Shahrisabz pedagogika instituti pedagogika fakulteti



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə16/57
tarix25.11.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#134299
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   57
ZPTMAJMUA 3-kurs kunduzgi

TRENING “MULOQOT”.
TRENING HAQIDA TUSHUNCHA.
Ushbu trening o‘quvchilarтш dars jarayonida mustaqil fikrlashga, o‘z fikrlarini erkin holda bayon eta olishga hamda ularda bahslashish madaniyatini tarbiyalashga qaratilgan bo‘lib, odatda bunday mashg‘ulot tinglovchilarni kichik guruhlarga bo‘lgan holda o‘tkaziladi.
MAQSAD.
Tanlangan mavzu, muammo asosida o‘quvchilarlarning fikrlarini hamda ushbu mavzuga bo‘lgan munosabatlarini aniqlash, mustaqil holda umumiy bir fikrga kelishlariga va to‘g‘ri xulosa chiqarishlariga yordam berish, erkin bahslashishlariga sharoit yaratish.
O‘TKAZILISH TARTIBI.
Mashg‘ulotni boshlashdan avval o‘quvchilarni muloqot, bahs-munozarani o‘tkazishga qo‘yilgan talablar, qoidalar bilan tanishtiriladi, so‘ngra ushbu trening bosqichma-bosqich o‘tkazilishni tushuntiriladi.
1 –BOSQICH.
O‘qituvchi mashg‘ulotni muloqotning mavzusini aniqlashdan boshlaydi, masalan, “Siz xalq og‘zaki ijodidan ertaknimi eoki hikoyatlarni yaxshi deb o‘ylaeciz”. Shu mavzuni o‘rtaga tashlab o‘quvchilardan ertak va hikoyatlar tarafdorlarini aniqlab oladi. Ularni shu tartibda guruhlarga bo‘ladi.
2 –BOSQICH.
Har bir guruhdagi tinglovchilar o‘z mavzulari asosida kerakli materiallar: dalillar, misollar, aniq fikrlar, o‘z fikrlarini tasdiqlovchi ko‘rgazmali materiallar, imkoni bo‘lsa videofilm, maqollar, mutaffakkir va olimlarning so‘zlari va boshqalarni tayyorlaydilar. Guruhdan bir kishini himoya uchun tanlaydilar, qolganlar esa o‘z fikrlarini qo‘shimcha qilishlari mumkin. O‘qituvchi guruhlarni tayyorgarlik ko‘rishlari uchun sharoit va imkoniyatga qarab vaqt beradi.
3 –BOSQICH.
Guruhlar himoyaga tayyor bo‘lgach, o‘qituvchi guruhlarning biriga himoya uchun so‘z beradi (himoyaga chiqish ixtiyoriy ravishda bo‘lishi mumkin). Guruh vakili guruh nomidan so‘zga chiqib ularga berilgan mavzuni tayyorlangan materiallar, dalillar asosida himoya qilishga kirishadi. Guruh vakili so‘zini tugatgach, guruhning qolgan a‘zolari o‘z fikrlari bilan qo‘shimcha fikrlar birdirishlari mumkin.
4 –BOSQICH.
Mashg‘ulotning 3 – bosqichdagi kabi bu bosqichda ham trener navbatdagi guruh vakiliga himoya uchun so‘z beradi. Ikkinchi guruh ham birinchi guruh kabi o‘z mavzusi bo‘yicha himoya qiladi. Himoya tugagach, trener mashg‘ulotning keyingi bosqichiga o‘tadi. Har ikkala guruhning himoyasi vaqtida trener iloji boricha ularga xalaqit bermaslikka, o‘z fikr va mulohazasini birdirmaslikka, savol bermaslikka harakat qiladi, hech qaysi guruhga yon bosmagan holda muloqotni boshqaradi, guruhlar himoyasi vaqtida tartib saqlanishiga va muloqotni o‘tkazishga qo‘yilgan talab, qoidalarni to‘liq bajarilishiga erishishga harakat qiladi. Bu bosqichda, asosan, ikki guruh erkin, mustaqil faoliyat ko‘rsatishlari kerak bo‘ladi.
5 –BOSQICH.
Guruhlar bir-birlariga savol berishni boshlaydilar. Guruhlar tomonidan beriladigan savollar ular himoyasi vaqtida aytilgan dalillar, misollar, fikrlarni yanada oydinlashtirish maqsadida, shuningdek, o‘z guruhlarining fikrlarini yanada ta‘kidlab, isbotlab, qolganlarni ham shu fikrga qo‘shilishlariga da‘vat qilish uchun berilishi mumkin. Tinglovchilar erkin holda o‘zlarining chiqishlari bilan barchaga ta‘sir ko‘rsatishga, o‘z fikrlarini ma‘qullashga harakat qiladilar. Trener bunday holatga sharoit, imkoniyat yaratadi, ya‘ni u bahs-munozarani samimiylik bilan boshqaradi.
6 –BOSQICH.
Trener har ikki tomonning bir-birlariga savollari, aytadigan fikrlarini umumlashtiradi va o‘zining bu masala haqidagi fikr va mulohazasini bayon etadi va guruh tinglovchilari tomonidan tushgan savollarga kerakli javobni berishga harakat qiladi.
Mashg‘ulot oxirida trener har ikkala guruhning mashg‘ulot jarayonidagi faoliyatlarini tahlil etib, ularga minnatdorchilik bildiradi va mashg‘ulotni yakunlaydi.
Ushbu treningning davomiyligi sharoitga qarab belgilanadi.
BLITS – O‘YIN ” TEXNOLOGIYASI.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin