Sh. Sodiqova



Yüklə 7,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/175
tarix21.10.2023
ölçüsü7,72 Mb.
#130634
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   175
Sodiqova SH.Maktabgacha pedagogika

Tarbiya tam oyillari 
ning y o ‘nalishiga, m azm uniga, uslublari
va tashkil etilishiga, tarbiya jarayonining ishtirokchilari orasidagi munosa- 
batlarga qo‘yiladigan asosiy talablar ifodalanadigan dastlabki qoidalardir.
Tarbiya jarayoni quyidagi tam oyillar asosida boshqariladi:
M aqsadga qaratilganligi va g'oya viy yo'nalganligi.
Tarbiya jarayo­
nida m aqsadning aniq belgilanishi kutiladigan natijaga erishishni ka- 
folatlaydi. Shuningdek, tarbiya jarayoni jam iyatni rivojlantirishning 
asosiy y o ‘nalishlari, milliy g ‘oya va m afkura asosiga qurilishi lozim. 
R espublikam izda tarbiya jarayonining asosiy m aqsadi sifatida yuksak 
m a’naviyatli shaxsni shakllantirish belgilab olingan. Yuksak m a’naviyat- 
li inson bilimli, m a’lum kasb-hunar sohibi, o ‘z Vatanining sodiq fuqaro- 
sidir. O 'z davlati qonunlarini biladigan va ularga amal qiladigan, yurti 
bilan g ’ururlana oladigan inson. 0 ‘z Vatani boyliklarini saqlaydigan, uni 
yanada boyitadigan, g o ‘zalliklaridan bahram and boTadigan shaxs. U har 
qanday zararli illatlarga qarshi kurashadigan, milliy va um um insoniy 
qadriyatlarni avaylab asraydigan insondir.
54


Tarbiyaning insonparvarlashuvi.
“Insonparvarlik” tushunchasi mo- 
hiyatini, uning turlari va ilmiy pedagogika bilan munosabatlarini qanday 
talqin qilish kerak? “Falsafa: qomusiy lug‘at”da insonparvarlik “Odam- 
larga m ehr-muhabbat bilan qarash, ularni hurm at qilish, insonning moddiy 
farovonligini yuksaltirish va kishilarda yuksak m a'naviy fazilatlami rivoj- 
lantirishga g ‘am xoirlik qilish g ‘oyalari bilan sug‘orilgan dunyoqarash” 13 
sifatida qaraladi. “Pedagogik ensiklopedik lug‘at”da esa, insonparvarlik 
shaxs sifatida inson, uning erkin rivojlanishi va o ‘z qobiliyatlarini nam o­
yon eta olishini qadriyat sifatida qabul qilish ekanligi uqtiriladi14.
Keng m a’noda insonparvarlik - insonni shaxs sifatida qadriyat deb 
belgilaydigan, uning erkinlik, baxtga b o ig a n huquqi, o ‘zining qobiliyat­
larini namoyon etishi va rivojlantirishi, ijtimoiy institutlarning baholash 
mezonlarida inson ravnaqini hisobga oladigan qarashlam ing tarixiy 
o ‘zgaruvchan tizimi, insoniylik - odamlar orasida kutiladigan m e’yoriy 
munosabat. Insonparvarlik asosida yana insonning cheksiz imkoniyatlari 
va uning komillikka doir intilishlari, o ‘z qobiliyatlari, qarasb-larini erkin 
namoyon etishga doir shaxs huquqini e ’tirof etib turadigan, inson ravnaqini 
ijtimoiy m unosabatlar darajasini baholash mezoni sifatida tasdiqlaydigan 
dunyoqarash tamoyili tarzida ham qaraladi. Hozirgi vaqtda mazkur tamoyil 
pedagogikaning asosiy tamoyillaridan biri sifatida shakllantirildi.
Tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish eng um um iy m a'noda, tarbi­
ya jarayoni ishtirokchilarining m unosabatlarini avtoritar pedagogik 
m uloqot uslubidan dem okratik m uloqot uslubiga alm ashtirish asosiga 
tashkil etilishi bilan tavsiflanadi. Bunda asosiysi - tarbiyalanuvchi 
shaxsiga hurm at va ta ’lim m azm unida ijtim oiy tajriba tarzida olingan 
insoniyat m adaniyati bilan tanishtirish y o'Iida uning m a’naviy imkoniy- 
atini hisobga olish. Tarbiya jarayonining m ohiyati ijtimoiy tajribani 
m aqsadga y o ‘naltirilgan tarzda shaxsiy tajribaga alm ashtirish yoki 
shaxsiy va ijtimoiy tajribaning q o ‘shilishida nam oyon b o ‘ladi. Tarbiyani 
insonparvarlashtirish uning yetakchi tendensiyasi sifatida tarbiyani 
insongaqaratish, uning individualligining nam oyon b o ‘lishivarivojlanishi 
uchun sharoit yaratishni ifodalaydi. U insonni yuqori ehtiyoj lari: o ‘z- 
o ‘zini nam oyon etish, o ‘z-o ‘zini realizatsiyalash, m a ’naviy, ijtim oiy va 
kasbiy shakllanishida m aksim al darajada qoniqishga yo'naltirilgan o ‘z
13. Falsafa: qom usiy iug‘at (T uzuvchi v a m as’u l m uharrir Q .N azarov). - Т.: «Sharq»,
2 0 0 4 .- B . 166.
14. P edagogika. B o lsh ay a sovrem ennaya entsiklopediya. - M insk: «sovrem ennoe slovo»,
2 0 0 5 .- S . 58.
55


noyobligini y o ‘qotish, hayot, tabiat dunyosi va m adaniyatdan begona- 
lashib ketish xavfidan him oyalanishga chaqiradi.
Tarbiyaning hayot va m ehnat bilan bog'liqligi.
M aktabgacha ta’lim 
m uassasasi bola uchun boshlang‘ich va asosiy tarbiya m askani hisoblanib, 
aynan tarbiyaning hayot v a m ehnat bilan bog'liqligi tarbiya tizim ida katta 
o ‘rin tutadi. U tarbiyachidan ikkita asosiy y o ‘nalishda faoliyatni am alga 
oshirishni talab etadi: 1) tarbiyalanuvchilam i kishilarning m ehnat faoli­
yati bilan keng tanishtirish; 2) tarbiyalanuvchilam i real hayotiy m unosa- 
batlarga, ijtim oiy foydali faoliyatning xilma-xil turlariga jalb etish.
Tarbiyaning m ehnat bilan bogTiqligini oqilona am alga oshirish 
tarbiyachidan tarbiyalanuvchilarning quyidagi k o 'n ik m a va m alakalarga 
ega boTishlariga erishishni talab etadi:
1) tarbiyalanuvchilarning m ehnatning jam iyat v a uning har bir a ’zosi 
uchun aham iyatini tushunib yetishlari;
2) m oddiy va m a’naviy boyliklarni yaratuvchilar m ehnatini hurm at 
qilish;
3) tarbiyalanuvchilarning o ‘z ustida ishlashlari, m untazam ravishda 
m ehnat qilishga odatlanish;
4) tarbiyalanuvchilarning kasb-hunarga oid tushunchalarni o ‘zlashtirib 
borishlari va ular haqida m aTum otga ega boTishlari;
5) moddiy va m a’naviy boyliklarga m as’uliyatli m unosabatda boTish.
Tarbiyaning hayot va m ehnat bilan bog'liqligi tam oyili m azkur tam o­
yilning alohida tom onlarini ochib beruvchi quyidagi qoidalar asosida ish 
yuritishni talab etadi:
1. Tarbiyalanuvchilarning ijtim oiy va m ehnat tarbiyasida m avhum lik 
va yuzakilikdan voz kechib, ularni aniq va m ahsuldor faoliyatga jalb etish. 
M ashg‘ulotlar jarayonida izchillik va ketm a-ketlikka rioya etish zarur.
2. Tarbiyachi oila bilan o ‘z faoliyatini m uvofiqlashtirgan holda. har bir 
tarbiyalanuvchiga ulam ing jam iyatga qo'shadigan m unosib hissasi uyda 
va m aktabgacha ta ’lim m uassasasida kattalarga yordam berish ekanligini 
tushuntirish.
3. B olalar odatda doimiy ravishda faoliyatning biror turi bilan shug‘ ul- 
lanishga intiladi, ularning tabiati uchun sustlik, bekor o'tirish kabilar xos 
emas. A gar tarbiyachi m azkur jihatni hisobga olm asa, bolalarning ijtimo- 
iylashuviga o ‘zining salbiy ta ’sirini k o ‘rsatadi.
4. M azkur tam oyilni am alga oshirish tarbiyaviy ishlar jarayonida o ‘l- 
kashuposlik m ateriallaridan keng foydalanishni talab etadi.
56


5. Tarbiyalanuvchilar bilan birgalikda hayotiy m asalalarni m uhokam a 
qilish. ularni o 'z xulosalarini aytishga o ‘rgatish ularda insonparvarlik va fu- 
qarolik hissini uyg‘otishga xizmat qiladi.
6. Tarbiyaning hayot bilan bogTiqligi tam oyilini m uvaffaqiyatli am al­
ga oshirish uchun m am lakatning ijtim oiy-iqtisodiy sohadagi islohotlari 
bilan bog‘liqlikda tarbiya m azm uni va uslubikasini qayta k o ‘rib chiqish 
va yangilab borish lozim.
7. Tarbiyaviy jarayon shunday tashkil etilishi lozimki, tarbiyalanuv­
chilar to :la qoniqish hosil qilishlari uchun ularning m ehnati kishilar va 
jam iyatga zarur ekanligini his eta olishlari zarur.

Yüklə 7,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin