V.Mikro dars tahlili: Har bir guruh tashkil etgan darslar kuzatuvchi guruhlar tomonidan dars tahlili etaplari shabloni asosida yutuq va kamchiliklari auditoriyada o’zaro tahlil qilinadi va eng yaxshi amaliy dars tashkil etgan guruh a’zolari rag’batlantiriladi.
VI. Mashg’ulotni yakunlash O’qituvchi mavzuni xulosalaydi? Tinglovchilar reytingini e’lon qiladi. Keyingi mashg’ulotga tayyorlanish uchun topshiriqlar beradi va darsni yakunlaydi.
6-amaliy mashg'ulot 6-mavzu: Grafik organizatorlarni qo’llash metodikasi. Texnologik xarita
Mashg’ulotning maqsadi
Grafik organizatorlarni qo’llash metodikasini o'rganish va tahlil etish.
Mashg’ulotning informatsion uslubiy ta minoti
Mashg’ulot jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, tinglovchilarning ilmiy maruzalaridan foydalaniladi
Mashg’ulotning jihozlari
Elektron doska, o’quv qo’llanmalar, tarqatma materiallar, dars tahlili sxemasi, mikro dars uchun zarur ko’rgazmali materiallar
Asosiy darsliklar va oquv qo’ llanmalar
1. N.N. Azizxodjayeva. “pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat” T 2006
2. M. Ochilov. “Muallim-qalb me'mori”T. O'qituvchi 2001.
3. Uzluksiz ta'lim jurnallari. Pedagogik texlogiyalarni tadbiqiy asoslari.
4. T. G'afforova. “Boshlang'ich ta'limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar.” Qarshi. “Nasaf”2009.
5. Педагогик технология: Замонавий илмий-назарий асоси 1 qисм Тошкент-2008