Shahrisabz pedagogika instituti pedagogika fakulteti



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə4/57
tarix25.11.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#134299
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
ZPTMAJMUA 3-kurs kunduzgi

O‘qituvchi:
Mavzuni barcha o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishiga erishish. o‘quvchilarning ravon va to‘g‘ri, ongli va ifodali o‘qishining takomillashuviga erishish. Mashg‘ulotga o‘quvchilarning faol qatnashuviga erishish, ularning o‘qish motivlarini qo‘zg‘ash va qiziqtirish, o‘quvchilarni faollashtirish yo‘llarini belgilash va qo‘yilgan maqsadga to‘liq erishish.
O‘quvchi:
To‘g‘ri, ongli va ifodali o‘qishga o‘rganadi. Turli mashqlar vositasida tez o‘qish malakalari takomillashadi. Vatan haqidagi tushunchalari kengayadi, Vatanga muhabbat shakllanadi, Vatandan g‘ururlanish, ya‘ni milliy g‘urur shakllanishiga asos yaraladi.

Kelgusi rejalar
(tahlil, o‘zgarishlar).

O‘qituvchi:
Ilg‘or pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtirish va boshlang‘ich ta’limda uni q o‘llash yo‘llarini izlash va takomillashtirish. o‘z ustida ishlash. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qish motivlarini o‘stirish ustida ishlash. Darsni hayotiy tajribalar bilan bog‘lash.
O‘quvchi:
Matn bilan mustaqil ishlashga o‘rganish. O‘z fikrini erkin bayon etishga o‘rganish; o‘rganilganlar asosida ertak, maqol, hikmatli so‘zlar, tez aytishlarni o‘rganish. o‘rtoqlari fikrini ma‘qullash yoki yangi fikrlarni aytishga o‘rganish.



Izoh: Texnologik xaritalar dars turiga qarab turlicha tayyorlanishi mumkin.
Ta’lim jarayonini boshqarish o‘qituvchidan katta mahorat talab etadi. U dars ishlanmasida boshqaruv yo‘llarini belgilab oladi. O‘z faolityati va o‘quvchilar faoliyatini tashkil etish yo‘llarini, o‘quvchilar bilimini nazorat etish yo‘llarini aniq ishlab chiqadi. Ta’lim natijasini tekshirib, maqsadni nechog‘li amalga oshganini aniqlaydi va keyingi loyihani tuzishda korrektirovkalar kiritib yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklarni bartaraf etadi.
Biz quyida 1-sinf o‘qish darsi algoritmidan namuna ko‘rsatamiz. 1-sinf o‘qish darslarining tuzilishi, ta’lim-tarbiyaviy maqsadi, dars tipi va o‘rganiladigan materiallarning xususiyatiga ko‘ra turli xildir. Shuningdek, dars qurilishida ham qat’iy andoza, birinchidan, ijodkorlikka yo‘l bermaydi, ikkinchidan, o‘quvchilarning imkoniyatlarini cheklab qo‘yadi. Shuning uchun ham biz o‘qish darsnining taxminiy algoritmini diqqatingizga havola etamiz:

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin