqlami kiritish mumkin. 
Konstruktiv
mashqlar
orqali bola avval o‘zlashtirgan harakat usullarini yangi maz- 
munga ko‘chirib o‘tkazadi. Masalan, bolalar dastlab doira chizishni mashq 
qilishadi, so‘ngra ularga havo sharini chizish taklif etiladi. Bola aw al 
egallagan bilim va ko'nikmalarini birlashtirishini talab etuvchi ijodiy 
mashqlarni bajaradi. Katta guruhlarda bolalar topishmoq. ertak va hikoyalar 
tuzishni, tabiiy materiallardan o‘yinchoqlar yasashni mashq qilishadi.
Mashq uslubini qo'llashda quyidagi didaktik talablarga rioya qilinadi:
1) bolalarga ular bajarishi lozim bo‘lgan ishga doir o ‘quv vazifasi berish 
(gap tuzishni, vazifalarni hal etishni, ko‘chat o‘tqazishni o‘rganamiz);
2) og‘zaki tushuntirish bilan birga harakatlami bajarish usullarini 
ko‘rsatish;
3) bilim va ko‘nikmalami o ‘zlashtirish uchun ko‘p marotaba mashq 
qilish, biroq yangi ish usullarini kiritish bilan ketma-ketlikda vazifalarni 
murakkablashtirib borish talab etiladi;
4) bolalarning mashqlarni bajarishi pedagog tomonidan nazorat qilishni 
talab etadi.
Tajriba
maktabgacha ta’limda bolaga m a’lum bir narsa haqida yangi 
bilimlarni egallashga yordam berishga yo‘naltirilgan amaliy uslubdir. 
Tajriba jarayonida bola uning xususiyatlari, aloqadorliklarini anglash 
maqsadida obyektga ta ’sir ko‘rsatadi.
Ko‘pgina narsa-buyumlar, moddalar (suv, qum, tuproq va boshqalar) 
bevosita sezgi a’zolari yordamida idrok qilinadigan (rangi, o‘lchami, 
shakli, hidi) va idrok qilinmaydigan (mo‘rtlik, suvda boshqa holatga o‘tish) 
belgilariga ega. Yashirin belgilami aniqlash elementar tajribalar yordamida 
amalga oshiriladi. Uni tashkil etishda pedagog bolalar bilan birgalikda 
maxsus sharoitni hosil qiladi. Bunday tajribalarga suvni bug‘ga, qomi 
suvga aylantirish; qum va loy bilan tajribalar o‘tkazishni kiritish mumkin.
Tajribalar bolalarga atrof-muhitda sodir boTadigan hodisalarni chuqur- 
roq anglash, ular orasida aloqadorliklarni aniqlashga yordam beradi. Tajri-
219


balar o‘tkazish orqali boladakuzatuvchanlik, qiyoslash, taqqoslash, taxmin 
qilish, xulosalar chiqara olish qobiliyati rivojlanadi.
Modellashtirish
- ta’limning ko‘rgazmali-amaliy uslubi. Modellash- 
tirish uslubi asosida o ‘rin almashish tamoyili yotadi: bola real narsa- 
buyumning o'm ini o ‘sha predmetning tasviri, qandaydir shartli belgi 
bilan almashtiradi.
Model - olamdagi muayyan hodisani abstrakt tasvirlashdan iborat 
bo‘lib, ushbu hodisaning ro‘y berishini nisbatan ilgariroq aytib berish 
imkonini beradi. Masalan, xonaning deraza va eshiklari yopiladi va 
bir necha daqiqadan so‘ng tashqarida bir muddat bo‘lgandan keyin 
xonaga qaytib kiriladi va xona havosi bilan tashqaridagi havoning farqi 
aniqlanadi, xonaning havosi deraza va eshiklar, fortochkalar yopib 
qo‘yilganligi uchun buzilgan degan xulosaga kelinadi. Yoki katta idishga 
ulanganjo‘mrakdantomchilab suv oqizib qo‘yiladi. M a’lum vaqt o‘tgach, 
idishdagi toza suv tugaydi. Bundan jo'm rakdan tomchi tomib tursa, toza 
suv isrofgarchiligiga olib keladi, degan fikr kelib chiqadi.

Yüklə 7,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin