Shahrisabz pedagogika instituti pedagogika fakulteti



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə17/57
tarix25.11.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#134299
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   57
ZPTMAJMUA 3-kurs kunduzgi

TRENING HAQIDA TUSHUNCHA.
Ushbu texnologiya o‘quvchi-tinglovchilarni harakatlar ketma-ketligini to‘g‘ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga, o‘rganayotgan predmet asosida ko‘p xilma-xil fikrlardan, ma‘lumotlardan kerakligini tanlab olishni o‘rgatishga qaratilgan. Ushbu texnologiya davomida o‘quvchi-tinglovchilar o‘zlarining mustaqil fikrlarini boshqalarga o‘tkazi oladilar, chunki bu texnologiya shungato‘liq sharoit yaratib beradi.
MAQSAD.
Ushbu texnologiya tinglovchilarga tarqatilgan qog‘ozlarda ko‘rsatilgan harakatlar ketma-ketligini avval yakka holda mustaqil ravishda belgilab, so‘ngra o‘z fikrini boshqalarga o‘tkaza olish yoki o‘z fikrida qolish, boshqalar bilan hamfikr bo‘la olishga yordam beradi.
O‘TKAZISH TEXNOLOGIYASI.
Ushbu texnologiya bir necha bosqichda o‘tkaziladi:
1 –BOSQICH.
- Trener ushbu trening bir necha bosqichda o‘tkazilishi haqida tinglovchilarga (o‘quvchi-tinglovchilarga) tushuncha beradi. Har bosqichdagi vazifani bajarishga aniq vaqt berilishi, tinglovchilar esa shu vaqtdan unumli foydalanishlari kerakligi haqida ularni ogohlantiradi;
- O‘qituvchi hamma tinglovchilarga alohida – alohida tarqatma material beradi va tinglovchilardan ushbu materialni sinchiklab o‘rganishlarini so‘raydi;
- O‘qituvchi tarqatma material mazmuni va bajariladigan vazifani tushuntiradi, ya‘ni tarqatma materialda berilgan 13 ta harakatni ketma – ketligini to‘g‘ri belgilash kerakligi, belgini esa qog‘ozdagi alohida ajratilgan bo‘limga raqamlar bilan belgilash kerakligini tushuntiradi;
Qo‘yilgan vazifa avval yakka tartibda bajarilishini aytadi.
2 –BOSQICH.
- O‘qituvchi birinchi berilgan vazifani har bir tinglovchi tomonidan yakka tartibda bajarilishini kuzatadi, qiynalganlarga yordam beradi, yoki qaytadan tushuntiradi;
- har bir tinglovchi tarqatma materialidagi “YAKKA BAHO” bo‘limiga shu yerda berilgan harakatlardan o‘zining shaxsiy fikri asosida mantiqiy ketma-ketiligini raqamlar bilan belgilab chiqadi, ya‘ni berilgan 13 harakatdan, uning fikricha qaysi biri, birinchi bo‘lishi, qaysi biri esa ikkinchi bo‘lishini va hokazo. Bu vazifani bajarish uchun trener tinglovchilariga 10 daqiqa vaqt beradi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin