Shahrisabz pedagogika instituti pedagogika fakulteti



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə23/57
tarix25.11.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#134299
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   57
ZPTMAJMUA 3-kurs kunduzgi

MUNOZARA
Munozara – bu ikki yoki bundan ko‘proq kishilarning keskin chegaralangan qoidalar doirasida og‘zaki ravishda o‘zaro olib boradigan bahsi, munozarasi, masala talashuvidir. Uning asosida kamdan-kam hollarda yashirin mo‘ljal pinhon yotadi, bu o‘rinda faqat nazariy qiziqish va oqillik bilan keltirilgan dalil yordamida opponentdan ustun kelish ishtiyoqi bo‘ladi. Munozara nazariya yoki g‘oyalarni targ‘ib qilish maqsadida emas, balki mamnun bo‘lish va qatnashchilarga bilim berish maqsadida olib boriladi. Munozara mavzui hamisha taklif ko‘rinishida maydonga qo‘yilishi kerak, gap namalar to‘g‘risida ketayotgani juda ham aniq-ravshan bo‘lishi uchun esa jumlalarni sinchiklab tuzib olish lozim. Munozarada, hech bo‘lmaganda, ikki nafar so‘zlovchi va rais qatnashadi. Qatnashchilarning biri taklifni qo‘llab quvvatlab chiqsa (munozarani ochuvchi kishi), ikkinchisi – bu taklifga qarshi bo‘lib chiqadi – opponent bo‘ladi. Munozaralarda boshqalar ham biror tomon tarafdori bo‘lib so‘zga chiqishi mumkin.
Munozara ochuvchi kishi va opponent, shuningdek qo‘shimcha ravishda so‘zga chiqadiganlar o‘z so‘zlarini oldindan tayyorlab olishlari kerak. Har bir kishi muayyan vaqt davomida, odatda, 15 daqiqa so‘zlaydi, har qaysi tomondan qo‘shimcha ravishda so‘zga chiquvchilar ko‘p deganda 2 kishi bo‘lishi va ularning so‘zlash vaqti 5 daqiqadan ortmasligi kerak. Munozara ochilishidan oldingi yarim soat davomida guruhning har bir a‘zosi uning mavzui yuzasidan fikr bildirishi – unga qo‘shilishi yoki qarshi chiqishi mumkin. Bunga 3 daqiqa beriladi, ikki marta so‘zga chiqish ruxsat etilmaydi. So‘zga chiquvchilarning hammasi raisga murojaat qilishadi, uning qarori uzil-kesil bo‘lib hisoblanadi.
So‘zga chiqish tartibi quyidagicha:
- munozarani ochuvchi;
-opponent;
- munozarani ochuvchining yordamchilari, agar ular bo‘lsa;
-opponent yordamchilari;
-sinfdagilarning so‘zga chiqishi;
- munozarani ochuvchi.
Raisning asosiy vazifasi munozara tartibiga qattiq amal qilinishi va so‘zlovchilarning munozara mavzuidan chetga ketmasligini kuzatib borishdan iborat.
AKVARIUM” METODI
Guruhdan ixtiyoriy ravishda 3 kishi tanlab olinadi. Bular sinfning o‘rtasidan joy oladilar – go‘yoki “baliq”, qolaganlar esa, kuzatuvchi bo‘lishadi. Shu kichik guruhga bir vaziyat taklif etiladi, ular buni 10– 15 daqiqa davomida birgalikda muhokama qilishlari, kuzatuvchilar esa, davradagi o‘rtoqlarining to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri javoblarini yozib borishlari kerak. Avval “baliqlar” g‘oyasi taklif etiladi, uni kuzatuvchilar muhokama qilishadi, keyin kuzatuvchilar o‘z g‘oyalarini taklif etishadi, shu g‘oyalardan eng yaxshisining muallifi o‘z g‘oyasini taklif etmagan o‘quvchi o‘rniga kichik guruhga o‘tadi.
Bu metodni xuddi “Nima, qaerda va qachon?” nomli o‘yini singari o‘tkazish mumkin, o‘qituvchi oldindan tayyorlab qo‘yilgan savollarni beradi, o‘quvchilar bularni 1 daqiqa davomida muhokama qilib, javob berishadi. Javoblar qanoatlanarli bo‘lmasa, stolga boshqa uch nafar o‘quvchi borib o‘tiradi va o‘yin davom etadi.
“Akvarium” metodining afzalliklari:
- mavzu birgalikda muhokama qilinadi;
- metod mavzuni qismlarga ajratishga, o‘quvchilar bilimlarini tekshirishga imkon beradi;
-munozara olib borish malakasi rivojlanadi;
-mashg‘ulot o‘yin ko‘rinishida o‘tadi;
-har bir o‘quvchi ishtirok etadi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin