-o‘quvchilarning to‘g‘ri, ongli, ifodali va qiroat bilan o‘qish malakalarini takomillashtirish;
-vatan tushunchasini kengaytirish, Vatan tuyg‘usini shakllantirish, o‘z Vataniga muhabbatli b o‘lishga, uni qadrlashga o‘rgatish.
-to‘g‘ri, ongli, ifodali o‘qish malakalarini rovojlantirish, lug‘at boyligini oshirish, Vatan haqidagi tushunchalarni boyitish.
O‘quv jarayonining mazmuni
O‘quvchilarda Vatan tushunchasini qanchalik shakllanganligini aniqlash; Vatan tushunchasini takomillashtirish yo‘llarini
qo‘llash; Darslikning 4-5-betidagi rasm asosida suhbat qilib o‘quvchilarning Vatan haqidagi tushunchalarini boyitish;
Po‘lat Mminning “Vatan – bu...” she‘ri asosida vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish; Vatan haqidagi maqollar va tez aytishlardan foydalanish.
O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
Metod: suhbat, ifodali o‘qish, izohli o‘qish, baxtli tasodif o‘yini, o‘yin-musobaqa, boshqotirmalar.
Shakl: Dars, guruhlarda va jamoada ishlash.
Vosita: Darslikning 3-va 4-5-betidagi rasmlarning kattalashtirilgani; baxtli tasodif o‘yini uchun kartochkalar.
Usul: Vatan tushunchasini kengaytirishga xizmat qiluvchi qo‘shimcha materiallar, maqollar, tez aytishlar.
Nazorat: Og‘zaki nazorat, savol-javoblar, test.
Baholash: Rag‘batlantirish, 5 balli tizim asosida.