Tahlil – bu toifa o‘rganilgan material tarkibini bo‘laklarga bo‘lib, uning tuzilmasini yaqqol ko‘rsatish ko‘nikmalarini anglatadi.
Ta’lim axboroti – muayyan faoliyatturi, ixtisosini amalga oshirishda qo‘llashi uchun, ta’lim oluvchiga berish kerak bo‘lgan bilimdir.
Ta’lim– bilim berish, malaka va ko‘nikma hosil qilish jarayoni, kishini hayotga tayyorlashning asosiy vositasidir.
Ta’lim texnologiyasi – bu ta’limiy axborotlarni manbadan iste’molchiga uzatishda qo‘llaniladigan didaktik uslublar majmuasidir.
Ta’limni tashkil qilish shakli (lotinchadan forma - tashqi ko‘rinish, qobiq), avvalombor, o‘quv jarayonini amalga oshirish bilan: ta’lim oluvchilarning soni, o‘qitish vaqti va joyi bilan: ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyatini tashqi ifodasi bilan bog‘liq: frontal yoki individual ish, guruhlarda ishlash shakllari.
Ta’lim metodi (lotinchadan metods - yo‘l, usul)– belgilangan maqsadga erishishga qaratilgan ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchining bir-biri bilan bog‘liq faoliyatini tartiblangan usuli.
Ta’lim vositalari - o‘quv jarayonini predmetli qo‘llab- quvvatlash. Pedagogning nutqi, darsliklar, sinfdagi asbob–uskunalar, o‘qitishning texnik vositalari va b. vositalar hisoblanadi.
Ta’lim beruvchilar– o‘qituvchilar, pedagoglar, ishlab chiqarish ta’limi ustalari.
Таҳсил олувчилар – o‘quvchi, tahsil oluvchi, tinglovchi, ya’ni o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi ta’lim muassasasida mashg‘ulotlarga qatnashuvchi.
Ta’lim berish- qo‘yilgan maqsadga erishishga yo‘naltirilgan, ta’lim beruvchini tahsil oluvchi bilan tartibli o‘zaro harakati. Ta’lim berish, ikkita bir-biri bilan uzluksiz bog‘liq hodisalardan iborat: o‘qitish va o‘qishdan.
Texnologiya – yunoncha so‘z – «texno» - san’at va «logos» - o‘rganish. Materiallar yoki yarim fabrikatlarni olish, ishlov berishi va qayta ishlash usullarini ishlab chiquvchi va takomillashtiruvchi ilmiyfandir.
Tushunish – uning ko‘rsatkichi, materialni bir shakldan boshqa shaklga o‘tkazilishi bo‘lishi mumkin materialni intepretatsiyasi yoki hodisa va voqealarning kelajagini oqibatlar bashorat qilish.