Sh. Sodiqova


Istiqbolli rejalashtirish



Yüklə 7,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə151/175
tarix21.10.2023
ölçüsü7,72 Mb.
#130634
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   175
Sodiqova SH.Maktabgacha pedagogika

Istiqbolli rejalashtirish: 
Maktabgacha ta’lim muassasa ishining 
istiqbolli rejasi bolalarning maktabgacha ta’lim muassasasini uzoq mud- 
datda xalq xo ‘ j aligini rivoj lantirishning rej alariga muvofiq rivoj lantirishning 
eng asosiy yo‘nalishlarini aniqlash maqsadida besh yilga tuziladi. Unga 
davlat va idoralarning maktabgacha ta’lim muassasa ishining yangi sifat 
darajasini ta’minlovchi xalq ta’limi va maktabgacha ta’lim muassasasi 
tarkibida tarbiyalash masalalari haqidagi ko'rsatmalar kiritilishi lozim.
Istiqbolli rejalashtirishning taxminiy tuzilishi
I. Maktabgacha ta’lim muassasaning muhim vazifalari va uni 
rivoj lantirishning tashkiliy-pedagogik muammolari.
II. Kadrlar bilan ishlash.
III. Ta’lim - tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish, unga rahbarlik va uni 
nazorat qilish muammolari.
IV. MTMning oila, maktab, jamoatchilik bilan hamkorlikdagi ishi.
V. Maktabgacha ta’lim muassasaning o'quv-moddiy bazasini mustah- 
kamlash.
Bu bo'limlarning taxminiy mazmunini yoritib o‘tamiz,
I. M aktabg‘acha muassasaning muhim vazifalari va uni rivojlantirish- 
ning tashkiliy-pedagogik muammolari:
- maktabgacha yoshdagi bolalarning MTM va oiladagi mehnat 
tarbiyasining yo‘lga qo‘yilishini yaxshilash, ularda mehnatsevarlik va 
mehnat ahllariga hurmatni tarbiyalash;
- jamoaning bolalarni tarbiyalashda oilaga yordamini kuchaytirish va 
bolalar tarbiyasi uchun uning m a’suliyatini oshirish bo'yicha ishi, oila va 
MTM kelishilgan holdagi harakatlarini ta’minlash. pedagogik umumiy 
ta’lim tiziminini ishlab chiqish;
- tarbiyachilarning doimiy mustaqil o‘qishlari va kasb mahoratlarini 
o ‘stirish uchun zaruriy sharoitlarni yaratish va ularning siyosiy ong - bi- 
lim doiralarini kengaytirish.
II. Kadrlar bilan ishlash:
- i l g ‘ortajribam aktablari, seminar, to'garak, konferentsiyalarishlarida 
qatnashtirish, malaka oshirish kurslarida o’qitish orqali tarbiyachilarning 
dunyoqarashlarini rivoj lantirish hamda kasb mahoratiii takomillashtirish;
250


- tarbiyachilarning mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash, 
ularning ishlarini m a’naviy va moddiy rag‘batlantirishni takomillashtirish 
bo‘yicha tadbirlar;
- ilg‘or pedagogik tajribani o ‘rganish, umumlashtirish va joriy etishga 
doir ish.
III. Ta’lim-tarbiyaviy ishlami takomillashtirish, unga rahbarlik va 
uni nazorat qilish muammolari:
- maktabgacha yoshdaga bolalarni o ‘qitish va tarbiyalashda MTM va 
maktab ishi mazmuni, shald va uslublaridagi izchillikni ta’minlash;
- maktabgacha ta ’lim muassasasining ta ’lim-tarbiyaviy ishiga mak­
tabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy, axloqiy, mehnat, aqliy, estetik 
tarbiyalash birligini ta’minlovchi kompleks yondashuvni amalga oshi- 
rishga doir ish;
- maktabgacha yoshdagi bolalarni o'qitish va tarbiyalash shakl, uslub 
va vositalarini takomillashtirishga doir ish;
- mashg'ulotlarda o ‘quv materialini tushuntirishning yuksak g ‘oya- 
viyligi: va ilmiyligi, tushunarliligi va ko‘rgazmaliligi, aniqligi, ravshanligi 
va jonliligini ta ’minlashga doir ish;
- maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalash ishini takomil­
lashtirish;
- maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy-estetik jihatdan tarbiyalashni 
yaxshilash: ularda go‘zallikni his qilishni, tabiat vajam iyatdagi go‘zallik- 
ni tushunish va qadrlash ko‘nikmasini, estetik did va badiiy ijod moho- 
ratdarini tarbiyalash.
IV. Maktabgacha ta’lim muassasasining.oila, maktab, jamoatchilik bi­
lan hamkorlikdagi ishi;
- pedagogik umumiy ta ’limni ta’minlashga doir (ota-onalar maktab- 
lari, lektoriylar, konferentsiyalar, to ‘garaklar va shu kabilar);
- maktablar, jamoatchilik tashkilotlarining maktabgacha ta’lim muas­
sasalari ustidan otalig'i;
V. Maktabgacha ta’lim muassasaning o‘quv-moddiy bazasini mus- 
tahkamlash: (jihozlar) o‘yin, o ‘quv, sport, xo‘jalik) ni olish va remont 
qilish; o ‘yin, mehnat, o ‘quv faoliyati uchun qo‘llanma, atributlarni 
tayyorlash;
- uslubika kabinetini ijtimoiy-siyosiy, uslubik, badiiy adabiyot bilan 
toTdirish;
251


-
maktabgacha ta’lim muassasasi binosini va hududini obodonlash- 
tirish, ko‘kalamzorlashtirish.

Yüklə 7,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin