III. Seminar mashg‘ulotlari bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar. Seminar mashg‘ulotlari uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
1-mavzu: O`quv jarayonini samarali boshqarish, tashkil etish asosidagi pedagogik texnologiya.
2-mavzu: O`qitishni individullashtirish texnologiyasi
3--mavzu: Boshlang`ich sinf o`quvchilarini ijodiy fikrlashga o`rgatish texnologiyasi.
4--mavzu: Jamoaviy o`qitish metodi.
5--mavzu: Idrok qilib o'qish metodikasi.
6--mavzu: Grafik organizatorlarni qo’llash metodikasi.
7--mavzu: Debatli strategiyaning faollashtiruvchi didaktik kompleksi.
8--mavzu: Boshlang’ich sinf o’qituvchisining innovatsion faoliyatini o'rganish va tahlil etish.
9--mavzu: Boshlang`ich sinflarda o`yinli texnologiyalardan foydalanish.
10--mavzu: Rolli hamda ishbop o`yinlar.
Seminar mashg‘ulotlari multimedia qurilmalari va boshqa texnologiyalar bilan jihozlangan auditoriyada har bir akadem guruhda alohida o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlarni olib borish usullari turli-tuman ko‘rinishda bo‘lsada, faol va interfaol metodlar ko‘proq qo‘llanilishi maqsadga muvofiq. Ko‘rgazmali materiallar va axborotlar multimedia qurilmalari yordamida uzatiladi.
IV.Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar Talaba mustaq’il ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish;
tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish;
maxsus adabiyotlar bo‘yicha fan bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash;
- mаsofаviy tа’lim.
Bakalavrga mustaqil ta’limning mavzulari beriladi, bu mavzular bo‘yicha egallanishi kerak bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar muddati va topshirish shakli aytiladi. Ko‘rsatilgan muddatda nazariy material konspekti, referati ko‘riladi, test yoki savol-javob o‘tkaziladi. Amaliy xarakterdagi topshiriqlar yechimi ko‘rsatiladi va o‘xshash misollar yordamida tekshiriladi.
Tavsiya etiladigan mustaqil ta’limning mavzulari:
1. Boshlang‘ich ta’limda motivlar hosil qilishda didaktik o‘yinlarning o‘rni.
2.Didaktik o‘yin turlari va bosqichlari.
3.Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tajribasida qo‘llaniladigan didaktik o‘yinlar.