Shahrisabz pedagogika instituti pedagogika fakulteti



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə13/57
tarix25.11.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#134299
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   57
ZPTMAJMUA 3-kurs kunduzgi

7-bosqich. Ta‘lim jarayonini loyihalashtirishning yettinchi bosqichida tahsil oluvchilarning umumiy faoliyatlarini nazorat qilish va test tizimini ishlab chiqish kabi vazifalar amalga oshiriladi.
Nazariy va amaliy jihatdan to‘g‘ri bo‘lgan test tizimining ishlab chiqilishi tahsil oluvchilarning mavzu (faoliyat mazmuni) yuzasidan muayyan tushunchalarni o‘zlashtirish, shuningdek, amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantira olganlik darajalarini aniq va holis aniqlay olish imkonini beradi. Test tizimini ishlab chiqishda testlarning izchil, uzviy hamda bir-biri bilan uyg‘un bo‘lishlariga ahamiyat berish maqsadga muvofiqdir.
8-bosqich. Ta‘lim jarayonini loyihalashning so‘nggi bosqichi yaratilgan loyiha (andoza)ning ta‘lim jarayoniga tadbiq etilishi, ta‘lim jarayonining yakuniy darajasi (amaradorligi)ni o‘rganish bilan nihoyatlanadi.
Mazkur bosqichda ta‘lim jarayonining umumiy ahvoli, erishilgan yutuq hamda yo‘l qo‘yilgan kamqiliklar, ularning yuzaga kelish sabablari tahlil etiladi, navbatdagi mashg‘ulotlar jarayonida sodir bo‘lgan kamchiliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilanadi. Bildirilgan fikrlardan anglaganidek, har bir bosqichdag amalga oshirilayotgan vazifalar o‘rtasida muayyan izchillik mavjud bo‘lib, u ta‘lim jarayonini samarali tashkil etsh imkonini beradi.
Ta‘lim jarayonini loyihalashda har bir holatning puxta bajarilishiga erishish amaliy faoliyat (o‘quv jarayoni)ning muvaffaqiyatini ta‘minlashga olib keladi.
Mustaqil ishla uchun savol va topshriqlar:

  1. Pedagogik jarayonni loyihalashda qanday vazifalar bajariladi?

  2. Pedagogik tashxis nima, uning turlarini ayting.

  3. Pedagogik jarayonni loyihalashda qanday tamoyillarga asoslaniladi?

  4. Loyihalashda ta'lim jarayonining qanday qonuniyatlari hisobga olinadi?

  5. Ta'lim jarayoniga texnologik yondashuv qanday tarkibiy qismlarni o'z ichiga oladi?

  6. Pedagogik jarayonni loyihalashning nechta bosqichi bor? Ularni ayting.


Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin